O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/218
Sana24.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#700919
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   218
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

Transfarmatsion tahlil metodi.
Struktural tilshunolik metodlari «oilasiga» (guruhiga) tegishli bo`lgan transfarmatsion tahlil 
metodi, ayniqsa, sintaktik konstruksiyalar -nutq birliklari tadqiqida faol qo`llanishi bilan muhim 
ahamiyatga egadir. 
Transfarmatsion tahlil metodiga ko`ra sintaktik konstruksiyalar (qurilmalar) muayyan 
qoidalar 
asosida 
o`zgaradi, 
ya‘ni boshqacha shaklga, ko`rinishiga ega bo`ladi, 
tranfaratsionlashadi. Bunday transfarmatsionlar orqali muayyan sintaktik konstruksiyaning - 
qurilmaning bir nechta shakllari aniqlanadi, o`zaro farqlanadi, ularning mohiyatiga, tarkibiga 
chuqurroq kiriladi. Natijada transfarmatsiyaga (o`zgarishga) uchragan har bir sintaktik 
konstruksiyaning o`ziga xos semantik jihatlari ham namoyon bo`ladi. Masalan, talaba kitob oldi 
gapining nutqiy turlicha ko`rinishlari, variantlari-transfarmatsiyasi quyidagilar: 
1.
Talaba olgan kitob. 
2.
Talaba tomonidan olingan kitob. 
3.
Kitob olgan talaba. 
4.
Talabaning kitobi. 
Demak, transfarmatsion tahlil metodi muayyan asos (yadro) gaplardan (masalan, talaa kito 


182 
oldi) tuzilgan-transfarmatsiyalashgan gaplarni, ya‘ni muayyan sintaktik model (masalan, ot+fe‘l) 
asosida 
yaratilgan 
qator 
gaplarni 
o`rganish, 
tranfaratsiyalanish 
mexanizmini, 
tranfarmatsiyalarning hosil bo`lish qoidalarini oishdir. 
Aytish mumkinki, transfarmatsion tahlil metodining asosiy maqsadi nutqimizda voqe 
bo`ladigan turlicha gaplarning asosida yadro vazifasini bajaruvchi asos gaplar mavjudligini, 
ushbu gaplar esa mana shu yadro gaplardan kelib chiqqanligini, tashkil topganligini, ularning 
o`zaro semantik-grammatik munosabatlarini aniqlash vazifasini bajradi. Demak, transfarmatsion 
tahlilda faqat transformatsiyalashgan (o`zgarishga uchragan) gaplar emas, balki ushbu gaplarga 
asos bo`lgan yadro gaplar aniqlanadi, u o`z asosida kelib chiqqan «yangi» gaplar bilan 
qiyoslanadi, umumiy va xususiy jihatlari belgilanadi. 
Xullas, transfarmatsion tahlil metodi til sistemasi sintaktik sathning, uning qator ichki 
mikrosistemalarini tadqiq qiladi. Ushbu mikrosistemalardan biri asosiy, yadro gaplar bo`lib, 
boshqalari esa mazkur gaplardan hosil bo`lgan transfarmalar hisoblanadi. Mana shu 
transformalarning yadro gaplardan hosil bo`lishini o`rganish jarayoni transfarmatsion tahlil 
jarayoni transfarmatsion tahlil deyiladi. Transfarmatsion tahlil metodining asosiy vazifasi 
muayyan tilda (rus, o`zbek, nemis, ingliz va b.) mavjud bo`lgan yadro gaplarni aniqlash, uning 
sintaktik sistemadagi mohiyati, tabiati, muayyan maqsadga ko`ra turlicha shakllarda namoyon 
bo`lish imkoniyatlarini ochishdir . 
Ma‘lum bo`ldiki, transformatsion tahlil metodida markaziy, yadroviy birlik, sintaktik 
qurilma aniqlanib (yoki tanlanib), ushbu qurilmadan boshqa ma‘no (mazmun) va vazifaga ega 
qurilmalarning hosil bo`lish chizmalari (sxemalari) masalan, ko`chirma gapli qurilmalardan 
o`zlashtirma gapli qurilma hosil qilish chizmasi aniq belgilanadi, kodlashtirib modellashtiriladi. 
Bu tahlil metodi mashina tarjimasida, matnlarni avtomatik tahlil jarayonlarida keng qo`llaniladi. 
Ko`p holda injener (kompyuter) lingvistikasi va matematik lingvistika bilan qorishib ketadi. 
SHunday qilib, distributiv tahlil metodi muayyan lisoniy birliklar: fonema, morfema, 
so`zlarni, ularning qo`llanishini, joylashishini, o`rnini o`rgansa, bevosita tashkil etuvchilarga 
ajrab tahlil qilish metodi esa, asosan, muayyan nutq birligining - gap konstruksiyasining ichki, 
juft holdagi birliklarining sintaktik munosabatlarini aniqlaydi. O`z navbatida transfarmatsion 
tahlil metodi esa distributiv va bevosita tashkil etuvchilarga ajratib tahlil qilish metodlaridan 
farqli holda na faqat fonema, morfema, so`z, gap kabi lisoniy birliklarni, ularning joylashishini, 
balki sintaktik konstruksiyalarning (strukturalarning, qurilmalarning) boshqa sintaktik birliklar 
(strukturalar, qurilmalar) bilan formal - semantik aloqasini, munosabatini, o`xshashlik va farqli 
jihatlarini tadqiq qiladi
2
. SHunga ko`ra transfarmatsion tahlil metodining qo`llanishi doirasi, 
qo`llanish imkoniyatlari keng, chuqur bo`lib, u deskriptiv va bevosita tashkil etuvchilarga ajratib 
tahlil qilish strukturasi tilshunoslik - struktural metodlarning mantiqiy va zaruriy davomi sifatida 
jahon tilshunosligi amaliyotida keng qo`llaniladi, mustahkam o`rin egallaydi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish