196
Radio va televidenie orqali siyosat va ijtimoiy hayot masalalariga doir ma‘ruza va suhbatlar
muntazam eshitirildi va ko`rsatildi. Bularning hammasi publististik uslubning taraqqiyotiga
ijobiy ta‘sir ko`rsatdi.
Publististik uslubning yozma va og‘zaki ko`rinishlari mavjud.
Hayotning muhim
ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag‘ishlangan bosh maqolalar, fel`eton va pamfletlar,
murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklarastiyalar publististikaning yozma turiga kiradi.
Og‘zaki publististika - notiqlikdir. Bunga kundalik voqealar ahboroti,
radio va
televidenieda chiqayotgan sharhlovchilar va boshlovchilarning nutqlarini misol qilib keltirish
mumkin.
Publististika katta hayotiy masalalarni, mantiqiy mulohaza, dalil, asoslar bilan
tushuntirishi,
isbotlashi, shu bilan birga tinglovchining iroda va his-tuyg‘ulariga ta‘sir qilishi
lozim.
Publististik uslubning asosiy vazifasi shundaki, u jamiyatdagi ilg‘or g‘oya va fikrlarni
ajratib ko`rsatib, unga odamlarni ishontira olishdir. Ma‘naviy-ma‘rifiy ishimizning yutug‘i
publististikaning ta‘sir kuchiga bog‘liq.
Kimki aytayotgan fikriga o`zi ishonsa, boshqani ham ishontira oladi.
Publististikada so`z tanlash bu uslubning janr turlariga ko`ra belgilanadi. Tilning
ta‘sirchan vositalaridan anafora, epifora, epitet,o`xshatish,
jonlantirish,ironiya, apostrofa
kabilar publististik maqolalardan ishlatiladi.
Har qanday targ‘ibotchi va tashviqotchining san‘ati shundaki, auditoriyaga eng yuqori
darajada ta‘sir qila olish, odamlarga ma‘lum bo`lgan haqiqatni yanada aniqroq, yanada
ta‘sirchanroq va ishonarliroq qilib tushuntirishdir.
Bu uslub`ning o`ziga hos xususiyatlaridan yana biri
hissiyotga boyligi va
ta‘sirchanligidir. Bu xususiyat asosiy e‘tiborni nimaga qaratish kerakligini ta‘minlab beradi.
SHu bilan birga bu xususiyat nutqning tezda tushunarli va esda qolarli bo`lishiga ta‘sir etadi.
Har bir uslub`ning o`ziga hos nutq standarti bo`ladi. SHuning kabi publististik uslub`ning
ham nutq standarti bor. Buni har qanday gazetaning bosh maqolalarida ko`rish mumkin.
Publististik uslubda so`zlovchi, notiqning o`zi bildirayotgan ma‘lumotlarga singishib
ketishi muhimdir. Publististikaning yana bir o`ziga hosligi uning ko`p janrliligidir.
Ular quyidagilar:
1.
Gazeta janri.
2.
Og‘zaki publististika.
3.
Radio va televidenie janri kabilar.
Publististika materialning ikki hil jihatini o`zida aks ettiradi.
1.
Informativ, Ya‘ni habar tomoni.
2.
Baholash, Ya‘ni materialni zamona talabidan kelib chiqqan holda tahlil qilib, bayon
qilish, unga o`z munosabatini bildirish.
Publististik asarlar: habar, reportaj, maqola, ocherk, fel‘eton, pamflet,
bosh maqola va
boshqalar o`ziga hos til xususiyatlariga ega. SHuning uchun, ular o`zaro chegaralanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: