199
so`zlashuv nutqi keng ishlatiladi. SHunga ko`ra, so`zlashuv uslubida uchraydigan barcha
fonetik xususiyatlar bu uslubga ham hosdir. Ayniqsa, asar qahramonlarining qaysi sheva
vakili ekanligini ko`rsatuvchi tovushlar talaffuzi bu uslubda aniq ko`rinadi.
Badiiy uslubning leksik xususiyatlari
Yozuvchi yoki shoir tilning yashirin imkoniyatlaridan keng foydalanib, badiiy nutqda
yangi so`z va yangi iboralarni yaratadi. Masalan, A.Qahhorning
sinchalak, guldasta
so`zlarini
yangi ma‘noda ishlatishi, G‘.G‘ulomning
qopqa,
sho`xshanlashmoq, qoralmasin
so`zlarini
yaratishi bunga misol bo`ladi:
Sen ko`kning
qopqasin
qoqqan chog‘ingda
Quyosh ko`z uqalab uyg‘onar edi.
Yoki:
SHe‘r shunday
sho`xshanlansin
, bo`lolmasin o`xshashi.
Fikr
kunday ravshanlansin,
Qoralmasin
quyoshi.
«Baht tongotari» she‘ridan
M.Shayhzodaning
nuriston, quyoshiston, nurobod,
toshkentnoma
kabi so`zlarni yaratishi,
mohir so`z yaratuvchi Oybekning
miljinglamoq, jabrkor, jivillamoq, gavharshunos, korsiz,
sohibtadbir, darddosh, ozlimasin, lashkargoh
kabi so`zlari
ham asarning badiiy estetik
qiymatini ta‘minlovchi muhim vosita bo`lib hizmat qiladi.
Bunday so`zlarni cheksiz keltirish mumkin. Ijodkorning imkoniyati bilan birga
imkonsizligi ham bor.
Ijodkor bu nutq uslubida adabiy til doirasidan chiqib keta olmaydi. (ayniqsa so`z yasalishi
va so`z qo`llash sohasida).
Bu nutqda sinonim, omonim, antonim, ko`p ma‘nolilik kabi leksikaning barcha
qatlamlaridan keng foydalaniladi. Bularning hammasi ijodkorning poetik fikrini ifodalashga
hizmat qiladi.
Badiiy uslub ta‘sirchanligi jihatidan publististik
nutqqa yaqin tursa, turli jonli so`zlashuv
vositalaridan foydalanishi jihatidan jonli so`zlashuv uslubiga o`xshab ketadi.
Badiiy adabiyot tilini vazifadosh uslublardan tashqari qarovchilar so`zning estetik
vazifasini birinchi o`ringa chiqarishadi. So`zning eng muhim va asosiy vazifasi
kommunikastiya-aloqani amalga oshirishdir. Bu xususiyatni ular ikkinchi o`ringa
tushirishadi. Vaholanki, har qanday tilning, har qanday so`zning birinchi vazifasi-aloqa
bo`lgach, bu birinchi bo`lishi kerak. So`z aloqa vazifasini bajargandan
keyingina, estetik
vazifani bajarishi mumkin. Bunda ular badiiy adabiyotning san‘at turi sifatida qaralishini asos
qilib olishadi. San‘at turi bo`lganda ham estetik zavq so`z orqali ifodalanadi. So`zning
kommunikativ vazifasi esa hamisha birinchi o`rinda bo`lishi kerak.
Badiiy uslub`ning bosh muammosi til va obraz munosabati masalasidir. Har bir
funkstional uslub` ijtimoiy hayotning qaysidir tomonini aks ettirsa, badiiy uslub` hayotning
hamma tomonini, Ya‘ni barcha nutq uslub`larini qamrab oladi.
V.G.Belinskiy badiiy uslubni ilmiy uslub` bilan qiyoslab shunday deydi: «filosof
sillogizmlar, shoir esa obraz va tasvirlar bilan gapiradi. Ikkalasi ham ishontiradi. Lekin
birinchisi - mantiqiy dalillar bilan, ikkinchisi -tasvirlar bilan iqror qiladi».
Bir habarning badiiy va ilmiy uslubda ifodalanishini ko`raylik:
Badiiy uslubda:
Kaftlaringda to`q bug’doyning kumushday doni
200
Yoki mehring chashmasida ungan kurtaklar.
Bu minglarning nasibasi, elu yurt noni.
Bu to`qchilik, to`kinlikdan yorqin daraklar.
Ilmiy uslubda:
Bug’doy doni O`rta Osiyoda besh ming yildan beri ekib kelinmoqda, poyasining
uzunligi 30-40sm keladigan bug’doyning 9 xili bizning o`lkamizda ekiladi. O`zbek
pazandachiligida tehnologiya jarayoni mukammallashib, nonning hillari benihoya ko`paydi.
Bu to`kinchilik, ma’murlikdan darak beradi.
Ko`rinadiki, badiiy uslubda habarning
kumushday, mehring chashmasi , yorqin daraklar
kabi obrazli ifodalar bilan ta‘sirchanligi oshirilsa, ilmiy uslubda
besh ming yil, poyasining
uzunligi 30-40 sm, bug’doyning 9 hili
kabi dalillar bilan quruq ma‘lumot beriladi.
Til materialini qamrab olish imkoniyatiga ko`ra badiiy adabiyot adabiy til
doirasidan
chikib ketadi. Va umumhalk tili boyligining deyarli barcha kurinishlarini kamrab oladi.
Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmldar, vulgarizmlar(dag‘al so`zlar), eskirgan
so`zlar, oddiy so`zlashuv vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Lekin ular
badiiy uslubda o`rni bilan ishlatiladi. Masalan: Yozuvchi Oybek Navoiy romanida kargish ,
hakorat so`zlaridan foydalanib, asar qahramonlarining o`ziga hos qiyofasini yaratgan.
Masalan:
-Qoch, kelma yonimga,
Do'stlaringiz bilan baham: