Dars o’quv maqsadi- talabalarga ijtimoiy sug`urta ajratmalari va ularning hisobidan qilinadigan xarajatlarni hisobga olishni, ish haqi fondi ustidan nazorat qilish haqida bilim va ko’nikmalarni berishdan iborat.
Tushunchalar va tayanch iboralar Mehnatga haq to’lash shakllari, Mehnatga haq to’lash turlari, Ish haqidan ushlab qolinadigan va chegiriladigan summalar, Ijtimoik sug`qrta ajratmalari, Ish haqi fondi, Daromad solig`i
Asosiy savollar Ishchi va xizmatchilar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarning hisobi
Ijtimoiy sug`urta ajratmalari va ularning hisobidan qilinadigan xarajatlarni hisobga olish
Ish haqi fondi ustidan nazorat
1. Ishchi va xizmatchilar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarning hisobi Ishchi va xizmatchilar bilan ish haqi va turli to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarni rasmiylashtirish uchun hisob-kitob foydalaniladi. Bu kaydnoma har bir sex va bulimlar uchun tuzilib quyidagi kqrsatkichlarni aks ettiradi. Ishchi va xizmatchilar ishlab chiqargan maxsulotining, soni, sifati, bajargan ishning hajmi yoki ishlagan vaqtiga karab hisoblangan ish haqi, ushlab kolinadigan soliqlar va boshqa ushlab kolishlar hamda berilishi lozim bo’lgan ish haqi miqdori kqrsatiladi. Xodimni kuliga beriladigan ish haqi summasi ish haqini to’lash kaydnomasiga kuchiriladi. Ushbu kaydnomaning titul varagida xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining ruxsat beruvchi imzosi beriladiyu o’z vaqtida (3 kun ichida) ishchilar tomonidan olinmagan ish haqi keyingi oyga koldi-riladi va deponentlashtiriladi.
Кassir ish haqini olmagan xodimlarning familiyasi tugrisiga “deponentlashtirildi” degan shtamp kuyadi yoki yozma ravishda yozadi.
Shundan sung to’lov kaydnomasidan titul varagida kassir nakd pul bilan to’langan ish haqi summasini va deponentlashtirilgan ish haqining umumiy summasini yozadi hamda o’z imzosini kuyib buxgalteriyaga topshiradi. To’langan ish haqini summasiga kassa chikim orderirasmiylashtiriladi va bu order kassadan pullarni hisobdan chiqarish uchun asos bulib koladi.
Ish haqi deponentlashtirilgan har bir xodimga deponent varagi tuziladi. Кeyinchalik deponent varagi orqali ish haqi olinadi.
Xodimlar bilan mehnatga xak to’lash yuzasidan hisoblashishlarning sintetik hisobi «Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlarni hisobga oluvchi» 6700 schyotlarda hisobga olib boriladi.
Bu schyotning kredit tomonida ishchi xodimlarga hisoblangan ish haqi, nafaqalar va boshqa to’lovlar debet tomonida esa ish haqidan ushlab kolinadigan summalar va berilgan ish haqi summalarni aks ettiriladi.
Hisoblangan ish haqi tegishli xarajatlar schyotlari qrtasida “ish haqini taksimlash kaydnomasi”ga muvofiq taksimlanadi. Bu kaydnoma buxgalteriyada mehnat va ish haqi bo’yicha rasmiylashtirilgan boshlangich hujjatlarga asoslanib tuziladi. Ishchi xodimlarga hisoblangan ish haqi buxgalteriya hisobi schyotlarda quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuzish bilan hisobga olinadi.
D-t: 2010;2310;2320;2510;9421;9450; К-t: 6710;
Ish haqidan ushlab qolinadigan daromad solig`iga:
D-t: 6710 К-t: 6410 ”Byudjetga to’lovlar yuzasidan qarzlar”
Deponentlashtirilgan ish haqiga:
D-t: 6710 К-t: 6720
Ishlatilmagan hisobdor summalarni ushlab qolish:
D-t: 6710 К-t: 4420-4490
Кreditga sotilgan tovarlar uchun ushlab qolinganda:
D-t: 6710 К-t: 4610
Berilgan qarz(zayom) ushlab qolingan:
D-t: 6710 К-t: 6990, 7690
Moddiy zarar va kamomad ushlab qolinganda:
D-t: 6710 К-t: 4630 provodkalari beriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitaliga badal sifatida tasischilarning mehnat haqidan ushlab kolinishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
D-t: 6710 К-t: 4710
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari hisobidan ijtimoiy sug`urta ajratmalarining amalga oshirilishi (pensiya fondi va kasaba uyushmasiga) schyotlarda quyidagicha aks ettiradi.
D-t: 6710 К-t: 6520
Кassadan to’langan ish haqi, pensiya, nafaqa, mukofot va boshqa to’lovlarni berilganda:
D-t: 6710 К-t: 5010
Ishchi xodimlar bilan hisob kitobning analitik hisobi ish haqini hisoblash to’lov qaydnomasida yuritiladi.
Buxgalteriya hisobida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hisoblash va bu- "ish hakini xarajat sifatida tegishli xarajat schyotlariga taksimlash quyidagi bitta murakkab provodkada ko’rsatiladi:
Debet «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Debet «Yordamchi ishlab chiqarishlar» schyoti. Debet «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyoti.
Кredit «Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar» schyoti.
Ish haqi summasini xarajat schyotlariga tarqatish ish haqini taksimlash vedomosti yoki mashinogrammasi asosida amalga oshiriladi. Bu vedomost mehnat va ish haqi hisobiga tegishli dastlabki xarajatlarga asoslanib tuziladi va unda ish haqi xarajatlariga kaysi schyotlar debetlanganligi hamda ish hakining ayrim turlari mukammal keltiriladi.
Mehnatga haq to’lash xarajatlari hisobidan ishchilarga mukofot ajratilganda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti va boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar.
Кredit «Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar» schyoti.
Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblarschyotining kreditidagi yozuvlar ishlab chiqarish xarajatlarini aks ettiruvchi ro’yxatda, ya’ni 10 va 10/1- sonli jurnal orderlarda aks ettiriladi.
Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar schyotining debetida, xodimlarga ish haqi, mukofotlar, nafaqalar va shu kabilarning berilishi hamda ish haqidan soliqlar, xodimlar tomonidan olingan ssudalar bo’yicha qarzlar, ijro hujjatlari va boshqa qonun bilan belgilangan ushlab qolishlar aks ettiriladi. Masalan, ishchi va xizmatchilarga kassadan ish haqi va boshqa to’lovlar berilganda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet «Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar» schyoti.
Кredit «Кassa» schyoti.
Ish haqining analitik hisobiga oid hisob-kitoblar to’lov vedomostlarida olib boriladi. Bundan tashqari, ishchi va xizmatchilarga to’lash uchun hisoblab qqilgan summalar belgilangan shakldagi kartochka-ma’lumotnomalarda ham aks ettiriladi. Bu kartochka-ma’lumotnomalarda faqat hisoblab qqilgan summalar yozilib, ular dan ta’til pulini, vaqtinchalik mehnat qobiliyatsizligi uchun beriladigan nafaqa va shu kabilarni to’laganda qrtacha ish haqi miqdorini topish va har xil ma’lumotnomalar berish uchun foydalaniladi.
Ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishchi va xizmatchilarning shaxsiy schyot kartochkalari yuritiladi. Bu kartochkalarga hisob-kitob to’lov vedomostidagi har bir ishchi va xizmatchiga tegishli barcha kqrsatkichlar kqchiriladi.
Mehnat va ish haqi hisobi mexanizasiyalashgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda bitta mashinogramma hisob-kitob vedomosti va varaqavasi har bir xodim uchun alohida shaxsiy schyot kqrsatkichlari bosilgan bqladi. Bu mashinogrammalardan analitik hisob uchun foydalanish maqsadida buxgalteriya ularning har biridan shaxsiy schyotlarni ajratib olib, tegishli xodimning konvertiga solib qqyadi va konvertni kartotekaga ma’lum tartibda taxlab qqyadi.
Ishchilarning maxsus dam olish davrlari uchun to’lanadigan ish haqini hisoblash bilan bog`liq bo’lgan operasiyalarning buxgalteriya hisobi alohida xususiyatga ega.