O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/238
Sana28.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#712739
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   238
Bog'liq
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Povidlo. 
Bu meva – rezavor mevalar bo’tqalarini, pektin, ozuqabop kislotalar qo’shib 
yoki qo’shmasdan qand sharbatida qaynatib pishirilgan mahsulotlardir. Pavidlolar tovar 
navlariga bo’linmaydi. 
Povidlolarning sifati GOST 6929-71 standarti talabiga javob berishi kerak. Organoleptik 
usulda ularning tashqi ko’rinishi, konsistenstiyasi, rangi, hidi va ta’mi aniqlanadi. Tashqi 
ko’rinishi bo’yicha povidlolar danaksiz, urug’ mevalarsiz, ezilmay qolgan etlarsiz, bir xil jinsli 
massadan tashkil topgan bo’lishi kerak. Nok va behidan tayyorlangan povidlolarda esa 
mevalarning qattiq qismi bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Urug’li mevalardan tayyorlangan 
povidlolarning konsistenstiyasi quyuq, donakli mevalardan tayyorlangan povidlolarning 
konsistenstiyasi esa surkaluvchan bo’lishi kerak. 
Povidlolarning rangi och-qo’ng’ir rangdan to to’q-qo’ng’ir ranggacha bo’lib, qaysi 
mevadan tayyorlangan bo’lsa o’sha meva rangiga mos bo’lishi talab qilinadi. 
Povidlolarning muhim ko’rsatkichlaridan biri ularning hidi va ta’mi hisoblanadi. 
Standartda qayd etilganidek povidloning ta’mi nordon-shirin, hidi esa xushbo’y, begona hidlarsiz 
va ta’mlarsiz bo’lishi kerak. 
Povidlolarning sifatini baholashda ularning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga ham alohida 
e’tibor beriladi. Povidlolarda murabbo va jemlardagiga qaraganda suv miqdori birmuncha ko’p 
bo’ladi. Quruq modda miqdori povidloda 66% dan, umumiy qand miqdori esa 60% dan kam 
bo’lmasligi talab etiladi. Suv ko’p bo’lganligi sababli ulardagi qand kristallashib qolmaydi. 
Povidloning nordonligi (olcha kislotasiga hisoblaganda) 0,2-1,0% ni tashkil etadi. Povidlolarda 
ruxsat etilishi mumkin bo’lgan qalay, mis tuzlari miqdori murabbo, jemlardagi singaridir. 
Marmelad.
Marmelad-bu har xil shakldagi, zich jelesimon strukturaga ega bo’lgan 
mahsulot hisoblanadi. Uni qand, patoka, ozuqabop kislota, rang beruvchi moddalar va ilvira 
hosil qiluvchi moddalardan olinadi. Ilvira hosil qiluvchi moddaning turiga qarab marmeladlar 
meva-rezavor mevali va jeleli turlariga bo’linadi. 
Meva-rezavor mevali marmeladlar olishda ilvira hosil qiluvchi xom ashyo meva-rezavor 
mevalar bo’tqasida bo’ladigan pektin moddalari hisoblanadi. Qandolatchilikda eng ko’p 
qo’llaniladigan bo’tqa bu qishqi va kuzgi olma navlaridan tayyorlanadigan bo’tqalar hisoblanadi. 
Boshqa meva xom ashyolari esa ta’m beruvchi qo’shimcha xom ashyo rolini o’taydi. Meva-
rezavor meva mahsulotlari ishlab chiqarishda vakuum-apparatlarda quyultirilgan mevalar 
bo’tqasi, sharbati va ekstraktlaridan ham keng foydalaniladi. 
Jeleli marmeladlar ishlab chiarishda ilvira hosil qiluvchi modda sifatida agar, agaroid, 
modifikastiya qilingan kraxmallardan foydalaniladi. Shuningdek, olma, lavlagi, stitrus mevalari 
preparati pektinlari ham qo’llaniladi. 
Marmeladlarning sifati GOST 6441-69 standarti talabiga binoan organoleptik va fizik-
kimyoviy usullar yordamida aniqlanadi. Organoleptik usulda marmeladlarning shakli, tashqi 
ko’rinishi, konsistenstiyasi, sindirgan joyining ko’rinishi, rangi, hidi va ta’mi kabi ko’rsatkichlari 
aniqlanadi. 
Marmeladning shakli to’g’ri, rasmi ravshan bo’lib turishi, konturlari aniq, ezilmagan 
bo’lishi kerak. 
Marmeladning yuzasi quruq, tiniq, bir tekis shakar yoki qand talqoni sepilgan yoxud 
yupqa kristallsimon yaltiroq bo’ladi. 
Konsistenstiyasi ilvirasimon zich, pichoq bilan yaxshi kesiladigan bo’lishi talab etiladi. 
Pektin solib qilingan jeleli marmelad va pat marmeladlarining konsistenstiyasi cho’ziluvchan 
bo’ladi. 


171 
Sindirib ko’rilganda singan joyi toza, bir jinsli, agardan tayyorlangan marmeladda esa 
tiniq, shishasimon bo’ladi. Marmeladlarning ta’mi nordon-shirin, hidi va rangi ravshan, o’ziga 
xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo’lishi kerak. 
Namlik marmeladning turiga qarab har xil miqdorda bo’ladi. Masalan, meva-rezavor 
mevali marmeladning namligi 20-24% dan, jeleli marmeladlarniki esa 15-23% dan ortiq 
bo’lmasligi kerak. Qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan qand miqdori esa meva-rezavor 
mevali marmeladda 40% dan, jeleli marmeladda esa 20% dan ortiq bo’lmasligi kerak. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish