15-jadval.
XO‘JALIK OPERATSIYALARI REESTRI
20 yil ______________ oyi uchun
t/r
Sana
Boshlang‘ich
hujjatning
nomi
va
raqami
Operatsiya
mazmuni
Summasi
(so‘m)
Hisobvaraqlar
korrespondensiyasi
Debet
Kredit
Demak, Bosh daftar shaklda ikki turdagi hisob registrlaridan foydalanish mumkin:
1.
Bosh daftar.
2.
Hisob obyektlari hisob vedomosti.
Vedomostlarlar analitik hisob registlari hisoblanadi.
Agar korxona hisob obyektlari hisob vedomostlarini ham yuritsa, u holda Bosh
daftarga ma’lumotlar ham dastlabki xujjatlar, hamda vedomostlar ma’lumotlari
asosida yozib boriladi.
Bosh daftarning varaqlarida xo‘jalik jarayoninning bo‘lgan vaqtida, dastlabki hujjat
tartib raqami, jarayon mazmuni, summasi, korrespondensiyalanuvchi schyotlar
ko‘rsatiladi.
Bu daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qulayliklari quyidagilardan
iborat.
-
yozuvlar aniqligi hisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi;
122
-
hisob ishlari kamayadi;
-
qo‘llaniladigan registrlar miqdori kamayadi;
-
Sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat
yuqoladi;
-
hisob xodimlari ortiqcha mehnati qisqaradi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan afzalliklar bilan birga buxgalteriya hisobining Bosh daftar
shaklini qo‘llashda ba’zi bir kamchiliklar vujudga kelib, ular quyidagilardan iborat.
-
Korxona katta bo‘lsa, hisob ishlarini oqilona tashkil etish mumkin bo‘lmay
qoladi;
-
Kullaniladigan schyotlar miqdori ko‘payishi, xato yozuvlar aks ettirilishi
ehtimolini oshiradi;
-
hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil etilishini
ta’minlamaydi.
Ammo, yuqorida ta’kidlaganidek, buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklidan
kichik korxonalar foydalanishi u yerdagi hisob ishlarini yaxshi olib borilishiga
xizmat qiladi
Bosh daftarda yil boshiga xar bir mablag‘ va ular bo‘yicha qoldiqlar aks ettirib
chiqiladi. Keyin, jarayon mazmuni qatorida oy davomida xronologik tartibda xar bir
dastlabki xujjat asosida xo‘jalik jarayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo‘lgan
jarayonga
taaluqli
summa,
ikki
yoqlama
yozuv
usuliga
ko‘ra,
korrespondentsiyalangan schyotlar debeti va kreditida yoziladi.
Oy oxirida har bir schyot bo‘yicha debet va kredit oborotlari aniqlanadi va
jami debet va kredit oborotlari jamlanib, ular tengliligi taqqoslash orqali tekshiriladi.
Debet va kredit oborotlar yig‘indisi tengligi hisob ishlari to‘g‘ri aks ettirilganligini
bildiradi. Debet va kredit oborotlarda aniqlangan summa o‘zaro teng bo‘lishi bilan
birga «Tekshiruv summasi» qatoridagi jami summaga ham teng bo‘lishi kerak.
Shundan so‘ng, xar bir schyot bo‘yicha oy ohiriga qoldiq hisoblab chiqiladi. Oy
ohiriga aniqlangan qoldiq summalar aktiv schyotlarda debet tomonida, passiv
schyotlarda kredit tomonida aks ettirilib, ularning o‘zaro teng bo‘lishi shartdir.
So‘nggra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona hisoboti tuziladi.
123
Yuqorida keltirib o‘tilgan, Bosh daftar schyotini jadval ko‘rinishini, kompyuter
sabog‘ini yaxshi egallagan hisobchi «EXCEL»da samarali qo‘llashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |