Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla



KLINIK LABORAТORIYA
ТEKSHIRISH USULLARI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
ТOSHKENT — «ILM ZIYO» — 2017
O‘ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RТA MAXSUS
TA’lIM VAZIRLIGI
O‘RТA MAXSUS, KASB-HUNAR ТA’LIMI MARKAZI
2-nashri


2
O‘quv qo‘llanma «Laboratoriya diagnostikasi» yo‘nalishi bo‘yicha tahsil
olayotgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Unda barcha turdagi biomateriallarni
yig‘ish qoidalari, tekshirish usullari va biomateriallarning me’yorlari, zaruriy
eritmalar tayyorlash yo‘llari bayon etilgan.
Kitobdan shuningdek fan o‘qituvchilari, tibbiy laborantlar ham foyda-
lanishlari mumkin.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
UO‘K: 612.08(075.32)
KBK 53.4
K 50
T aq r i zc h i la r :

G.S. Aripova va
boshq., 2017-y.

«ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2017-y.
ISBN 978-9943-303-28-7
I.Z. AMANOV
— Olmazor tibbiyot kolleji oliy
toifali
o‘qituvchisi;
M.X. ABDURAXMANOVA
– P.F.Borovskiy
nomli tibbiyot kolleji o‘qituvchisi;
G.A. URINBAYEVA

1-Respublika tibbiyot kolleji uslubchisi;
N.A. RASULOVA

P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji uslubchisi.
M u a l l i f l a r :
G. S. ARIPOVA, N. S. NAZAROVA,
L. I. KIM, N. SHOKIROVA


3
KIRISH
Laboratoriyalarning asosiy vazifasi — davolash muassasalari
uchun laborator axborotlarni yetkazib berishdir. Asosiy tah-
lillarning 90 % i klinik va biokimyo tekshiruvlariga to‘g‘ri keladi.
Bu tahlillar soni kun sayin ortib bormoqda. Kimyo, fizika va texnik
fanlarning rivojlanishi natijasida yangi tekshirish usullari amalga
oshirilmoqda. Тahlilning tez bajarilishi tashxisni tezlashtirishga,
bu esa davo kursini qisqartirishga olib kelmoqda. Hozirgacha
laboratoriya tahlillarining 400 dan ortiq turi bor. Klinik va bio-
kimyoviy tekshiruv usullari fani nazariy jihatdan umumiy
biokimyo, fiziologiya, farmakologiya va ichki kasalliklar fanlari
bilan bog‘liq. Bu sohada analitik kimyo o‘lchov idishlari bilan ishlash
asosiy vazifa hisoblanadi. Respublikamizda klinik laboratoriyalarni
rivojlantirishning umumiy chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Buning
uchun har xil ma’lumotnomalar, uslubiy qo‘llanmalar yaratil-
moqdaki, bular tibbiy laborantlar va shifokorlar uchun amaliy
dastur bo‘lib xizmat qilmoqda. «Klinik laboratoriya tekshirish
usullari» o‘quv qo‘llanmasining asosiy vazifasi – davolash muas-
sasalarini aniq laboratoriya ma’lumotlari bilan ta’minlashdir.
«Klinik laboratoriya tekshirish usullari» fani klinik, bio-
kimyoviy, mikrobiolorik, gigiyenik, gistologik laboratoriyaning
asosi hisoblanadi. Ko‘pgina olimlar bu fanning rivojlanishiga katta
hissa qo‘shishgan.
Grigoriy Anatolyevich Zaxarin (1829–1897) bemorni sinchiklab
so‘rab-surishtirib, shikoyatlarini obdan tahlil qilib, kasallik tarixini
ishlab chiqdi. Kurortologiyani rivojlantirish uchun ko‘p foydali ishlar
qildi. O‘pka sili klassifikatsiyasini yaratdi, laboratoriya tekshirish
usullariga katta hissa qo‘shdi. U Moskva universiteti qoshida laboratoriya
tashkil qildi.
E. Jenner (1749–1823) – yirik ingliz shifokori. U chechak
kasalligining oldini oladigan vaksina ishlab chiqdi va amalda
qo‘llab, millionlab
kishilar hayotini saqlab qoldi.


4
S.P. Botkin (1832–1889) tibbiyotdagi fiziologik yo‘nalishning
asoschisidir. U odam organizmining tashqi muhit bilan bevosita
bog‘liqligiga katta ahamiyat bergan, kasallik kelib chiqishida nerv
sistemasining holati muhimligini aytib o‘tgan, palpatsiya usullarini
amaliyotga joriy qildi, yangi simptomlar, masalan, infeksion
gepatitni tasvirlab berdi.
1849-yili ingliz shifokori Addison bronza kasalligini birinchi
bo‘lib tasvirlab bergan. Bronza kasalligi buyrakusti bezi po‘stloq
qavati funksiyasining buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Bu esa
Addison kasalligiga olib keladi.
D.L.Romanovskiy (1861–1921) qon preparatlarini bo‘yash
usullarini taklif etgan, hozir bu hamma joyda qabul qilingan.
V.G.Gnezdilov (1898–1958) ichakdagi sodda jonivorlarni va bir
organizmning o‘zida yashaydigan turli xil parazitlarni o‘zaro
munosabatlari muammolarini o‘rganish bo‘yicha ko‘p ishlar qildi.
Akademik K.I.Skryabin (1879–1972) turli gijjalar, ya’ni
gelmintlarni o‘rganish sohasidagi tadqiqotlari bilan mashhur bo‘ldi.
Bir qancha gelmintlarni butunlay tugatish g‘oyasi unga mansubdir.
U ilgari surgan (1925) degelmintizatsiya tamoyiliga ko‘ra, bemorni
davolashgina emas, balki gijja tuxumlari va lichinkalarini tashqi
muhitda yo‘qotish bo‘yicha o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlar
sistemasi ham kiritiladi.
1867-yili Kusmaul me’da shirasini olishda ishlatiladigan
naychani, 1874-yili Esbax siydik tarkibidagi oqsilni aniqlash usulini
kashf etdi. K.Landshteyner va Y.Yanskiy odam qon guruhini kashf
etishdi (1900–1907). Bu tibbiyot amaliyotida qon quyish imkonini
berdi.
XX asrda rus olimi N.I.Lunin yaratgan vitaminlar haqidagi
ta’limot rivoj topdi. U avitaminozlarning kelib chiqish mexanizmi
va oldini olish yo‘llarini aniqladi.
N.I. Xodukin O‘zbekistonda vaksina va zardob ilmiy tekshirish
institutini tashkil etib, O‘rta Osiyoda uchraydigan turli parazitar
va virusli kasalliklarni o‘rganish hamda ularga qarshi kurash
choralarini ishlab chiqishda jonbozlik ko‘rsatdi. Respublikamiz
olimlaridan Y.X.Тo‘raqulov, Т.S.Soatov, K.S.Kazakov,
Sh.X.Karimov, M.M.Mahkamova, A.N.Oriрov, B.A.Nurmatov
va boshqalar klinik laboratoriya ishlarining rivojlanishiga katta hissa
qo‘shishgan.


5
I bob. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish