O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/218
Sana24.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#700919
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   218
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

 
Nutq uslubiyati 
Bu tushuncha adabiyotlarda funkstional stilistika Yoki funkstional uslub turlari deb ham 
yuritiladi.
Nutq uslublari bir-biriga bog`liq vositalarning tuzilishidan tashkil topadi. Ular tilning 
vazifasi bilan chambarchas bog`liqdir. SHuning uchun ham ular nutq uslublari deyiladi. Tilning 
vazifasi jamiyat taraqqiyoti bilan bog`liq va uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi.
Nutq uslubi tizimini tashkil etuvchi ifodalar faqat bir uslub doirasida cheklanib qoladi. 
Masalan, ilmiy uslubda ishlatiladigan terminlar badiiy, publististik, rasmiy va so`zlashuv 
uslublarida ishlatilmasligi ham mumkin. Lekin har bir nutq uslubi o`zining barcha vositalari
bilan yagona bir maqsad uchun bo`ysungan muayyan til vositalarining majmuasiga ega. 
Nutq uslublari til taraqqiyotining ma‘lum bir davrida asta-sekin shakllanadi va 
o`zgarishlarga uchraydi. Masalan, XX asr boshida nashriyot va vaqtli matbuot ishlarining 
kengayib ketishi bilan bog`liq tarzda O`zbekistonda publististik uslub vujudga kelgan.
Nutq uslublari og`zaki va yozma nutq shakllari bilan chambarchas bog`liq. Demak, har bir 
nutq uslubi og`zaki va yozma shaklda ifodalanishi mumkin. Masalan, so`zlashuv uslubi, asosan, 
og`zaki nutqqa hos. Lekin badiiy adabiyotda bu uslub yozma shaklga ega bo`ladi. Shuningdek, 
ilmiy uslubning og`zaki ko`rinishi dars jarayonida ma‘ruza o`qilganda, ilmiy ma‘ruzalar bayon 
qilinganda namoyon bo`ladi, yozma shakli esa dissertastiyalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar 
tarzida ifodalanadi. 
Nutq uslublari o`ziga hos belgilari va farqlaridan qat‘i nazar, adabiy til me‘yorlari asosida 
umumiylikka ega.
Adabiy me‘yor nima? Adabiy me‘yor atamasiga ―O`zbek tilining izohli lug`ati‖da sharh 
beriladi:
―Adabiy me‘yor til tovush tizimini, grammatik ko`rinishi va lug`at tarkibidagi eng hayotiy 
va zaruriy vositalarni tanlab olish demakdir. Adabiy me‘yor tilning eng yuksak, ishlangan, 
silliqlangan shaklidir‖.
Adabiy me‘yor tilning faqat yozma ko`rinishigagina emas, balki og`zaki shakliga ham 
hosdir. SHuning uchun ma‘ruza o`qilayotganda, radio va televideniedagi chiqishlarda ham 
adabiy me‘yorga rioya qilish talab qilinadi. SHu bilan birga, uning adabiy me‘yordan chetga 
chiqadigan tomonlari ham mavjud. Masalan, so`zlashuv uslubida shevaga hos so`zlar ham 
ishlatiladi. Bu adabiy me‘yorga zid, lekin uslub me‘yori hisoblanadi, Yoki badiiy uslubda 
Yozuvchi Yoki shoir shunday so`zlarni yaratishi mumkinki, ular hali me‘yorlashtirilmagan 
bo`lishi mumkin, lekin uslub me‘yori sifatida qolaveradi. Adabiy me‘yor bilan uslub 
me‘yorining o`zaro munosabati, Ya‘ni mushtarak va farqli xususiyatlari bo`yicha dissertastiyalar 
yaratilgan. Masalan, A.E.Mamatov, ―Hozirgi zamon o`zbek adabiy tilida leksik va frazeologik 
norma muammolari‖, doktorlik dissertastiyasi, T., 1991 yil. S.Toshalieva, ―O`zbek tilida 
okkazionalizmlar‖, nomzodlik dissertastiyasi, T., 1998 yil kabi. 
Funkstional uslub turlari quyidagilar; 
1.
So`zlashuv uslubi. 
2.
Rasmiy uslub. 


189 
3.
Ilmiy uslub 
4.
Publististik uslub. 
5.
Badiiy uslub. 
SAVOLLAR: 
1.
Uslubshunoslik fani nimalarni o`rganadi? 
2.
Uslub so`zi qanday ma‘nolarni bildiradi? 
3.
Akademik V.V.Vinogradov stilistika fanining vazifalarini nechta aspektga bo`ladi va 
ular qaysilar? 
4.
Uslubshunoslik necha xil ko`rinishga ega? 
5.
Nutq uslubi nima?
6.
Adabiy me‘yor nima? 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish