Ilmiy ish asoslari Guruh: 239 Talaba: Kabulova Rushana



Download 26,62 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2021
Hajmi26,62 Kb.
#70621
  1   2   3
Bog'liq
KabulovaRushana.239.4-mavzu


Fan: Ilmiy ish asoslari

Guruh: 239

Talaba: Kabulova Rushana

4-SEMINAR: ILMIY NUTQ TEXNIKASI VA ILMIY USLUBGA XOS XUSUSIYATLAR

REJA:


  1. Ilmiy nutq texnikasi.

  2. Ilmiy uslub tili xususiyatlari

  3. Ilmiy uslub standartlari

  4. Ilmiy uslubda foydalaniladigan lisoniy materiallar

Ilmiy uslub ilmiy tadqiqot ishining eng zarur va muhim belgilaridan biridir. Mazkur uslub fanning turli sohalariga aloqador so`z va terminlarni(atamalarni)ko`proq tasarruf qilish bilan bayonning ko`proq mantiqiy dalillarga suyanishi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Ilmiy uslubda tabiat va jamiyat hodisalarianiq, qandaydir qoidalar, formulalar, asosidaifodalanadi. Ilmiy bayonda, fikr mantiqiy va ashyoviy dalillar bilan mustahkamlanib boradi. Ilmiy uslubda to`liqsiz gaplar, bir tarkibli gaplar, so`z gaplar deyarli uchramaydi.

Ilmiy uslubning ilmiy va ilmiy-ommabop ko`rinishlari bor. Ilmiy-ommabop bayoni, o`zining leksik tartibi va sintaksisi bilan xalq ommasiga mo`ljallangan bo`ladi: bunga izohli lug`atlar, sohalarga oid lug`atlar kiradi. Ilmiy uslubda esa tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq tahriflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o`zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub, ilmiy terminologiya bilan bog`liq. Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil etadi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topmay, unda abstrakt leksika va ko`p mahnolilik xususiyatiga ega bo`lgan umumxalq so`zlari ham shartli ravishda qo`llaniladi.

Ilmiy uslubda fanning turli sohalariga oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy uslubning grammatik qurilishi mantiqiy bog`liqlikni, izchillikni, sintaktik aniqlikni talab qiladi. SHuning uchun ilmiy uslubda ellipsis (nazarda tutilgan birorta so`zning tushib qolishi) hodisasidan qochiladi. Masalan, predmetning nomini bildirib, kim? nima? qaer? so`roqlariga javob beradigan so`zlar turkumiga ot so`z turkumi deyiladi. Keltirilgpn tahrif ilmiy bayonda bo`lib, bunday fikrlar aniq va izchil tartibda beriladi. Ba’zi adabiyotlar ilmiy uslub tilida buyoqdor so`zlarning bo`lishini targ`ib qilishdek tuyuladi. Bunga qo`shilib bo`lmaydi, chunki ekspressivlik ilmiylikdan yiroq.

Ilmiy uslubning og`zaki va yozma shakllari ham mavjud. Ilmiy og`zaki uslub tili ancha so`zlashuv tiliga yaqin bo`lsa-da, biroq unda qo`llanilayotgan so`z-terminlar, aniqlik, ta’rif va izchilliklar ilmiy uslub ekanligini isbotlab turadi. Bunda, adabiy tilning og`zaki shakli muhim o`rin tutadi. Ilmiy uslubda fikr yuritayotgan shaxs turli xil tasviriy vositalardan iloji boricha ozod bo`lmog`i lozim. Har bir fikr o`zining tasdig`ini ilmiy va mantiqiy asosda topmog`i lozim. Ilmiy uslubning yozma shakli deganda turli xil ilmiy doiradagi o`quv qo`llanmalar tilini tushunmoq kerak. Bu uslubning o`z leksikasi va grammatik qurilmasi bo`lib, uni asosan yuqorida aytganimizdek, termin va atamalar tashkil etadi. SHu o`rinda bir narsani ta’kidlash kerakki, ba’zi ilmiy asarlarda termin va atama tushunchalariga turlicha qarashlar mavjud. Bizning fikrimizcha, termin bilan atama har ikkisi ham ilmiy uslubning leksikasidir. Termin, ilm-fanga tegishli bo`lgan tushunchalarning nomi: fonetika, ega, kesim, kislorod, vodorod kabi. Atama esa mavjud narsalarga atab qo`yilgan nom: inson, osmon, kitob, olma kabi.

Ilmiy uslub tili yoki uning yo`nalishini ilmiy tadqiqot ishlarida, ma`ruzada, sharh, annotatsiya kabilarda kuzatish mumkin. Demak, ilmiy uslub bugungi kunda alohida soha sifatida shakllanib kelmoqda. Ilmiy uslubga doir har qanday ish yoki asar yozilmasin, unda muhim mavzuning o`ziga xos jihatlari ochib berilishi shart.

Xullas, ilmiy uslub biror narsa, voqea –hodisa haqida aniq asoslangan, izchil ma’lumot berishga qaratilgan bo`ladi, shunga ko`ra uni ta’riflab berish, tahlil qilish sabablarini aniqlab, isbotlash va natijalarini bayon qilish asosiy o`rin oladi.

Darhaqiqat, ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan vazifaviy uslubdir. U yana ilmiy-texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy, publitsistik kabi jabhalarga ega. Fanning u yoki bu sohasiga oid tushunchalarni ifodalovchi termin va atamalarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Ko`rinadiki, ilmiy uslub adabiy tilning mehyorlarini to`la saqlash bilan ajralib turadi. Bu uslubda nutqning ixcham bo`lishiga intilish kuchli, lekin sintaktik qurilma ko`pincha murakkab bo’ladi.

Ilmiy uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushintiriladi. Bu stil o`zining alohida vazifaga ega ekanligi bilan ajiralib turadi. Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilanbog`liq. Odatda, terminlar ilmiy stilning leksikasini tashkil qiladi. Lekin asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topmay, unda ko`p ma’nolilik xusisiyatiga ega bo`lgan umumxalq so`zlari ham keng qo`llanadi.

Ilmiy uslubning barcha belgi- alomatlari ularning har birida o`ziga xos bir shaklda takrorlanadi. Masalan, ilmiy stilning ommabop variantida yozilgan biror fanga oid kitob, maqola va leksiyalar shu fan masalalari bilan tanish bo`lmagan kishilar uchun mo`ljallanganda material ularga tushunarli shaklda bayon etiladi, fikr jonli va qiziqarli qilib tushuntiriladi, ilmiy terminlar kam qo`llanadi, umuman tanish bo`lmagan termin va mavhum formulalar o`rniga konkret tasviriy materiallarga kengroq o`rin beriladi. Ba’zan aytilayotgan fikrning obrazlilik va emotsionalligini ta’minlash uchun badiiy nutq usullaridan ham foydalaniladi. Lekin ilmiy uslub bilan uning ilmiy-ommabop ko`rinishi o`rtasidagi, bu xildagi tafovutlar ilmiy uslub tushunchasining bir butunligiga, yaxlitligiga, putur yetkazmaydi.

Maxsus sohalardan, xususan, fan, texnika, sanhat, siyosat, diplomatiya sohalarida ham hamma narsa borliqni faqat mantiq jihatdan bilishga qaratilganligi sababli ular so`z va terminlarning nihoyatda ravshan, aniq bo`lishini talab qiladi. Lekin terminlar qanchalik to`g`ri tanlangan va ravshan, aniq anglashiladigan bo`lmasin, ularni u yoki bu qoidani ta’riflash jarayonida qayta-qayta takrorlayverish ham ma’lum darajada stilistik monotonlikka (bir xillilikka, bir tarzdalikka) olib keladi. Stilistik monotonlik matematika yoki fizika fanlarida unchalik sezilmasa-da, lekin biologiya, geologiya, ayniqsa tarix va filologiya fanlarida ochiq ko`rinib turadi. SHuning uchun ham biror qat’iy ilmiy qoida va ta’rifni yorituvchi olimlar oldida ko`pincha ilmiy bayonning jiddiyligiga xalal yetkazmaydigan va ilmiy stilni jonli va ta’sirchanligini ta’minlaydigan terminlarning sinonimik ekvivalentini topish masalasi turadi.




Download 26,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish