Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


 Laboratoriyadagi sanitar-epidemiologik holat



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

1.1.3. Laboratoriyadagi sanitar-epidemiologik holat
va xavfsizlik texnikasi
Barcha infeksion kasalliklar qon va boshqa biologik suyuqliklar
orqali o‘tishi mumkin. Laboratoriya xodimlari uchun milliy
immunlash dasturini ishlab chiqish zarur (masalan, gepatit B
ga qarshi). Xodimlarni ham emlash tavsiya etiladi. Xodimlar har
yili tekshiruvdan o‘tib turishlari kerak. Xavfsizlik qoidalari va
shoshilinch yordam ko‘rsatish muolajalari laboratoriyada ko‘zga
ko‘rinarli joyga osib qo‘yilishi lozim. Laboratoriyani, laboratoriya
uchun ajratilgan joyni yuvib, yig‘ishtirib turadigan texnik
xodimlar ham tayyorgarlikdan o‘tgan va ularning o‘zlari uchun
maxsus ishlab chiqilgan xavfsizlik qoidalarining ko‘chirmasi bilan
ta’minlangan bo‘lishlari lozim.
Xavfsizlik va infeksiyalarning oldini olishning muhim jihati
shaxsiy gigiyena, himoyalovchi ust-boshdan foydalanish,
tomizgichlarni ishlatishda ehtiyot bo‘lish, laboratoriya idishlarini
to‘g‘ri saqlash, namunalarni yuqumsizlantirish va yo‘q qilishdir.
Mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma namunalar
va materiallar, shuningdek, ushbu namunalarni tahlil qilish uchun
ishlatilgan asbob-anjomlar yo‘q qilinishi yoki qayta ishlatish
maqsadida yuvilishidan oldin dezinfeksiyalanishi kerak. Buning
uchun eng yaxshi usul — barcha tirik organizmlarni o‘ldiradigan
sterillashdir. Imkoni bo‘lmaganda dezinfektantlar yoki fizik usullar
yordamida yo‘q qilinadi.
1.1.4. Xavfsizlik qoidalari
1. O‘z xavfsizligingiz va boshqa xodimlarning xavfsizligiga
mas’uliyat bilan munosabatda bo‘ling.
2. Barcha xavfsizlik qoidalariga amal qiling.


8
3. Namunalar bilan ishlashda ularga patologik material deb
qa-rang.
4. Laboratoriyani ozoda va saranjom-sarishta holda tuting, u
yerda keraksiz materiallarni saqlamang.
5. Laboratoriyada yeb-ichmang va chekmang.
6. Sovitgichda oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni saqla-
mang.
7. Stollar va ish joylariga o‘tirmang.
8. Ish kunining boshidan oxirigacha xalat kiyib yuring va ishdan
keyin uni shkafga osib qo‘ying.
9. Infeksiyalangan material bilan ishlashda doimo qo‘lqop kiyib
oling.
10. Yuqumli biomaterial tekkan qo‘lqopni yuqumli mikrob
tarqalmasligi uchun darhol almashtiring.
11. Piрetka bilan ishlaganda hech qachon og‘iz bilan so‘rib
olmang.
12. Infeksion material bilan ishlashdan keyin, tanaffusga chiqib
ketish oldidan va ish kunining oxirida qo‘llarni suv oqimiga tutib,
sovunlab yuving.
13. Ish kunining oxirida ish o‘rnini yuqumsizlantiring.
14. Xavfli kimyoviy moddalarning hammasiga tegishli ogoh-
lantiruvchi yorliqlar yopishtirib qo‘ying.
15. Imkon bo‘lsa kislota bilan ishlaganda organik ko‘zoynak taqib
oling.
16. Laboratoriyada ko‘ngilsiz voqea ro‘y berganda 1-yordam
ko‘rsatish qoidalari bilan tanishing.
17. Chetlari singan probirkalardan foydalanmang.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish