5-mavzu: 4-soat Ma'rifatparvarlik va jadidchilik: ilmiy muammolar Reja



Download 23,08 Kb.
bet1/2
Sana08.07.2022
Hajmi23,08 Kb.
#757626
  1   2
Bog'liq
5-Mavzu (2)


5-MAVZU:
4-soat

Ma'rifatparvarlik va jadidchilik: ilmiy muammolar
Reja:

  1. Gaspirinskiy va matbuot.

  2. Behbudiy va matbuot.

  3. Matbuot va ijtimoiy-siyosiy hayot.

  4. Jadid adabiyoti va oqimlar.

  5. XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit va milliy uyg’onish xarakterlari.

Tayanch so’z va iboralar: matbuot, oqimlar, jadid adabiyoti, ma’rifatparvarlik, vaqtli matbuot.

Darsning maqsadi: Jadid adabiyotining yuzaga kelishi haqida magistrlarda ma’lumot hosil qilish. Jadid adabiyoti va turli oqimlarni tahlil eting.


Jadidlar o’zlarining siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun matbuotni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratdilar. Jadid matbuotining ilk nashri “Tarjimon” gazetasi bo’lib, Qirimda I.Gaspirinskiy tomonidan 1883 yilda chop etilgan. Gazetada davrning dolzarb masalalariga bag’ishlangan maqolalar bosildi. SHuning uchun ham obunachilar yildan yilga ko’paydi. Bir yilning o’zida 320 tadan 1000 tagacha yetdi. SHuning ta’sirida Turkistonda ham birin-ketin gazetalar paydo bo’la boshladi. Turkistonda jadidlar chiqargan ilk qaldirg’och gazeta “Taraqqiy” bo’lib, u 1906 yilning yanvaridan 31 martagacha ikki oy davomida haftada ikki marta chiqib turdi. Gazetaga Ismoil Obidiy muharrirlik qildi. Lekin tezda “kofirlar gazetasi” degan ayb bilan yopildi. 1906 yil sentyabrdan Munavvarqori muharrirligida “Xurshid”, 1907 yili Avloniy tomonidan “SHuhrat” gagetalari chiqarildi. Ammo bu gazetalar 2 oydan so’ng yopib qo’yildi.
Turkiston madaniy hayotida 1870 yilning 28 aprelidan chiqa boshlagan “Turkiston viloyati gazetasi” ham muhim rol o’ynadi. U Turkiston general gubernatorligi qoshidagi “Turkistanskoe vedomosti” gazetasiga ilova bo’lib chiqdi. Gazetaning maqsad-muddaosi shunday belgilangan edi:
“Turkiston general gubernatori buyrug’i bo’yicha ushbu oydan boshlanib “Turkiston gazeti” chiqadur. Ushbu gazetalarda barcha haloyiqqa ma’lum bo’lmoq uchun general gubernatorni har turli farmoni izhor qilinur va yana har turli yangi xabarlar, savdo to’g’risida yozilur. Va yana Toshkand va g’ayri shaharlarda bo’lg’on hodisa – voqealar yozilur” gazetaga SHohimardon Ibrohimov, bir oz muddat Muhammad Hasan CHenishev, 1885 yildan 1917 yilga qadar esa Nikolay Ostroumov (1846-1930) muharrirlik qildilar. Ayniqsa, Ostroumov davrida rs ilm-fani, madaniyati zo’r berib targ’ib-tashviq etildi. Rusiya shaharlariga borgan, sayohat qilgan turkistonliklarning safar taassurotlari muntazam suratda berib borildi. Gazeta atrofiga mahalliy qalamkashlardan bir davra tashkil qilindi. Bu qalamkashlar Rusiya tarixi, madaniyatiga hamdu sanolar o’qidilar. Ruslardan o’rnak olishga chaqirdilar. Ruslarni Turkistonga ilm-ma’rifat, axloq va madaniyat olib keluvchi, dunyo bilan oshna qiluvchi bir millat sifatida keng xalqqa tanishtirdilar. Bunday “ma’rifatparvarchilik” ko’pincha o’tmish, milliy-diniy an’analar ustidan kulish, ularni kamsitish, tanqid qilish hisobiga amalga oshirildi. Va u millatni sekin-astalik bilan ota-bobolarimiz turmushidan sovutishni ko’zda tutardi. Turkistonda adabiy hukmronlik qilish istagi bilan kelganlarga, ularning turmush tarzi va tafakkuriga mehr-muhabbat uyg’otib, “o’risparast” bir avlodni yetkazishiga xizmat qilar edi. Xullas, o’rsiparastlik dastlabki o’zbekcha matbuot namunasi bo’lgan “Turkiston viloyati gazeti”da Rusiya hukumatining tegishli odamlari tomonidan uyushtirilib, rag’batlantirilib borildi. Va uni “ilg’or rus madaniyati” sifatida talqin qilindi. Hatto Furqatni ham 1890 yil Toshkentga kelganida N. Ostroumov o’z gazetasiga jalb qiladi. general gubernator Baron Vrevskiy shoirning salohiyati va shuhratidan targ’ibot uchun foydalanishi maqsadida uni rus zodagonlarining bal bazmiga taklif etadi. Ostroumov shoirga ziyofat taassurotlarini yozdirib, gazetada bostiradi.
Behbudiy 1913 yil aprelь oyida “Samarqand” gazetasini chiqardi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada 2 marta, dastlab ikki, so’ng to’rt sahifada chop etildi. 45 ta sondan so’ng moddiy tanqislik tufayli chiqish to’xtadi. O’sha yilning 20 avgustidan u “Oyna” (Ko’zgu – Mir’at - Zerkalo) nomli fors, turk, arab va rus tilida jurnal chiqa boshladi. Lekin jurnal asosan forsiy va turkiyda chiqa boshladi. Bu suratli haftalik jurnal ko’proq o’zbek tilida: shuningdek, forscha she’r, maqola, ruscha e’lonlardan iborat edi. Boshida haftada bir marta, so’ng ikkinchi yilda 15 kunda bir marta chiqqan. 20 oy chamasi to 1915 yil oxiriga qadar chiqib, so’ng to’xtagan.
“Oyna” jurnali ma’rifat va madaniyat tarqatishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unda millat va uning haq-huquqi, tarixi, til adabiyotiga oid maqolalar, dunyo ahvoliga doir qiziqarli ma’lumotlar, baholar berib borildi. Masalan, jurnalning 1913 yil 20 avgustdagi birinchi sondayoq “Ikki emas to’rt til lozim” degan maqola bilan chiqdi va har bir ziyoli, o’qimishli odam arab, fors, rus va turkiy tilni bilish lozim deyiladi.
1917 yilda Avloniy tomonidan “Turon” gazetasi Toshkentda, shu yili qo’qonda “Kengash” jurnali chop etildi.
Jadidchilikning ruhi va mazmunini o’zida bekami ko’st namoyon etgan jadid adabiyoti milliy ong va sezim taraqqiyotida beqiyos rol o’ynaydi. Bu adabiyotning ilk namunalari badiiyatiga ko’ra u qadar yuksak emas, g’oyalar yaydoq berildi. Yalang’och da’vat va chaqiriqlar, shiorbozlik ko’zga tashlanadi. Jadid adabiyoti 10-yillarning oxiri, 20-yillarning boshidagina har jihatdan to’laqonli adabiyotga aylandi.
Jadidlar XIX asrning oxiri XX asr boshlarida maydonga chiqdilar. Ularning tarix sahnasida paydo bo’lishlarida ikki omil – tarixiy-ijtimoiy sharoit va davrning yangi g’oyalarini olg’a surgan gazetalar bilan birga uchinchi omil – Muqimiy va Furqatlar boshlab bergan o’zbek ma’rifatparvari adabiyotga ham muhim rol o’ynadi.
Jadidlar paydo bo’lgan ilk kunlardan boshlab ular ham chor hokimiyati, ham mahalliy hukmdorlarning qarshiliklariga duch keladilar.
Jadidchilik X1X asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda hukm surgan favqulodda qaloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashagan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat hayotida ijtimoiy va madaniy islohotlar o’tkazish hamda pirovardida erk va hurriyat g’oyalarini hayotga tadbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan harakat sifatida tarixiy vaziyat taqozosi bilan yuzaga keldi. Bu harakat o’zining shakllanish yo’lini bosib o’tar ekan asr boshlaridan 1917 yil fevralь inqilobiga qadar bo’lgan birinchi bosqichda nafaqat ma’rifiy, balki ijtimoiy harakat sifatida ham uzil-kesil rasmiylashdi.
O’z oldilariga Turkiston xalqlarining taqdiri uchun muhim ahamiyatga molik vazifani qo’ygan jadidlar 1906 yil yanvarida Peterburgda bo’lib o’tgan umumrusiya musulmonlari qurultoyiga o’z vakillarini yashirincha yuborib, Rossiya tasarrufida yashagan boshqa musulmon xalqlari va ularning peshqadam arboblari bilan aloqa o’rnatmoqchi bo’lganlar. Bu vaqtda o’zbek jadidlari, Qozon tatarlari kabi har tomonlama shakllangan milliy dasturlariga ega bo’lgan. Lekin yaqin kelajakda rus istibdodga jiddiy zarba berish uchun tayyorgarlik ko’ra boshlagan edilar. Ammo ularning bu niyatlaridan xabardor bo’lgan bolьsheviklar Osipov qo’zg’olonidan keyin ko’plab jadidlarni qirib tashladilar. O’z mustabid davlatining deshmani deb bilgan. Buxoro amiri ham jadidlarni yo’qotishda bolьsheviklardagi zarracha orqada qolmadi.
Jadidchilik, shunchaki bir ma’rifiy, madaniy-oqartuv harakatigina emas edi. Asr boshidan voqealar, rus-yapon urushidagi mag’lubiyat Rusiyani buhronga olib keldi. Ichki milliy nizolar, noroziliklar kuchaya boshladi. Turkistonda asta-sekin uyg’onish boshlandi. Rusiyada, xususan Kavkaz, volgabo’yida yashovchi turkiy millatlar bilan yaqinlashishga, hamkorlikka intilish kuchaydi. Yangi g’oyalar kirib kela boshladi. Islomchilik (panislomizm), turkchilik (panturkizm) shundaylardan edi. Bu g’oyalar X1X asrning o’rtalarida Usmonali davlatlarda paydo bo’ldi. Dastlab, “usmonchilik” o’rtaga qo’yildi.
1698-99 yili Usmonli davlati birvarakayiga to’rt davlat – Avstriya, Venetsiya, polьsha, Rusiya bilan urushga kirdi va yengildi. Bu usmonli saltanati tanazzulini boshlanishi edi. Idora usulida o’zgarishlar qilish kerak edi. Yildan yilga taraqqiy topib, harbiy-iqtisodiy qudrati oshib borayotgan Ovrupadan nimanidir olish kerak edi. Bu fikr 1789 yili taxtga chiqqan 3-Salimda ko’zga tashlandi. U “Nizomi jadid” tuzib, qo’shin va idorani yangilashga kirishdi.
Jadidchilikning ruhi va mazmunini o’zida bekamu-ko’st namoyon etgan jadid adabiyoti milliy ong va sezim taraqqiyotida beqiyos rol o’ynaydi. Bu adabiyotning ilk namunalari badiiyatiga ko’ra u qadar yuksak emas, g’oyalar yayroq beriladi. Yalang’och da’vat va chaqiriqlar, shiorbozlik ko’zga tashlanadi. Jadid adabiyoti 10-yillarning oxiri, 20-yillarning boshidagina har jihatidan to’laqonli adabiyotga aylandi.
Jadid adabiyotining birinchi bosqichi – 1905-1917 yillar adabiyotida Turkiston jadidchiligining quyidagi xususiyatlari o’z ifodasini topdi:

  1. Ma’rifatga maqsad emas, vosita sifatida qarash.

  2. Erksizlikni, mustamlaka idora usulini anglash, uning sabablarini va undan qutilish yo’llarini izlash.

Turkistondagi jadidlar 1914 yilda boshlangan Birinchi jahon urushining imperialistik mohiyatini anglab yetdilar. Bu mavzu jadid adabiyotida ifodasini topdi. Urushni inkor etish, uni insonlar boshiga yog’ilgan balo-ofat shaklida his qilish va uni adabiyotga olib kirish Rusiyani “rus bo’lmagan” xalqlari adabiyotida 1914 yilning oxiri 1915 yilning avvalidan boshlangan edi.
Urush chor samoderjaviyasini tanazzulini ochiq-oshkor qiladi, ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashtirib yubordi. 1916 yil mamlakatda ijtimoiy norozilik boshladi. Uning ustiga o’sha yili hosildorlik bitmadi. Oziq-ovqat tanqisligi, qahatchilik nafaqat Rossiyada, balki Turkistonda yuz berdi.
1916 yilning 25 iyunida 2-Nikolay “Imperiyadagi g’ayrirus aholining erkaklarini harakatdagi armiya turgan rayonlarda mudofaa inshootlarini va harbiy aloqa yo’llarini qurish ishlariga, xuddi shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo’lgan boshqa har qanday ishlarga safarbar qilish to’g’risida farmon berdi. Turkistondagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan 250 ming kishi mardikorlikka olinadigan bo’ldi. O’lkada qo’zg’olonlar boshlandi. CHor hukumat yon berishga majbur bo’ldi. O’lka ahvolini tekshirish uchun A.F.Kerenskiy ishtirokidagi komissiya yuborildi. Turkistonni yaxshi bilgan A.N.Kurapatkin general-gubernator qilib tayinlandi.
1916 yil voqealari badiiy adabiyotda keng ifodasini topdi. Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi”ning 7-bo’limi, Muhiddin Ibrohimov tuzgan “Loshmon” (Namangan, 1916), Avloniyning “Mardikorlar ashuvlasi” (T., 1917), Akbariy Toshkandiyning “Vatanga xizmati” (T., 1917), Sidqiyning “Rabotchilar namoyishi” (T., 1917), “Rabotchilar kelishi” (T., 1917), Mulla Murtazo bin Ismoiljonning “vatan xizmati” (T., 1917) kabi to’plamlari yaratildi. Mulla Murtazo bin Ismoiljon yozadi:
Mildir-mildir suv oqar, suv tagida qum oqar,
Xizmatga ketganlarning onasini kim boqar?
Jadid she’riyati milliy poeziyamizning o’ziga xos bosqichi vazifasini o’tadi. Jadid she’riyatining mavzu ko’lami kengaydi. Unda realistik tasvir kuchaydi. SHe’riyatda jamiyat hayoti aks etdi. Vazn jihatdan boyidi. Janr jihatdan boyib kengaydi. Obrazlar olami reallashdi.

Download 23,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish