Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Moliya siyosati



Download 1,33 Mb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi1,33 Mb.
#318744
  1   2   3
Bog'liq
Moliya


Mavzu: Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari.

Tayyorladi: Ro`zimbetov A



Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.

Moliya siyosati, byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini o`z ichiga oladi.
  • birinchidan, Moliyaviy siyosat faqat о‘z manfaatlarini kо‘zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumenti emas, balki jamiyatning sotsial-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bо‘lishi kerak;
  • ikkinchidan, davlatning Moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki Moliya tizimi barcha subyektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
  • uchinchidan, davlat Moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining Moliyaviy siyosatini farqlash zarur.

Agar gap korxonalarning Moliyaviy siyosati xususida kyetadigan bо‘lsa, bu narsa korxona Moliyaviy myenyejyerlarining biznyesni Yuritish maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yо‘naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona Moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:
  • raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog’lom hayot kyechirishiga (faoliyat kо‘rsatishiga) erishish;
  • yirik Moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish;
  • raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka (lidyer bо‘lishga) erishish;
  • korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
  • korxona iqtisodiy salohiyatining о‘sish sur’atlarini barqaror о‘stirish;
  • ishlab chiqarish va realizasiya hajmini oshirish;
  • foydani maksimallashtirish;
  • xarajatlarni minimallashtirish;
  • rentabelli faoliyatni ta’minlash
  • va boshqalar.

Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (о‘tkazishning, hayotga tatbiq etishning) asosiy myetodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
  • pirovard maqsadga bog’liqlik;
  • xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi);
  • jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi);
  • real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.

  • Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan о‘z funksiyalari va dasturlarini (uzoq, о‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun Moliyaviy resurslarni mobilizasiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yо‘naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida Moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy ryeglamyentasiya qilish (tartibga solish) muhim о‘rin egallaydi.

Moliya nazariyasining asosiy yо‘nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit (1723-1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingliz iqtisodchisi J.Kyeyns (1883-1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan.

A.Smit va D.Rikardolar konsepsiyalarining mohiyati davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin konkuryensiyani (raqobatni) saqlamog’i lozim va jamiyat xо‘jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor mexanizmlariga ajratilishi (berilishi) kerak. Shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi Yuz yillikning 20-yillari oxiriga qadar Moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, davlatning muvozanatli (balanslashtirilgan) byudjetini ta’minlashga qaratildi. Shu maqsadlarga muvofiq ravishda Moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan Moliyalashtirish orqali davlat funksiyalarining amalga oshirilishini ta’minladi. Byudjet daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida (hisobidan) shakllantirildi.

Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlashning nyegizida quyidagilarning yotishi prinsipial ahamiyatga egadir:

  • taqsimlash munosabatlarining sub’yektlarini tanlash, ya’ni Moliyaviy resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash;
  • Yuridik shaxslar va aholining о‘z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog’liq ravishda davlat ixtiyoridagi Moliyaviy resurslarning markazlashtirilish darajasini aniqlash;
  • birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini aniqlash va Shularga mos ravishda Moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yо‘nalishlarini belgilash;
  • Moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va myetodlarini tanlash.


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish