Kafedrasi abduxalilova nodira shavkat qizi


-rasm. Ta’lim tizimini moliyalashtirish usullari



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana23.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#695587
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Abduxalilova Nodira Shavkat qizi (1)

8-rasm. Ta’lim tizimini moliyalashtirish usullari
30
 
(1) o‘quvchilarning bazaviy ta’lim olishiga, bunda moliyalashtirish formulasi 
maktabning turli sinflari va turlarida o‘qitishning turli qiymatlarini aks ettiruvchi 
mos koeffitsientlarni o‘z ichiga olishi mumkin;
(2) alohida o‘quvchilar tomonidan yoki alohida maktablarda fanlarni chuqurroq 
o‘rganishga xarajatlarni qoplash uchun;
30
Nurmuxamedova B. Srojiddinova Z. O’zbekiston Respublikasida ta’lim xarajatlarini 
rejalashtirish. O’quv qo’llanma. BMTTD - Т.: «InfoCapitalGroup». 2016. 24-b.
Ta’lim 
tizimini 
moliyalashtiri
sh usullari
o’tgan davr 
ko’satkichlari 
asosida 
moliyalashtiris
h
alohida 
shartnomalar 
asosida 
moliyalashtiris
h
xarajatlarga 
asoslangan 
moliyalashtiris
h
Formula 
asosida 
moliyalashtiris



64 
(3) ta’limda past ijtimoiy-iqtisodiy maqom, tilni yaxshi bilmaslik, nogironlik, 
rivojlanishda ortda qolish bilan bog‘liq o‘quvchilarning qo‘shimcha ehtiyojlarini 
qoplash uchun;
(4) maktab joylashgan yeri va hajmining turli jihatlari - maktab va u xizmat 
ko‘rsatadigan aholi punktining bir-biridan uzoqda joylashganligi, maktab xonalari 
va maktabga qarashli yer uchastkasi maydonining holati va boshqa fizik jihatlari 
bilan bog‘liq ehtiyojlarini qoplash uchun va boshqalar.
Moliyalashtirish formulasiga yuqorida sanab o‘tilgan o‘zgaruvchilarni 
kiritish resurslarni barcha o‘quvchilar o‘rtasida teng taqsimlashga imkon beradi, 
ya’ni tenglik talablariga javob beradi. Biroq resurslarni o‘quvchilar soniga qarab 
taqsimlashning samaradorligini ta’minlash uchun muayyan ta’lim bosqichini 
(masalan, maktabgacha tarbiya, umumta’lim maktablari) tanlash, uning uchun 
zarur resurslar hajmi va bu resurslar qiymatini tahlil qilish natijalaridan kelib 
chiqish lozim, aks holda sarflanadigan resurslar miqdori va ta’lim sifatiga 
qo‘yiladigan talablar o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qoladi.
Maktab ta’limida byudjet mablag‘larini taqsimlashning “pul o‘quvchining 
ortidan boradi”gan tamoyilga asoslangan jon boshiga qarab moliyalashtirishdan 
iborat muqobil mexanizmini tanlash quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan:
- ta’limga ajratilgan byudjetni taqsimlash jarayonining shaffofligi, ob’ektivligi 
va aniqligini oshirish, muassasa byudjetini tuzish va tasdiqlash jarayonlarida turli 
xil kelishuvlar, muvofiqlashtirishlarga ketadigan vaqtni kamaytirish;
- xarajatlar asosida moliyalashtirish tamoyilidan voz kechish;
- mahalliy darajada (masalan, tuman, shahar miqyosida) bu tizimning joriy 
etilishi maktab yoshidagi aholi sonining sekin-asta kamayib borishi natijasida 
maktablar tarmog‘ini qayta tarkiblash (restrukturizatsiya qilish) dasturi doirasida 
moliyaviy mablag‘larni maktablar o‘rtasida taqsimlash tizimini yaxshilashi 
mumkin;
- maktab darajasida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga (ta’lim 
sifati va samaradorligini oshirish maqsadida), ota-onalar hamda Vasiylik 


65 
kengashlari oldidagi hisob berish tizimini yaxshilashga xizmat qiladi.
Eng oddiy shaklda o‘quvchi soniga ko‘ra moliyalashtirish usulida byudjet 
mablag‘larining har bir muassasaga taqsimlanadigan aniq summasi faqatgina shu 
muassasadagi mavjud o‘quvchilar soniga bog‘liq: har bir maktab har bir o‘quvchisi 
uchun bir xil summadagi mablag‘ni oladi. Amaliyotda bu formula, odatda, 
maktabning joylashgan o‘rni, maktabning tipi kabi bir nechta omillarni hisobga 
oluvchi koeffitsientlar asosida korrektirovka qilinadi. Ta’lim tizimlarida 
moliyalashtirish formulasi qo‘llanilayotgan mamlakatlarda formulani ishlatishda 
qaysi koeffitsientlarni qo‘llash lozimligi va turli omillarni hisobga olish uchun ular 
soni nechta bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida yagona yondoshuv mavjud emas. 
Masalan, Rossiyada moliyalashtirish formulasini qo‘llash amaliyotida quyidagi 
omillarni hisobga oluvchi koeffitsientlar ishlatiladi
31
:
- maktablarning joylashgan o‘rnidagi farqlar (shahar va qishloq maktablari);
- maktablarning hajmlaridagi farqlar;
- ta’lim turidagi farqlar (kasb-hunar, umumta’lim, boshlang‘ich va sh.k.);
- aqliy rivolanishda ortda qolgan bolalarni o‘qitish maxsus dasturlarini amalga 
oshirish;
- salomatligi tufayli imkoniyati cheklangan bolalarni uyda o‘qitish;
- alohida fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish dasturlarini amalga oshirish.
Garchi tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‘llash natijasida alohida olingan 
maktab oladigan mablag‘lar summasi o‘quvchilar sonidan tashqari, boshqa bir 
qator omillarga bog‘liq bo‘lsada, har xolda, maktablar, hajmlari ob’ektivlik va 
shaffoflik tamoyillari asosida aniqlangan pul mablag‘lariga ega bo‘ladilar. Lekin, 
formulani ishlab chiqishda shunga alohida e’tibor berish kerakki, formulada 
tuzatuvchi koeffitsientlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, formula tushunish va qo‘llash 
uchun shuncha murakkablashadi, bu esa jon boshiga moliyalashtirish tamoyillariga 
ziddir. 
31
Финансирование школьного образования в Российской Федерации: опыт и проблемы. 
Всемирный банк/НФПК. М.: Изд. «Алекс», 2015. 16-стр.


66 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish