Qand mahsulotlarini o’rash, joylash, saqlash va tashish qoidalari
Qand mahsulotlarini saqlash, tashish paytida tashqi muhitdan yaxshi himoya qilinsa, ular
o’zlarining dastlabki xususiyatlarini o’zgartirmaydi.
161
Shakar 50 kg sig’imga ega bo’lgan yangi va ishlatilgan I va II toifa qoplarga yoki 25, 30
va 40 kg sig’imli qog’oz qoplarga joylanadi. Qand solinadigan qoplar zig’ir, kunjut, kanop
tolalari aralashmasidan to’qiladi. Qoplar toza, quruq, va begona hidsiz bo’lish kerak. Shakarlarni
avtomobil vositalari bilan tashiganda ularni 40 kg sig’imli 5-6 qavatli qog’oz xaltalarga
joylashga ham ruxsat etiladi.
Chaqmoqlangan qand-rafinadlarni uzoqlarga tashilganda sof massasi 50; 70 va 80 kg
qilib ikki qavat zig’ir-kunjut yoki kunjut-kanop qoplarga joylanadi. Savdo tarmoqlariga qand-
rafinadlar 0,5-1,0 kg karton qutilarga yoki ikki qavatli qog’oz pachkalarga joylanadi. Bu quti va
pachkalar faner va taxtadan yasalgan sig’imi 30-35 kg bo’lgan yashiklarda savdo
shaxobchalariga jo’natiladi. Tozalangan shakar ham savdo shaxobchalariga 0,5-1,0 kg sig’imli
qog’oz yoki polietilen paketlarga qadoqlanib chiqariladi.
Shakar va qand-rafinad solingan qoplarga yorliqlar tikiladi, yashiklarga esa tovar
yorliqlari yopishtirilib markalanadi. Markalarda quyidagilar ko’rsatilishi kerak: shakar va qand-
rafinad ishlab chiqargan zavodning qaysi tarmoqqa tegishli ekanligi, tayyorlovchi zavodning
nomi, mahsulot xili, massasi, qopning toyifasi va standart nomeri.
Saqlash jarayonida bo’ladigan o’zgarishlar ko’p hollarda qandning kimyoviy tarkibiga
va tozaligiga bog’liqdir. Masalan, saxaroza tashqi muhitga va haroratning o’zgarishiga juda
chidamli, hatto havoning nisbiy namligi 90 foiz va undan baland bo’lganda ham toza saxaroza
namlanmaydi. Lekin, saxarozaning suvda eruvchanligi juda yuqori bo’lganligi uchun yuqori
havo namligida saqlash tavsiya etilmaydi. Shuning uchun ham shakar va qand-rafinadlarning
namligini tortish qobiliyati ko’p jihatdan ular tarkibidagi saxarozaning miqdoriga bog’liqdir.
Harorat bir xil (20
0
S) bo’lganda shakarning nam tortmasdan yaxshi saqlanishi uchun havoning
nisbiy namligi 70 foizdan, qand-rafinand uchun esa bu ko’rsatkich 85 foizdan oshmasligi kerak.
Qand-rafinadda shakarga nisbatan saxarozaning ko’pligi va uning tozaligi havoning nisbiy
namligi yuqori bo’lganda ham uning namlanmasdan saqlanishini ta’minlaydi.
Shakarning nam tortib qolishi, ya’ni ularda erkin suvning ko’payishi shakar
kristallarining yopishqoq bo’lishiga, ularning sochiluvchanligi, yaltiroqligining yo’qolishiga
sabab bo’ladi. Qand-rafinadlarning nam tortishi mikroorganizmlarning rivojlanishini ta’minlab,
qandning buzilishiga, ishqorlikning kamayishiga, saxarozaning inverstiyaga uchrashiga olib
keladi. Bu o’zgarishlar shakar va qand-rafinad sifatining keskin pasayishiga sabab bo’ladi,
hamda ularni bundan keyin saqlash va iste’mol qilish mumkin bo’lmay qoladi.
Bundan tashqari qand va shakar mahsulotlari havodagi begona hidlarni o’ziga singdirib
olish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ularni hid tarqatadigan mahsulotlar bilan (masalan,
dudlangan baliqlar) saqlash ruxsat etilmaydi.
Qoplarga solingan shakar mahsulotlari omborlarda 15-20 qator qilib, presslangan quyma
qand xususiyatli oq qand 7 qatorgacha, presslangan va qo’yma qandlar 6 qatorgacha taxlanib
saqlanadi. Bundan baland holda taxlansa pastki qoplardagi shakarlar bosilib zichlashib qoladi,
qandlar esa ma’lum darajada uqalanib maydalanishi mumkin.
Hozirgi kunda shakarlar qoplarga solinmasdan stilindr shaklidagi temir beton minoralarda
ham saqlanishi mumkin. Bunday usulda saqlanganda ketadigan xarajat ozroq kam bo’lsada,
biroq shakarning sifatini tekshirish qiyinlashadi.
Qand va shakar mahsulotlarini saqlash muddatini oshirish uchun ularni har oyda nazorat
qilib, sifatini tekshirib turish va omborlarda aniq harorat hamda nisbiy namlikni ushlab turish
tavsiya etiladi. Bu talablarga rioya qilinsa mahsulotlar namligining o’zgarishini to’xtatish
mumkin.
Shakarlarning saqlash muddatlari 26907-86 nomerli Davlat standartlarida isitiladigan
omborlarda 8 oygacha, isitilmaydigan omborlarda esa 1,5 oydan 4 oygacha, qandlar uchun -
isitiladigan omborlarda esa 5 oygacha qilib belgilanadi.
Qand va shakar mahsulotlari sanitariya qoidalariga javob beradigan turli xil transport
vositalari yordamida tashilishi mumkin. Tashish paytida bu mahsulotlarning namlanib yoki
qurib, hamda zichlashib yaxlit massa hosil bo’lib qolishiga yul qo’ymaslik kerak.
162
Do'stlaringiz bilan baham: |