Dekabr oyi bo‘yicha jami
100.000
100.000
1 Yanvarga qoldiq
-
-
-
Yuqorida «Hisobdor shaxslar bilan hisob kitob» analitik hisobi uchun qo‘llanadigan
kartochkani ko‘rib chiqdik. Ushbu kartochka ma’lumoti analitik hisob haqidagi
ma’lumotlarda keng yoritilgan.
Ko‘p ustunli kartochkalarning yana biri sifatida «Asosiy ishlab chiqarish» xarajatlari
hisobi uchun yuritiladigan kartochkani misol sifatida keltirish mumkin.
Kartochkalar
maxsus
kartotekalarda
saqlanadi.
Kartotekaga
kartochkalar
joylashtirilayotganda moddiy javobgarligi joylangan o‘rni va boshqa xususiyatlariga
ahamiyat berib, guruhlarga ajratilgan holda qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:
1. Xronologik hisob registrlari.
2. Tizimli hisob registrlari.
3. Kombinatsiyalashgan registrlar.
110
Xronologik hisob registrlari
ni o‘ziga xos xususiyati shundaki,, undagi yozuvlar
xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning qisqacha
mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va summasini xronologik tartib aks ettirib boriladi.
Masalan, «Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob registriga misol
bo‘lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi.
Tizimli hisob registrlari
jarayonlarni ma’lum bir belgilari bo‘yicha tizimlashgan
(guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh daftar» tizimli hisob
registrlariga misol bo‘ladi.
Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikki yoqlama yozuv usuli vujudga kelganidan
boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari raqamlanadi,
bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlangan holda
quyidagi yozuv aks ettirilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schyotlar uchun
betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli analitik schyotlar ochilgan bo‘lsa,
bosh daftarda betlar ajratilayotganda e’tiborga olmoq zarur.
Masalan, savdo korxonasini chakana savdodagi tovarlari 2920 sintetik schyotida
yuritiladi. Aytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 ta magazin mavjud. Bunday
holatda bosh daftarda xar bir moddiy javobgar shaxs uchun alohida varaqlar
qoldirilishi va umumiy tovarlar hisobi aks ettirilishi uchun ham varaqlar ajratilgan
bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi yuritiladigan
schyotlarning aks ettiriladigan varaqlari tartib raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Buxgalteriya hisob registri daftarning boshqa registrlardan afzalligi quyidagilardan
iborat:
Hisob ma’lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi;
Hisob ma’lumotlari saklanishi mustahkam ta’minlanganligi.
Buxgalteriya daftarining kamchiliklari ham bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
111
Buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga
xalaqit beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan hamma schyotlar
joylashgan. Buxgalteriya xodimlari o‘zlariga biriktirilgan schyotga tegishli
ma’lumotlarni aks ettirish uchun daftar bo‘shashini ko‘tishi kerak bo‘ladi.
Buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hisob ishlarini
mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi.
Buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga halaqit beradi.
Birinchidan, daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt yo‘qotiladi:
ikkinchidan, buxgalteriya daftarining xajmi katta bo‘lib, tegishli varaqni topib,
undan foydalanishni sekinlashtiradi.
Buxgalteriya
daftarlarining
hamma
varaqlari
ham
hamma
vaqt
foydalanilaverilmaydi. Tuldirilmagan varaqlar esa kelgusi hisobot davri uchun
foydalanilmaydi va hisob registrlari bilan bog‘liq xarajatlarni oshishiga olib keladi.
Buxgalteriya daftarlari bir hisobot yili uchun mo‘ljallangan.
Buxgalteriya registrlari ulardagi yozuv turiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan shaklda
ham bo‘ladi.
Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki,
ularda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda aks ettiriladi. Bunday registrlarning
afzalligi quyidagilardan iborat:
Hisob ishlari ixchamlanadi.
Buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrlar miqdorini qisqartiradi.
Xronologik va tizimli yozuvlar umumlashtirilgan va kombinatsiyalashtirilgan hisob
registrlariga jurnal-order misol bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma’lumotlar xajmiga ikki
turga ajratiladi.
1.Sintetik registrlar.
2. Analitik registrlar.
Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib,
ularga bosh daftar, jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali, jurnal-orderlar va boshqalar
misol bo‘ladi.
112
Analitik registrlar analitik hisob ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llanilib,
ularga «Materiallar», «Asosiy vositalar», «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar
mashinalar va boshqa mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan kartochkalar misol
bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki xujjatlarda
rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich xujjat ham shaklan, ham mazmunan xar
tomonlama tekshirilgandan so‘ng, qayta ishlanadi. Dastlabki xujjat ma’lumotlari
asosida, buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi.
Ba’zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham
rasmiylashtiriladi. Bunday holatlarga da’vogar yuzasidan hisoblashish, xodimdan
aliment summasini ushlab qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari yuzasidan
ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank
bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomlar misol bo‘ladi.
Buxgalteriya registrlari qanday dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilmasin
quyidagi talablarga rioya etish zarurdir:
dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi:
dastlabki xujjat hamma rekvizitlari andozaga javob berishi:
ko‘rsatkichlar arifmetik to‘g‘ri hisoblangani:
dastlabki xujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari iqtisodiy mazmunligi
va qonuniyligi:
tekshirib, qayta ishlangan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya registrlarini o‘z
vaqidada va to‘g‘ri rasmiylashtirish:
buxgalteriya registrlari ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotni
tegishli ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqidada tuzish:
hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa shakllarini o‘rnatilgan
muddatda tegishli joylarga topshirish.
Yuqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi hisob
ishlarini hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir.
Dastlabki hujjatlarni naqadar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, buxgalteriya registrlari
ma’lumotlarini ham to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga asos bo‘ladi. o‘z navbatida
113
buxgalteriya registrlari moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ma’lumotlar
asosida rasmiylashtirilishiga xizmat qiladi.
Moliyaviy hisobot shakllari korxonalar faoliyatini har tomonlama o‘rganish, tahlil
qilish, nazorat etish, hamda boshqarish uchun xizmat qiladi.
Demak, korxona faoliyati haqida to‘g‘ri xulosaga kelish uchun moliyaviy hisobot
ma’lumotlari haqqoniy aks ettirilgan bo‘lmog‘i zarur ekan.
Buxgalteriya registrlarini ulardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks
ettirishini ahamiyati ham shundadir.
Buxgalteriya registrlariga tegishli ma’lumotlarni aks ettirishni oldiga qo‘yilgan
talablarni sanab utdik. Shu talablarga javob berish uchun esa quyidagi vazifalar
bajarilmogi kerak.
1. Dastlabki hujjatlarni xar tomonlama tekshirish.
2. Buxgalteriya registrlari bilan to‘liq ta’minlanish.
3.Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshlang‘ich qoldiqlarini to‘g‘ri aks ettirib
chiqish.
4. Buxgalteriya provodkalarini hisob registlariga tegishli tartibda o‘z vaqtida yozish.
Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshida boshlang‘ich qoldiqlar aks
ettirilganda, oldingi hisobot davri uchun ohirgi qoldiq ko‘rsatkichlari olinadi. Ushbu
boshlang‘ich qoldiq summalari tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida aks
ettirilayotganda, ularning tagiga chiziq chiziladi. Bunday chiziq tortilishiga sabab,
hisobot davri davomida aks ettirilgan oborot summalari bilan boshlang‘ich qoldiq
summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik.
Buxgalteriya registrlarida yozuvlar aks ettirilayotganda, xuddi dastlabki hujjatlarga
qo‘yilgan talablarga rioya etish zarur. Yozuvlarni aks ettirish talablari shundaki,
siyohli, ruchkalardan, kimyoviy qalamlardan, yozuv mashinkalardan foydalanish
zarur.
Oddiy rangli qalamlardan foydalanish esa, ta’qiqlanadi bu bilan yozuvlarni
o‘zgartirish oldi olinadi, yozuvlarni uzoq vaqt saqlanishi ta’minlanadi.
Yozuvlarni buxgalteriya registrlarida qanday usulda aks ettirishga ko‘ra, mashinada
yozish va qo‘lda yozishga bo‘lish mumkin.
114
Mashinada yozish deganda, yozuv mashinalari, elektron
hisoblash mashinalari
yordamida buxgalteriya registrlarini rasmiylashtirish tushuniladi.
Buxgalteriya registrlaridagi yozuvlar ulardan necha nusxadan rasmiylashtirilishi
ko‘ra, bir va bir necha nusxali bo‘ladi.
Bir necha nusxada buxgalteriya hisobi registrlari rasmiylashtirilishida, ularni xar bir
nusxasi
alohida-alohida
rasmiylashtirilishi
yoki
ko‘chirish
qog‘ozlaridan
(kopirovka) foydalangan holda rasmiylashtirilishi mumkin.
Bir necha nusxada yoziladigan hujjatlar, asosan, dastlabki hujjatlar bo‘lib, ularga
dalolatnomalar,
TTN
(tovar-transport
nakladnoy)larni,
schyot-fakturalarni,
nakladnoylarni, to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomalarini, shartnomalarni
misol tariqasida keltirish mumkin.
Ko‘chirish qog‘ozlari yordamida yozuvlarni aks ettirish orqali xato yozuvlar
kamayishiga, hisob ishlarini tezlashishiga va oqibat natijasida buxgalteriya
xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |