2-bob bo‘yicha xulosalar
2-bob bo‘yicha xulosa qiladigan bo‘lsak, davlat byudjeti ijtimoiy sohalarni
moliyalashtirishda yagona manba bo‘lib hisoblanadi. Xususan, ta’lim tizimi ham
klаssik ijtimoiy soha sifatida bir necha o‘n yilliklar dаvomida to‘lig‘icha byudjetga
qarаm soha bo‘lib kelgan. Hozirda ham byudjеt xarajаtlarining aksariyat qismi
mаorif tizimini ta’minlashga safarbаr etilmoqda.
Umumta'lim maktablari xarajatlari davlat byudjetining ta'lim xarajatlari
tarkibida asosiy o‘rinni egallab, ular 3 ta guruh bo‘yicha rejalashtiriladi.
Umumta'lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirishda o‘quvchilar kontingenti,
56
sinflar soni, pedagogik stavkalar va boshqa ko‘rsatkichlar hisobga olinadi va
har
bir umumta’lim maktabi uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy
hajmini hisoblash bir o‘quvchiga xarajatlarining bazaviy normativlari hamda
tuzatish koeffitsientlarini qo‘llash asosida amalga oshiriladi.
57
3-BOB. XALQ TA’LIMINI MOLIYALASHTIRISHNI
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
3.1 Xalq ta’limini moliyalashtirishni takomillashtirish yo’llari
Ta'lim tizimini moliyaviy-iqtisodiy boshqarish tizimining takomillashishi
kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish borasida olib borilayotgan siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar bilan yonma-yon jarayon bo‘lib, mazkur jarayonni
jadallashtirish avvalo, moliya-byudjet, investitsiya, ta'lim, xususiylashtirish va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosatlariga bog‘lik.
Ta'lim tizimini moliyalashtirish va uning iqtisodiy asoslarini kengaytirishda
moliyalashtirishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish talab qilinadi. Unga ko‘ra,
moliyalashtirishdan
ko‘proq
manfaatdor
tomonlar
aniqlanadi.
Davlat
moliyalashtirishining sxemasi ishlab chiqiladi, moliyalashtirishdagi asosiy
muammolar va uning kelib chiqish sabablari o‘rganiladi, sxemaning
nomarkazlashtirish bilan bog‘liq amal qilishidagi tavakkalchiliklarga baho beriladi,
moliyalashtirish mexanizmi oldiga qo‘yiladigan talablar belgilanadi.
Davlat byudjetidan moliyalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- mablag‘larni sarflashda tejamkorlik tartibiga rioya qilish, pul sarflarining eng
kam bo‘lishiga intilish;
- byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, ya’ni faqat aniqlangan va
oldindan asoslangan maqsadlarga ularni smeta moddalari o‘rtasida qayta
taqsimlashlarsiz ishlatish;
- davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy faoliyati ustidan yuqori tashkilotlar
hamda moliya organlari tomonidan muntazam nazoratni olib borish.
Mа'lumki, rеspublikаmizdа dаvlаt Byudjеtining g‘аznа ijrosi tizimi joriy
еtilgаndаn kеyin bаrchа yuridik shаxs mаqomigа еgа bo‘lgаn Byudjet
tashkilotlаrini moliyаviy tа'minlаsh g‘аznаchilik tizimi orqаli аmаlga oshiriladigаn
bo‘ldi.
Markaziy G‘aznachilik tizimini tashkil qilishdan asosiy maqsad - O‘zbekiston
58
Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi jarayonida mablag‘larni samarali
boshqarish, davlat buyurtmalarini va dasturlarini moliyalashtirishda tezkorlikni
oshirish, byudjet daromadlari tushumini va davlat mablag‘lari maqsadli
sarflanishini nazorat qilishda tezkorlikni ta'minlashdir.
Byudjet xarajatlari amalga oshirilishini boshqarishni mujassamlashtirish
maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
- Tegishli byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalaridan xarajatlarning ruxsat
orqali amalga oshirilshi hamda ularninng hajmi yillik ajratmalari va xarajatlarni
amalga oshirish ruxsati miqdoridan oshmasligi kerak.
- Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari tegishli
ruxsat asosida amalga oshirilishi hamda byudjetdan tashqari daromadlar hajmi
doirasida amalga oshiriladi.
- Maqsadli grantlar va davlat qarzlari hisobiga moliyalashtiriluvchi xarajatlar
uchun xarajatlar tegishli ruxsat va amaldagi me'yor hamda qo‘llanmalari asosida
mavjud holda mablag‘lar doirasida G‘aznachilik organlarining tegishli ruxsati
asosida amalga oshiriladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlari to‘lovi moliya yili uchun
ajratilgan byudjet mablag‘lari doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetalari,
shuningdek g‘aznachilik tizimining amaldagi tartibiga muvofiq ro‘yxatga olingan,
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning maxsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan
shartnomalari asosida:
Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tаshkilotlar bo‘yicha -
O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vаzirligi G‘аznаchiligi yoki uning hududiy
bo‘linmalari
tomonidan
amalda
belgilangan
tartibdа
Qorаqаlpog‘iston
Respublikasi byudjeti yoki mahalliy byudjetlardan moliyаlashtirilаdigаn
tаshkilotlar
bo‘yichа
-
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
G‘аznachiligining hududiy g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
G‘aznachilik tizimini joriy etilishi davlat byudjeti mablag‘laridan samarali
foydalanish maqsadida yurtimizda byudjet tizimi sohasida amalga oshirilgan eng
59
ahamiyatli iqtisodiy islohotlardan hisoblanadi.
Bu tizimni joriy etish budjet daromadlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini
va xarajatlar qismida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishining nazoratini
kuchaytirish va pul oqimlarni samarali boshqarish, kreditor to‘lov intizomini
mustahkamlash hamda natijada debitor va kreditor qarzdorliklarni keskin
qisqartirish, davlat byudjeti jarayonini jahon andozalariga javob beradigan yangi
sifat pog‘onasiga chiqarishga imkon beradi.
Respublikamizdagi barcha byudjet tashkilotlari g‘aznachilik bo‘limlari
tomonidan ochilagan shaxsiy hisobraqamlariga ega.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjet mablag‘larining sarflanishi
bo‘yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maqsadida g‘aznachilik bo‘linmalari
tomonidan Davlat byudjetining byudjet tasnifi bo‘limlari, boblari va paragraflari
bo‘yicha quyidagilarning hisobini yuritish uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi:
-byudjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘zini saqlash va markazlashgan
tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan tasdiqlangan
(aniqlangan) rejali byudjet ajratmalari;
-yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan quyi tashkilotlar uchun ko‘zda
tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali byudjet ajratmalari;
-kapital qurilish ob'yektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmasida
ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali byudjet ajratmalari;
-zaxira jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasida nazarda
tutilgan mablag‘lari;
-ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlari;
-byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan moliyaviy
majburiyatlar summasi;
-xarajatlar to‘lovi ruxsatnomalari;
-byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan kassa
xarajatlari.
Byudjet tashkilotlari g‘aznachilik organlari tomonidan o‘zlari uchun
60
ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar orqali mol yetkazib beruvchilar bilan tuzgan
shartnomalari bo‘yicha mablag‘lani to‘g‘ridan to‘g‘ri ularni hisobraqamlariga
o‘tkazish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Bu bilan Byudjet tashkilotlarining
debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari oldi olinadi hamda mablag‘larning aylanishi
tezlashadi.
Byudjеtdаn mаblаg‘ oluvchilаr yеtkаzib bеruvchilаr bilan shаrtnomаlar
tuzаdilar, shuningdek shаrtnomаlarga byudjеtdan mаblag‘ oluvchilarning xarajatlar
smetalarida nazarda tutilgan tegishli rejali byudjet mablag‘lari doirasidagina
qo‘shimcha va o‘zgаrtirishlar kiritаdilar.
Byudjеtdan mаblag‘ oluvchilar bilаn yetkazib beruvchilar o‘rtasida
tuziladigan shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro‘yxatdan
o‘tkazilib, ularga tegishli rаqamlаr bеrilishi va ro‘yxаtdаn o‘tkazish sanasi
ko‘rsatilishi kerak.
Shartnomani hisobga olish moliya organi tomonidan byudjetdan mablag‘
oluvchi va yetkazib beruvchining nomi hamda rekvizitlari, shuningdek shartnoma
summasi, uning raqamlari va tuzish sanasi, moliya organi tomonidan Davlat
byudjetining g‘azna ijrosi qoidalari 1-son ilovaga ko‘ra byudjetdan mablag‘
oluvchilar bilan yetkazib beruvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan
o‘tkazish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda amalga
oshiriladi.
Shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun byudjetdan mablag‘ oluvchi moliya
organiga shartnomaning bitta asl nusxasi va bitta ko‘chirma nusxasini taqdim etadi.
Shartnomalarga mazkur Davlat byudjetining g‘azna ijrosi qoidalari 2-son ilovaga
binoan shaklda to‘lovlar jadvali ilova qilinishi kerak.
Moliya organi byudjetdan mablag‘ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim
etilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida byudjetdan mablag‘ oluvchining
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan tegishli rejali byudjet mablag‘lari mavjudligi
masalasida shartnomada ko‘rsatilgan summani tekshiradi.
Bu tizim shunday xususiyatga egaki, unda to‘lovlarni amalga oshirish 3
61
bosqichda amalga oshiriladi. Bu har bir bosqich hamma jarayonlarda bir-birining
ishlarini beixtiyor nazorat qiladi. Bu shuni anglatadiki, byudjet xarajatlarini o‘z
vaqtida to‘liq moliyalashtirish va byudjet mablag‘larini ko‘r-ko‘rona suiste'mol
qilinishini oldini oladi.
G‘aznachilikda
to‘lovlarini
amalga
oshirish
Byudjet
mablag‘lari
oluvchilarning yuridik majburiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish asosida moliyaviy
majburiyatlarning bajarilishi, deb tushiniladi.
Jаhon amаliyotidа tа’lim muаssаsаlаrini moliyalashtirishning mablag‘lardan
samarali foydalanish va ta’lim sifatini oshirishni rаg‘bаtlаntiruvchi yаngi yo‘llarini
qidirib topish ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi harakatlarning o‘ziga xos
xususiyati hisoblanadi. Bu harakatlar ta’lim sohasidagi birinchi darajali vazifalarni
hisobga olgan holda quyidagi tamoyillarni ta’minlashga qaratilgan:
- ta’limning hammabopligi (ham jismoniy, ham moliyaviy jihatdan);
- ta’lim sifati va natijalari;
- tenglik - bir xil ehtiyojli o‘quvchilar mablag‘lar bilan bir xil darajada
ta’minlanadilar; muhtojroq o‘quvchilar ko‘proq mablag‘ oladilar;
- samaradorlik: tashqi samaradorlik – ta’lim tizimi jamiyatga ishchi kuchini
tayyorlaydi, shundan kelib chiqqan holda bu sohaga qilinayotgan xarajatlarning
samaradorligini hisobga olib mablag‘lar safarbar etiladi; ichki samaradorlik – eng
kam xarajat qilib ko‘proq natijalarga erishish.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda haligacha ta'limni moliyalashtirish manbasi
asosan, bandlikka ko‘maklashish jamgarmasi, xususiylashtirilgan korxonalardan
tushgan mablag‘lar hamda davlat byudjetidan iborat bo‘lmoqda. Shu bilan birga
moliyalashtirish tarkibida davlat byudjeti ulushi 78-95% gachani tashkil etmoqda.
Demak, bugungi kunda byudjet mаblаg‘lаrini boshqarish tа'limni iqtisodiy
boshqarishda ustuvor ahamiyatga ega.
Ta’lim tizimini moliyalashtirish usullari haqida gap borar ekan, u yoki bu
usulni qo‘llashda har bir mamlakat o‘z ijtimoiy siyosatining ustuvorliklari,
shuningdek, byudjet tizimining o‘ziga xosligi va ta’lim tizimini boshqarish
62
xususiyatlariga asoslanadi. Shunga qaramay, o‘tmishda mashhur bo‘lgan va
hozirgi kunda maktab ta’limining ko‘plab tizimlarida amalda qo‘llanilayotgan
ta’lim muassasalariga moliyaviy mablag‘larni ajratishning bir qancha yo‘llari va
usullarini ta’kidlash mumkin: (9
-
rasm)
- o‘tgan davr ko‘rsatkichlari asosida moliyalashtirish, bunda muassasa
byudjeti u moliyalashtiriladigan tegishli byudjet imkoniyatlaridan chiqib ketmagan
holda o‘tgan moliyaviy yil xarajatlari darajasida (inflyatsiyani hisobga oluvchi
ayrim tuzatishlar bilan) aniqlanadi va uning hajmi doirasida mablag‘ ajratiladi;
- alohida shartnomalar asosida moliyalashtirish (kelishuv bo‘yicha) – bunda
har bir maktab davlatga o‘zining muayyan miqdordagi ajratmalarga ehtiyojini
asoslab berishi lozim, agar maktabning mablag‘ ajratish bo‘yicha so‘rovi muayyan
talablarga mos kelsa, davlatdan o‘ziga kerakli mablag‘larni olish imkoniyatiga ega
bo‘ladi;
- xarajatlarga asoslangan moliyalashtirish, bunda mablag‘lar maktablarga ular
faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar, ya’ni bino va
inshootlarni saqlash, joriy remont, xodimlar mehnatiga haq to‘lash kabilarga
sarflangan resurslar hajmi doirasida ajratiladi (“xarajatli” deb ataluvchi bu usul
bugungi kunga qadar mamlakatdagi davlatga qarashli ijtimoiy soha muassasalarini
byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida ustuvor darajada qo‘llanib kelinmoqda);
- formula asosida moliyalashtirish, bunda moliyaviy resurslar har bir maktab
uchun belgilangan va to‘g‘ri qo‘llaniladigan mezonlar tizimiga muvofiq ajratiladi.
Moliyalashtirish formulasi:
- har bir maktabga ajratiladigan resurslar miqdorini;
- maktabga ajratiladigan resurslar miqdorini aniqlashda hisobga olinishi lozim
bo‘lgan omillarni aniqlash imkonini beradi.
Ko‘plab mamlakatlarda, ayniqsa MDH mamlakatlarida (Armaniston,
Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston) ta’lim muassasalariga moliyaviy mablag‘lar bir
o‘quvchiga nisbatan (jon boshiga qarab) beriladi. Odatda, moliyalashtirish
63
formulasining asosini o‘zgaruvchilar tashkil qiladi, ular asosida quyidagilar uchun
moliyaviy mablag‘larning miqdori aniqlanadi va hisob-kitob qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |