O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik


II bo`lim. O`zbek tili uslubistikasi



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/218
Sana24.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#700919
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   218
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

 
II bo`lim. O`zbek tili uslubistikasi
 
1-ma‟ruza 
Uslubshunoslikning asosiy kategoriya va tushunshalari 
 
Reja: 
1.
Uslubshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 
2.
Stil so`zining ma‘nolari. 
3.
Uslub turlari. 
4.
Nutq stilistikasi yoki tilning vazifadosh uslub turlari: 
a) so`zlashuv uslubi 
b) rasmiy uslub 
v) ilmiy uslub 
g) publististik uslub 
d) badiiy uslub 
Asosiy tayanch tushunchalar:
Stilos – suyakdan qilingan tayoqcha 
Uslub – bo`g`in, nutq uslubi ma‘nosida qo`llanilgan 
Uslub – stilet (ingichka hanjar va uslubo-avtoruchka so`zlari kelib chiqqan) 
Struktural stilistika – tilning vazifadosh uslublarini o`rganuvchi uslubshunoslik. 
Lingvistika – til. 
Adabiy me‘yor – tilning eng yuksak, ishlangan, sayqallangan ko`rinishi. 
Funkstional – vazifadoshlik. 
Okkazionalizm - har bir ijodkorning uslubiga hos bo`lgan, u yaratgan so`zlar. 
Leksik va frazeologik me‘yor – hamma tomonidan ishlatiladigan, hammaga tushunarli 
bo`lgan so`z va iboralarning qo`llanishi.
Mushtarak – barcha uslub uchun umumiy bo`lgan.
Uslubshunoslik-stilistika terminining tarjimasi. Stilistika - grekcha «stylos» so`zidan olingan 
bo`lib, suyakdan qilingan uchli tayoqcha degan ma‘noni bildiradi. Qadimgi greklar mum 
surtilgan tahtachaga shunday uchli tayoqcha bilan yozar edilar. Bu tayoqchaning tepa tomoni 
kurakchaga o`xshar edi. Xato yozilgan so`zni tayoqchaning kurakchaga o`xshagan tomoni bilan 
tahtachadagi mumni tekislash yo`li bilan o`chirar edilar va uchli tomoni bilan to`g`rilab 
yozardilar. 
Stil so`zidan stilet – ingichka hanjar va stilo – avtoruchka so`zlari kelib chiqqan. 
Qadimdanoq uslub so`zi «bo`g`in, nutq uslubi» ma‘nosida qo`llana boshlangan. 
Gorastiyning «Agar sen o`qish uchun loyiq narsa yozmoqchi bo`lsang, uslubingni tez - tez 
almashtirib tur. Dunyoqarashi tor odamlarni qoyil qoldira olmasang, kuyinib o`tirma, ozgina 
bo`lsa ham tushungan odamlar bilan qoniq» deb yozib qoldirgan jumlalari ichidan «stilingni tez-
tez almashtirib tur» degan ifodasi keyinchalik greklarda maqolga aylanib ketgan. 
Demak, odamlarning ko`ngliga urmaydigan, foydali ma‘lumot beradigan biror narsa yozish 
uchun stilni tez-tez almashtirib turish lozim ekan. Stil so`zining izohli lug`atlarda bir necha 
ma‘nolari berilgan. 1935-1940 yillarda D.N.Ushakov tahririda nashr etilgan «Tol`kovыy slovar` 


187 
russkogo yazыka» kitobida uslub so`zining 4 hil ma‘nosi berilgan. Bu ma‘nolar 1981 yilda chop 
etilgan «O`zbek tilining izohli lug`ati»da ham tarjima qilinib, izohlangan. Ular quyidagilar: 
Uslub 1 – biror san‘at asarining, biror ijodkor, davr, millatning o`ziga hos belgilari 
yig`indisi. Masalan: Arxitekturadagi sharqona uslub (naqshinkorlik, gumbazli binolar). 
Ko`rinadiki, uslub so`zining 1 – ma‘nosi juda keng tushunchani ifodalaydi, Ya‘ni badiiy 
ifodalar yig`indisi Yoki badiiy ifodalarning umumiy tizimi. Bunda adabiyot nazarda tutilmaydi.
Uslub 2 – biror adabiy asar, adabiy yo`nalish, adabiy janr Yoki biror muallifga hos bo`lgan 
g`oya va til vositalarining tizimi. 
Masalan: A. Qahhor uslubi, Oybek uslubi. Poetik uslub, romantik uslub va h.k. 
Bunda fikr ifodalash ctillari ham tushuniladi. Masalan: ko`tarinki uslub, lo`nda uslub va 
boshqalar. G`.G`ulomning «Sen yetim emassan» she‘ri ko`tarinki uslubda yozilgan. 
A.Qahhorning uslubi fosh qiluvchilik xususiyatiga ega. Uning asarlarida zaharhanda iboralar, 
maqol va matallar ko`plab uchraydi. Masalan: «Sinchalak» qissasida Arslonbek Qalandarov 
shunday deydi: «Sinchalak degan oyog`i ipday ingichka qush bor. U kechasi oyog`ini osmonga 
ko`tarib yotadi, osmon tushib ketsa, ko`tarib qolaman, deb. Saida esa unga javoban deydi: 
―Ho`roz ham «men qichqirmasam, tong otmaydi , der ekan.‖ «Mayiz yemagan xotin» 
hikoyasida fosh qiluvchi bunga o`hshagan jumlalar juda ko`p.. Yozuvchi Oybekka esa keng 
ko`lamlilik xos masalan Oybekning ―Navoiy‖ romanidan parcha:
SHoir ―Xiyobon ko`chasini o`tib,‖Bog`izag`on‖ning katta darvozasiga yetishi bilan bu yerda 
tartib kuzatib turgan navkarlar muhrdorga salom berib,darrov otning jilovidan ushladilar.SHoir 
klarning yordamisiz otdan tushdi-da,‖Bog`i zag`on‖ga kirdi.Bu –turli qasrlar,ko`shklar va 
boshqa go`zal binolar va ajoyib hiyobonlarga boy g`oyat katta bog` edi. Darhtlar oralab ketgan 
keng,toza va quyosh nurlari bilan ola chalpoq yo`ldan borib,bir necha tanob joyni ishg`ol etgan 
katta gulzorlarga chiqdi.Bu yerga go`yo butun dunyoning gullari to`plangan edi.Turli-tuman 
rang va ziyo bilan quyoshda yashnagan bu chaman ko`zlarni qamashtirardi.Navoiy gulni,rangni 
juda sevar edi.Har kungidek,to`htab,zavq bilan tomosha qildi.Keyin bu chamanzor qarshisidagi 
koshonaga –devorlari,ustunlari,eshiklari naqqoshlar qo`li bilan yasalgan naqsh gulzorini 
tovlantirgan tomon yurdi.Oltin qubbachalar,o`ymakor gullar bilan bezangan eshikni 
ochib,kichikroq,lekin serhasham bir honaga kirdi.Bu yerda uni do`sti Xo`ja Afzal qarshi oldi.Bu 
–past bo`yli,tiyrak ko`zli,hush muomila,qariyb o`zi bilan tengdosh kishi edi.
Uslub 3 – ko`chma ma‘noni ifodalaydi. Bunda hulq, ahloqqa hos bo`lgan xususiyatlar 
yig`indisi, faoliyat metodi, biror ishni amalga oshirishning yo`l-yo`riqlari kabilar tushuniladi..
Uslub 4 – bu ma‘no adabiyotga ham, tilga ham hos emas. Bu davrga, yil hisobiga nisbatan 
ishlatiladi. Masalan: melodiy yil hisobi, hijriy yil hisobi. 
Uslub so`zining ma‘nolari bilan tanishishdan ma‘lum bo`ldiki, 2 – ma‘no bilan bog`liq holda 
stilistika fani vujudga kelgan.
Stilistika fanini o`rganish ob‘ekti haqida turli qarashlar mavjud. Akademik V.V.Vinogradov 
stilistika bahsida bir – biri bilan aloqador, lekin vazifalari jihatdan farqlanadigan 3 ta tekshirish 
aspektini ko`rsatish zarurligini aytadi. Ular quyidagilar: 
1.
Tilning funkstional uslublarini o`rganuvchi stilistika. Bu struktural stilistika deb ham 
yuritiladi. Struktural stilistikaning vazifasi uning struktural elementlari bo`lgan rasmiy, ilmiy, 
publististik, badiiy uslublarning o`ziga hos xususiyatlari va ifoda vositalarini o`rgatishdir.
2.
Turli janrlarning (semantik, ekspressiv – uslubistik) ma‘no va tez ta‘sir qilish 
tomonlarini hamda og`zaki va yozma nutq orasidagi farqni tekshiruvchi nutq stilistikaci. Uning 
vazifasi tilning barcha uslublar tizimi bilan birga yozma va og`zaki shakllari, adabiy va 
so`zlashuv nutqi ko`rinishlarini tekshiradi. U til birliklaridan qaysi biri yozma va og`zaki nutqda 
ko`proq ishlatilishi, fikr ifodalashda til vositalarining to`g`ri tanlangan Yoki noto`g`ri 
olinganligi, shu vositalarni o`rnida ishlatish yo`llarini o`rganadi.
3.
Adabiy yo`nalishlar, badiiy asar hamda Yozuvchi uslubini tadqiq etadigan badiiy 
adabiyot stilistikasi. Uning vazifasi badiiy asarlarni yaratishda Yozuvchining ifoda vositalaridan 
foydalanish mahorati haqida bahs yuritishdir. Stilistika fani akademik V.Vinogradov ko`rsatgan 
aspektlardan birinchi va ikkinchisi asosida shakllangan. Uchinchisi adabiyotshunoslikning 


188 
ob‘ektidir. Aslini olganda, badiiy adabiyot stilistikasi uning bir ko`rinishidir. Bu tushunchaning 
alohida tur sifatida ko`rsatilishiga sabab shundan iboratki, u boshqa nutq uslublaridan anchagina 
farqli jihatlarga ega. Badiiy adabiyot uslubi keng qamrovliligi, Ya‘ni barcha uslublarni ham 
o`zida ifodalashi bilan ajralib turadi. 
Demak, stilistika ikki hil ko`rinishga ega:
1.
Nutq stilistikasi. Bu tilning vazifadosh shakllari deb ham yuritiladi. Bunga so`zlashuv 
uslubi, rasmiy uslub, ilmiy uslub, publististik va badiiy uslub kiradi.
2.Lingvistik, Ya‘ni til stilistikasi. Uning turlari: 
a)fonetik stilistika. 
b)leksik stilistika. 
v)grammatik stilistika. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish