8 Mavzu. Ish haqidan ushlab qolinadigan chegirmalar Dars o’quv maqsadi


Ijtimoiy sug`urta ajratmalari va ularning hisobidan qilinadigan xarajatlarni hisobga olish



Download 55,09 Kb.
bet2/2
Sana25.04.2022
Hajmi55,09 Kb.
#581426
1   2
2. Ijtimoiy sug`urta ajratmalari va ularning hisobidan qilinadigan xarajatlarni hisobga olish
Pensiya jamg`armasi mablag`lari hisobidan ijtimoiy sugurta bo’yicha quyidagi nafaqalar beriladi:
- vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik uchun; - homiladorlik va tug`ish uchun; - bola tug`ilgani uchun; - qo’shimcha dam olish kuni uchun; - dafn etish marosimi uchun.
Nafaqa, mehnat qobiliyati tiklangan, nogironlik belgilan gan, homiladorlik va tug`ish ta’tili tugagan, vafot etgan yoki bola tug`ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilinganda to’lanadi. Bunda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi uni olish uchun murojaat qilingan kungacha bo’lgan 12 oydan oshmagan davr uchun beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug`ish ta’tili) kunlari xodimning ishdan noqonuniy bqshatilgan to’g`risida nizo kqrilayotgan davrga to’g`ri kelgan hollarda, u ishga tiklangan taqdirdagina (barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun) nafaqa olish huquqiga ega bqladi.
Nafaqa oyiga bir marta-oyning ikkinchi yarmi uchun beriladigan ish haqi bilan birga to’lanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt, muassasa, tashkilot (bundan buyon-xo’jalik yurituvchi sub’ekt)lar tomonidan ish joyida byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`larining ijtimoiy sug`urta bo’yicha nafaqalar uchun maqsadga muvofiq xarajatlanishi ustidan nazorat qilish Davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Ish haqi fondi ustidan nazorat
Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnatga xak to’lash fondi ustidan doimiy nazorat bevosita xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari ishbay narx, tarif stavkalari, okladlar, ustama xak va kushimcha to’lovlar, mukofotlarning tugri kullanishi va hisoblanishi ustidan joriy nazorat urnatishi kerak. Mehnatga xak to’lash fondidan tugri foydalanishi ustidan joriy nazorat urnatishi kerak. Mehnatga xak to’lash fondidan tugri foydalanishi ustidan tashki nazorat funksiyalari davlat tomonidan bank muassasalari zimmasiga yuklatilgan.
Bank nazorati maxsulot ishlab chiqarish hajmi yoki xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini ifodalovchi boshqa kqrsatkichlar (daromad) hamda ish haqi bo’yicha hisob-kitob joriy etilgan tartibi asosida har kvartalda amalga oshiriladi.
Bank muassasalari xo’jalik yurituvchi sub’ektga ish haqi uchun mablag`larni maxsulot yoki daromad hajmining usish darajasi 0,7 koeffisientiga tugrilangan ish haqi fondining baza darajasiga asoslangan holda beriladi.
Maxsulot hajmi baza darajasi aynan shu davrda ishlab chiqarish hisobotlarida aks ettirilgan ishlab chiqarilgan maxsulot (ish va xizmatlar) hajmi belgilanadi.
Har kvartalning birinchi 2,5 oyi ichida ish haqi uchun mablag`lar bank tomonidan baza darajasi chegarasida haqikatda hisoblangan summada beriladi. Кvartal uzil kesil hisob-kitob qilingada ish haqiga mablag`lar buxgalteriya hisobi bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan hisoblangan ish haqi to’g`risida ma’lumotnoma asosida beriladi.

Nazorat savollari

  1. Asosiy va kqshimcha ish xaklarini hisoblash tartibi qanaqa bqladi?

  2. Ish haqidan ushlanadigan ushlanmalar qanaqa tartibda hisoblanadi?.

  3. Ish haqiga nisbatan hisoblanadigan ajratmalar hisobi qanday yuritiladi?.

Download 55,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish