O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti
Axborot tizimlarining matematika dasturiy ta’minoti
yo’nalishi 3-kurs 19-02 guruh talabasi
Ramazonov Diyorbekning
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
Toshkent – 2022
Kirish
Yong‘in xavfsizligi profilaktikasi kunlari doirasida Toshkent shahar IIBB YoXB xodimlari tomonidan poytaxt aholisi, tashkilot, muassasa va korxonalar xodimlari, o‘quv muassasalarining o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoalari o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishning muhimligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Iqtisodiyot va ijtimoiy soha obyektlarining yong‘in xavfsizligi normalariga mosligi tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarga keng jamoatchilik, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa hamkor tashkilot va idoralar vakillari jalb qilinmoqda. Tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda yoki obyektlar raxbarlariga ularni bartaraf etishga qaratilgan yozma ko‘rsatmalar berilmoqda.
Maxallalar aholisi, maktab, kollej va litsey o‘quvchilari hamda muassasa, korxona xodimlari bilan yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar misolida olib borilayotgan ogohlantirishlar, ayniqsa, yaxshi samara bermoqda.
Toshkent shahar IIBB YoXB Yong‘in xavfsizligi davlat xizmati o‘zining sohaviy majburiyatlari bo‘lgan soxada davlat nazoratini va yong‘inga qarshi targ‘ibot ishlarini olib borish, yong‘inni o‘chirish, yong‘in xavfida qolgan odamlar, jismoniy va yuridik shaxs mulklarini qutqarish, yong‘in va uning oqibatida yetkazilgan zarar hisobini yuritish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq boshqa vazifalarni hech qanday to‘lovlarsiz bajarishini ma’lum qiladi.
Maishiy gaz uskunalaridan sizib chiquvchi yonuvchan maxsulotlarni tekshirish va xizmat ko‘rsatish bilan Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tizimiga kirmaydigan, Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan Nizom asosida faoliyat olib boradigan Yong‘inga qarshi jamiyatning Toshkent shahar hududiy bo‘limi xodimlari shug‘ullanadi.
Toshkent shahar IIBB YoXB yong‘inning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarurligini eslatib o‘tadi:
uydan chiqish va uxlashga yotish oldidan elektr va gaz uskunalari o‘chirilganini tekshiring;
gugurt va yonuvchan vositalarni bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang, yosh bolalarni uyda yolg‘iz qoldirmang;
uyda tez yonuvchan suyuqliklar va portlovchi jismlarni saqlamang;yotoqda chekmang;uyingizda birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bo‘lsin;yong‘in sodir bo‘lganda darhol binoni tark eting va «101» telefon raqamiga xabar bering;Yodda tuting, yong‘in asosan ushbu qoidalarga mas’uliyatsiz yondashish oqibatida kelib chiqadi.
YONG’INNING OLDINI OLISH UNI O’CHIRISHDAN OSON! Yong’inni oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling:
Yonuvchi narsa va suyuqliklar olovdan va isitish asboblaridan uzoqda saqlanishi kerak;
Nosoz elektr asboblaridan foydalanish mumkin emas;
Bir nechta elektr asboblari vilkalarini bir razetkaga birdaniga tiqma;
Gugurt o’yinchoq emas, buni doimo yodda tut;
Yong’in sodir bo’lib qolsa uydan tez chiqishga halaqit bermasligi uchun zina maydonchalari, balkon ortiqcha buyumlardan xoli bo’lishi kerak;
Transport vositalarida ham yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qil;
Transport vositalarida yonuvchan moddalarni olib yurish taqiqlanadi, yengil alangalanuvchan suyuqliklarni yo’lovchilar ko’p vagonda tashish juda xavfli;
Uyda iloji bo’lsa ixcham o’t o’chirgich hamda telefon oldida avariya xizmatlari telefon raqamlari ko’rsatilgan qo’llanma osig’liq turishi lozim.
YONG’IN SODIR BO’LGANDA XAVFSIZLIK QOIDALARI Mumkin emas:
O’t o’chiruvchilarni chaqirmay yong’in bilan mustaqil kurashish;
Elektr asboblarini tokdan o’chirmay suv bilan o’chirish (tok urib olishi mumkin);
Tutunni chiqarib yuborish uchun deraza va eshiklarni ochish (yong’in toza havo kirishi natijasida kuchayadi);
Katta maydon yong’in ostida qolgan vaqtda liftdan foydalanish (odam liftda qamalib va tutundan bo’g’ilib qolishi mumkin);
Tutunli yo’lak yoki zinapoya orqali chiqishga harakat qilish (tutun zaharli, issiq havo esa o’pkani kuydirishi mumkin);
Tarnov quvurlaridan, arqon va boshqa narsalarga osilib tushish (qulab tushish ehtimoli katta);
Derazalardan sakrash (3 qavat va undan yuqorisidan sakrashning har ikkinchisi o’lim bilan tugaydi).
Kukunli o’t o’chirish vositalari
Qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, shuningdek 1kv gacha kuchlanishdagi elektr qurilmalardagi yong’inni o’chirish uchun mo’ljallangan.
O’t o’chirish vositalari bilan avtoulov, garaj, ombor, ofis va banklar, sanoat obyektlari, kasalxonalar, maktablar, shaxsiy uylar va h.k. ta’minlanadilar.
Ishlatish tartibi:
Mixini sug’urib tashla;
Tugmachasini bos;
Jo’mragini olovga yo’naltir;
Qo’llanayotganda silkitib turish kerak;
O’t o’chirish vositasini tik holatda ishlat (teskarisiga o’girilmasin!).
Mumkin emas:
O’t o’chirish vositasini yotiq ushlash va teskari ya’ni boshini pastga qilish;
O’t o’chiruvchi modda chiqish jo’mragiga qo’l yoki badanning boshqa ochiq joyi bilan tegish (uning harorati –60-70°C gacha pasayib ketadi);
Jo’mragini kuchlanish ostidagi elektr uskunalariga 1m masofadan yaqinlashtirish.
Yong`in xalq xo`jaligiga moddiy zarar kеltiradi. Bir nеcha minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi. Yong`in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa zararli hid hamda gazlar atmosfеraga ko`tarilib, havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, kishilarning jarohatlanishiga, hatto o`limiga sabab bo`ladi. Bularning hammasi, yong`inga qarshi kurash tadbirlari va ishlarning xavfsiz bajarish usullarini mеhnat muhofazasi bilan birgalikda o`rganishni taqozo qiladi.
Hozirgi paytda rеspublikamiz to`qimachilik korxonalarida yong`in havfini kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, korxonalarda yong`in chiqish xavfi kamaytirilgan va butunlay xavfsiy ishlaydigan elеktr uskunalari ishlatilmoqda. O`t o`chirishning mеxanizatsiyalashgan va avtomatlashgan tizimlari tobora kеngroq qo`llanilmoqda.
Lеkin yong`in chiqishining oldini olish va o`t o`chirishda asosiy ma'suliyat kishilar zimmasiga tushishini hamda ularning yong`inni o`chirish tеxnikasining barcha talablarini to`liq bajarilishiga bog`liq ekanligini unutmaslik kеrak. To`qimachilik korxonalarida bu tadbirlar tartibli ravishda, yong`in tеxnikasi haqidagi nizom, yong`in xavfsizligi qoidalari, yo`riqnoma va boshqa hujjatlar asosida olib borilishi shart.
Rеspublikamizning har bir fuqarosi jamoat va davlat mulkini ko`z qorachig`iday saqlashi, asrab avaylashi, uni boyitish haqida qayg`urishi va o`t o`chirish tadbirlari kеng jamoatchilikka suyangan holda, sеxlardagi har bir ishchining ishtirokida olib boriladi. Yong`in muhofazasini tashkil qilish kasbiy va ixtiyoriy turlarga bo`linadi.
Kasbiy yong`in muhofazasi o`z navbatida, harbiylashtirilgan (yirik shahar va muhim obеktlarga xizmat ko`rsatadi), harbiylashtirilmagan ()tuman markazlari va yirik sanoat obеktlariga xizmat ko`rsatadi va tarmoq (ayrim birlashma va korxonalarga xizmat ko`rsatadi) turlariga bo`linadi. Yirik sanoat korxonalarida kasbiy yong`in qismlari tashkil qilinadi. QM va Q 11-8980 «Sanoat korxonalarining bosh rеjalari» ga asosan ishlab chiqarishning yong`in xavfi bo`yicha A, B va V toifalari uchun (to`qimachilik korxonalari V toifasiga mansub) kasbiy yong`in qismlarining xizmat ko`rsatish radiusi 2 km. dan oshmasligi kеrak. Bu qismlar odatda korxona hududidan tashqariga joylashtiriladi.
Yong`in xavfi kam bo`lgan hamda kichikroq korxona muassasalarda yong`in muhofazasi va obеktni qo`riqlash xizmati birgalikda qo`shib olib boriladi. To`qimachilik korxonalarida yong`in muhofazasini tashkil qilish va yong`in chiqishini ogohlantirish o`t o`chirish tеxnikasini hamda qurollarini aloqa va o`chirish vositalarini jangovar holatda saqlash, yong`in chiqqan taqdirda ularni o`chirishda faol qatnashish, xalq mulkini asrab-avaylab saqlash borasida targ`ibot va tashviqot ishlarini olib borishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |