183
qanday vazifani bajarishi kabilarni o`rganish jarayoni komponent tahlil metodi asosida amalga
oshadi.
Eslatamiz, nazariy tilshunoslikda so`z ma‘nosini tashkil qiluvchilarga nisbatan sema termini
faol qo`llaniladi. Demak, komponent tahlil metodining faollik ko`rsatadigan asosiy «quroli»
sifatida sema termini xizmat qiladi. Sema sememaning tarkibiy qismi, butunning bo`lagidir.
Sema va semema (yoki semalar va sememalar) o`zaro dialektik bog‘liq bo`lib, butun va bo`lak
kategoriyasi nuqtai nazaridan baholanadi.
Masalan, "qiz" leksemasining ikki sememasidan biri quyidagi tarkibiy qismlarga - semalarga
ajratilishi mumkin:
"SHaxs/inson" + "ayollik" + "yosh" + "er ko`rmagan".
Ushbu leksemasining ikkinchi sememasi esa semalarga avvalgisidan farqli - boshqacha
ajraladi. Qiyoslang:
"inson" + ayol + qon-qarindosh - +bevosita + " 1 avlod+kichik"
Leksik paradigmada semaning ikki asosi - differensial va integral turlari ajratiladi. Integral
semalar asosida so`zlar ma‘lum bir paradigmaga birlashtiriladi. CHunonchi, o`g‘il-qiz so`zlari
"inson+yosh" semalari asosida bir qatorga birlashadi va bu semalar bu holda integral sema
mavqeida bo`ladi. Ayni paradigma uchun "ayollik" - "erkaklik" semalari differensialdir. Lekin
xotin-qiz qatorida (sirasida) esa integral semalardan biri sifatida "ayollik", differensial sema
sifatida esa "erli-ersizlik" semalari namoyon bo`ladi, yuzaga chiqadi.
Sememani tahlil qilish, semalarni o`rganish, demak, semalar mohiyatini o`rganish, sememani
o`rganishdir, sememaning semalar tarkibini belgilash, aniklashdir.
SHunday qilib, so`z leksik ma‘nosi semema uni tashkil qiluvchi komponentlardan -
semalardan tarkib topadi. Ma‘lum bo`ldiki, so`zning semantik tuzilishi (strukturasi) bevosita
ma‘no (semema) bilan bog‘lanadi. CHunki semantik komponentga ega bo`lmagan ma‘no-
semema yo`q va bo`lishi ham mumkin emas.
So`zning ma‘nosi, ma‘no tarkibi muayyan ma‘noviy bo`laklardan, tarkibiy qismlardan
(semalardan) tashkil topadi. Bu tarkibiy qismlar so`z ma‘nosini shakllantirib, har bir ma‘noning
alohida til «birligi» sifatida mavjudlikni ta‘minlaydi. So`z ma‘nosining tarkibiy qismlari nutkda
muayyan xabar (darak) tashiydi. Demak, so`z ma‘nosining kichik tarkibiy qismlari o`zaro
barqaror butunlik (sistema) munosabatida bo`lib, ma‘noning nutqiy «ifodasi» sifatida xizmat
qiladi.
Xullas, so`z ma‘nosini tarkibiy qismlarga ajratib o`rganish usuli-komponent tahlil metodi
so`z ma‘nosini-uning tarkibini, tuzilishini aniqlashda eng asosiy va eng qulay, ob‘ektiv usul
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: