O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik


uyni ijaraga oluvchi, o`g’il qilib oluvchi



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/218
Sana24.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#700919
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   218
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

uyni ijaraga oluvchi, o`g’il qilib oluvchi, 
korhonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shahslari yuqori martabali 
mehmon
kabilar. 
Hujjatlardan shartnomalar ham murakkab sintaktik qurilishga ega. Uning kirish qismi 
alohida bandlari ko`rsatuvchi matnlar hat boshlariga ajratilgan bo`ladi. Bunday xususiyat 
matnni o`qishni va tushunishni bir muncha yengillashtiridi. 


193 
Hujjatlarning turiga ko`ra shartli qisqartmalar turg‘un birikmalar ko`p ishlatiladi. 
Masalan: harbiy hujjatlarda 
Oliy Bosh Qo`mondon, Mudofaa vazirligi, Bosh shtab, Qurolli 
kuchlar, harbiy gospital`
kabilarni ko`rsatish mumkin.
Ilmiy uslub, ilmiy tadqiqotlar uslubidir. Bu uslub fan, tehnika sohasida yaratilgan 
asarlarda qo`llaniladi. SHunga ko`ra bir necha hilga bo`linadi. Ilmiy tehnik, ilmiy ommabop
ilmiy- o`quv, ilmiy – publististik va ilmiy – hujjat. Ilmiy –tehnikasiy uslubda ilmiy maqola, 
maqola, ma‘ruza va manografiya, disertastiya yoziladi. Ilmiy –ommabop uslubda ahborot 
ommabop qilib ilmiy jihatdan tushuntiriladi. Bunda ma‘lumot sof ilmiylikdan bir oz 
soddalashtiriladi. Va har bir sohaning ilmiy yutuqlari ommaga ma‘lum so`zlar bilan bayon 
qilinadi. Ilmiy –o`kuv uslubida darsliklar , o`quv qo`llanmalari, uslubiy qo`llanmalar va 
uslubiy maqolalar yoziladi. Ular o`quvchilar uchun tushunarli so`zlar bilan ilmiy jihatdan 
bayon qilinishi kerak. Ilmiy- publististik uslubda ommabop risolalar, ommabop ilmiy 
maqolalar yoziladi. Ularda ilmiy terminlar bo`lishi bilan birga ommaning hissiyotiga ta‘sir 
qiladigan so`zlar ishlatiladi. Ilmiy –hujjat uslubida ihtiro uchun olinadigan hujjat yoki unga 
tegishli adabiyotlar tasvirlanadi. Bunday hujjatlarda ilmiy ahborot to`g‘risida ma‘lumot 
beriladi va u huquqiy jihatdan himoya qilinadi.Ilmiy uslubning har bir turi bir-biridan farq 
qiladi. Ammo ularni birlashtiradigan umumiy xususiyatlar mavjud. Bularga boy 
ma‘lumotlarning keltirilishi, ularning ob‘ektivligi , aniqligi, ular haqidagi fikrning qisqa va 
lo`nda ifodalanishi hosdir. Shuningdek, ularning har birida ilmiy-terminologiyaning faol 
ishlatilishi muhim xususiyat sanaladi.
Ilmiy uslubning o`ziga hos xususiyati shundan iboratki, bu uslubda fikrlar mantiqiy 
jihatdan aniq bir ma‘noli bo`lishi lozim. Ilmiy uslubda fikrlar faqat tushunchalarni ifodalaydi. 
Bu tushunchalarning ifodasi muhokama, munozara va hulosalar shaklida bo`lib, ular qat‘iy 
mantiqiy izchillikka asoslangan bo`ladi. Bu uslubda mantiqiylik eng asosiy belgi bo`lsa-da, 
fikr qat‘iy dalillanishi kerak. Tahlil va sintez bir-biridan ajralmagan holda qo`llanadi, biri 
ikkinchisini keltirib chiqaradi. SHu orqali qonuniyatlar ochiladi. Mana shu qonuniyatlar 
ochilishi jarayonida tafakkurning umumiy, mavhum bo`lishi ko`rinadi.
SHu narsani farqlash lozimki, ilmiy uslubda bir tomondan, ilmiy fikrlash xususiyati 
mavjud. Ikkinchi tomondan, uni ilmiy uslubda ifodalash. Ilmiy uslubda fikr berilayotganda, 
Ya‘ni yozilayotganda, uning tadqiqot bosqichi bilan birga shakllantirish masalasi ham hisobga 
olinadi. Bunda isbotlash usullari, lo`ndalik darajasi, oddiy tasvir yoki muhokama ekanligi, 
ommalashtirish darajasi nazarda tutiladi. SHuning uchun ham ichki va tashqi nutqni bir narsa 
deb bo`lmaydi. Lekin ular orasida katta farq ham yo`q. Ular bir-birini to`ldirib, biri ikkinchisi 
uchun zamin bo`ladi. Lekin shuni e‘tiborga olish lozimki, tafakkurning uzil-kesil ifodasi 
tashqi nutqda bo`ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ilmiy uslubning muhim xususiyati deb shuni ko`rsatish 
lozimki, ilmiy bayon umumiy va mavhum bo`lib, mantiqiylik yaqqol sezilib turadi. Bundan 
ikkinchi xususiyat kelib chiqadi, Ya‘ni bu uslubda qo`llanadigan til birliklarining ishlatilish 
darajasi va uslubga hos bo`yog‘idir. Ilmiy uslubning tipik bo`lgan xususiyatlari quyidagicha; 
1.
Terminlarning qo`llanishi. 
2.
Bir ma‘nolilik. 
3.
Obrazlilikning deyarli bo`lmasligi. 
4.
Yashirin emostionallik. 
5.
Bayonning ob‘ektivligi. 
6.
Bayonning quruq va qat‘iyligi.
Ilmiy uslubda fanning turli sohalariga oid ramziy belgilar, raqamlar, jadvallar, turli 
chizmalar va rasmlar qo`llanishi mumkin. Masalan, kimyo fani bo`yicha turli formulalar: 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish