O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik


-ma‟ruza  Publitsistik uslub. Badiiy uslub



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/218
Sana24.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#700919
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   218
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

3-ma‟ruza 
Publitsistik uslub. Badiiy uslub 
Reja: 
1.
Publististik uslubning o`ziga hos xususiyatlari. 
2.
Publististik uslubning ommaviy axborot vositalari uslubi ekanligi. 
3.
Badiiy uslubning o`ziga xos xususiyatlari. 
4.
Badiiy uslubda so`zning o`rni. Badiiy uslubning boshqa uslublar bilan munosabati. 
5.
Badiiy uslubda so`z yaratish muammosi. 
Asosiy tayanch tushunchalar
:
Publististik – (publikuz) ijtimoiy, ommaviy, emostiya – his-hayajon, anafora – gaplar 
boshida bir hil so`zning takror kelishi, epifora – gaplar ohirida bir hil so`zning takror kelishi, 
epitet - o`hshatish, pamflet – xalqaro mavzudagi feleton, okkazionalizm – tasodifiy
yaratilgan yoki bir marta ishlatiladigan so`zlar; sillogizm – mantiqiy ifodalar, estetik vazifa – 
ta‘sirchanlik, potenstial imkoniyat – zahiradagi imkoniyat, jargonlar – buzilgan so`zlar, 
argolar - ma‘lum bir
guruhga tushunarli bo`lgan so`zlar, varvarizmlar – urinsiz ishlatilgan chet tili so`zlari, 
vul`garizmlar – haqorat , qarg‘ish, so`kish so`zlari. 
Publististika – lotincha ―publicus‖ so`zidan olingan bo`lib, ijtimoiy, ommaviy degan 
ma‘nolarni ifodalaydi.
Publististik uslub` siyosiy-g‘oyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy munosabatlarni aks 
ettiruvchi asarlarda ishlatiladigan uslubdir.U o`zbek adabiy tilining nutq uslublari tizimida 
XIX asrning ohiri va XX asrning boshlarida paydo bshldi. Bu davrda o`zbek tilida gazetalar 
chop etila boshladi. Nashriyot va vaqtli matbuot ishlari yanada rivojlanib ketdi. O`zbek 
yozuvchilari badiiy publististika janirida ko`plab ijod qildilar. Vaqtli matbuot va nashriyotda 
zamonaviy ijtimoiy –siyosiy masalalarga bag‘ishlangan materiallar ko`plab bosila boshladi. 


196 
Radio va televidenie orqali siyosat va ijtimoiy hayot masalalariga doir ma‘ruza va suhbatlar 
muntazam eshitirildi va ko`rsatildi. Bularning hammasi publististik uslubning taraqqiyotiga 
ijobiy ta‘sir ko`rsatdi.
Publististik uslubning yozma va og‘zaki ko`rinishlari mavjud. Hayotning muhim 
ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag‘ishlangan bosh maqolalar, fel`eton va pamfletlar, 
murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklarastiyalar publististikaning yozma turiga kiradi.
Og‘zaki publististika - notiqlikdir. Bunga kundalik voqealar ahboroti, radio va 
televidenieda chiqayotgan sharhlovchilar va boshlovchilarning nutqlarini misol qilib keltirish 
mumkin.
Publististika katta hayotiy masalalarni, mantiqiy mulohaza, dalil, asoslar bilan 
tushuntirishi, isbotlashi, shu bilan birga tinglovchining iroda va his-tuyg‘ulariga ta‘sir qilishi 
lozim.
Publististik uslubning asosiy vazifasi shundaki, u jamiyatdagi ilg‘or g‘oya va fikrlarni 
ajratib ko`rsatib, unga odamlarni ishontira olishdir. Ma‘naviy-ma‘rifiy ishimizning yutug‘i 
publististikaning ta‘sir kuchiga bog‘liq. 
Kimki aytayotgan fikriga o`zi ishonsa, boshqani ham ishontira oladi.
Publististikada so`z tanlash bu uslubning janr turlariga ko`ra belgilanadi. Tilning 
ta‘sirchan vositalaridan anafora, epifora, epitet,o`xshatish, jonlantirish,ironiya, apostrofa 
kabilar publististik maqolalardan ishlatiladi.
Har qanday targ‘ibotchi va tashviqotchining san‘ati shundaki, auditoriyaga eng yuqori 
darajada ta‘sir qila olish, odamlarga ma‘lum bo`lgan haqiqatni yanada aniqroq, yanada 
ta‘sirchanroq va ishonarliroq qilib tushuntirishdir.
Bu uslub`ning o`ziga hos xususiyatlaridan yana biri hissiyotga boyligi va 
ta‘sirchanligidir. Bu xususiyat asosiy e‘tiborni nimaga qaratish kerakligini ta‘minlab beradi. 
SHu bilan birga bu xususiyat nutqning tezda tushunarli va esda qolarli bo`lishiga ta‘sir etadi.
Har bir uslub`ning o`ziga hos nutq standarti bo`ladi. SHuning kabi publististik uslub`ning 
ham nutq standarti bor. Buni har qanday gazetaning bosh maqolalarida ko`rish mumkin.
Publististik uslubda so`zlovchi, notiqning o`zi bildirayotgan ma‘lumotlarga singishib 
ketishi muhimdir. Publististikaning yana bir o`ziga hosligi uning ko`p janrliligidir.
Ular quyidagilar: 
1.
Gazeta janri. 
2.
Og‘zaki publististika. 
3.
Radio va televidenie janri kabilar. 
Publististika materialning ikki hil jihatini o`zida aks ettiradi.
1.
Informativ, Ya‘ni habar tomoni. 
2.
Baholash, Ya‘ni materialni zamona talabidan kelib chiqqan holda tahlil qilib, bayon 
qilish, unga o`z munosabatini bildirish.
Publististik asarlar: habar, reportaj, maqola, ocherk, fel‘eton, pamflet, bosh maqola va 
boshqalar o`ziga hos til xususiyatlariga ega. SHuning uchun, ular o`zaro chegaralanadilar.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish