164
reakstiya kuzatiladi. Agar eritmada ko’kish rang hosil bo’lsa, bu asalga kraxmal yoki un
qo’shilganligidan dalolatdir.
Asalning shakar bilan qalbakilashtirilganligini aniqlash uchun esa asalning 5-10% li
suvdagi eritmasiga ozgina lyapis qo’shiladi. Bunda eritmada oq cho’kindining ajralib chiqishi
asalda shakar qo’shilmasi borligini bildiradi.
Gohida asalga turli xil sochiluvchan moddalar qo’shib ham soxtalashtiriladi. Masalan,
makkajo’xori va kartoshka uni shular jumlasidandir. Bu xildagi aralashmani aniqlash uchun 0,5
litr hajmdagi bankaga bir osh qoshiq asal va distillangan suv solib eritiladi. Ushbu holda asal
suvda to’liq eriydi, aralashmalar esa suvning yuziga chiqadi yoki cho’kma hosil qiladi.
Shuningdek, asalning tozaligini aniqlashda tib ilmlarining sultoni bobokalonimiz Abu Ali
ibn Sinoning tavsiyalaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Abu Ali ibn Sino o’zining
«Tib qonunlari» kitobida asalning tozaligini aniqlashning eng oddiy
va oson usulini shunday
bayon etgan: «toza asalni qoshiqqa olib bo’y barobar baland ko’targanda ham u tiniq ingichka
ipdek uzilmasdan oqib tushadi».
Asalning veterinariya-sanitariya tahlili. Asalning veterinari-sanitariya tahlili tovar tahlili
va gigienik tahlili bilan bir qatorda uning sifati va xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga
egadir.
Veterinariya-sanitariya tahlili o’tkazish jarayoni bozorlardagi
veterinariya-sanitariya
tahlili laboratoriyalari va veterinariya laboratoriyalarida veterinariya-sanitariya nazorati o’tkazish
qoidalari asosida olib boriladi. Bu qoidalarda asal tahlili o’tkazishning tarkibi va uslublari
ko’rsatilgan. Veterinariya-sanitariya tahlili laboratoriyasi xodimlari aynan amalda qo’llanilib
kelayotgan qoidalar asosida ish yuritishlari talab etiladi.
Asal ekspertiza uchun ekspertizaga taqdim etilayotgan xodimda veterinariya
ma’lumotnomasi va asal uyasiga veterinariya-sanitariya pasporti mavjud bo’lgan hollardagina
qabul qilinadi. Agar veterinariya hujjatida asalari uyasi antibiotiklar bilan ishlanganligi ko’rsatib
qo’yilgan bo’lsa, u holda, bunday asallar antibiotik qoldig’ini aniqlash maqsadida laboratoriyaga
jo’natiladi.
Veterinariya ma’lumotnomasini faqatgina veterinariya mutaxassissi berishga haqlidir.
Asalarilarning yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchilari bilan kasallanishiga yo’l
qo’yilmaydi. Agar bunday kasalliklar aniqlansa, u holda bunday asallarga ishlov beriladi, ya’ni
bular avtoklavlarda 120
0
S da 20 daqiqa davomida ishlanib zarasizlantiriladi.
Keyin esa bu
asallar zich yopiladigan idishlarda saqlanib, faqatgina qish paytida iste’molga chiqariladi.
Bunday asallarni asalarilarga qo’shimcha oziqa sifatiga berish qat’iyan man qilanadi.
Asallar veterinariya-sanitariya tahlili qoidasi bo’yicha asal qadoqlangan idishlarning har
biridan 100 g miqdorida, suv miqdorini aniqlash uchun esa 200
g miqdorida namuna olib
tekshiriladi.
Idishlarga joylangan suyuq asallardan namuna olish uchun asal avval yaxshilab
aralashtiriladi va so’ngra maxsus moslama yordamida namuna olinadi.
Veterinariya qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan O’zbekiston Respublikasining
«Veterinariya to’g’risida»gi Qonuniga binoan tarbiyaviy, ma’muriy, jinoiy javobgarliklar ko’zda
tutilgan.
Veterinariya-sanitariya tahlili natijalari bo’yicha veterinariya sertifikati beriladi. Bu
sertifikat ekspertlar tomonidan kompleks tovar tahlili o’tkazishda va muvofiqlik sertifikati
berishda asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Asalning gigienik tahlili. Gigienik ekspertiza asalning gigienik
talablariga javob berish
yoki bermasligini aniqlash uchun o’tkaziladi. Tarqalishi bo’yicha eng xavfli va zaharli
komponentlarga quyidagilar kiradi: zaharli unsurlar (og’ir metallar) – simob, qo’rg’oshin,
mish’yak, kadmiy; antibiotiklar; pestistidlar; radionuklidlar (steziy-137, stronstiy-90).
Gigienik
ekspertiza «Oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarining xavfsizligi va sifatiga gigienik
talablar» nomli me’yoriy hujjat asosiga binoan o’tkaziladi.
Asallarning sifatiga va xavfsizligiga gigienik me’yorlar 3-jadval ma’lumotlarida
keltirildi.