Kafedrasi abduxalilova nodira shavkat qizi


 Mamlakatimizda xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishning istiqbolli



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana23.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#695587
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Abduxalilova Nodira Shavkat qizi (1)

3.2 Mamlakatimizda xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishning istiqbolli 
masalalari 
 
Kuzatishlar ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ijtimoiy-
iqtisodiy yuksalishida ta’lim tizimi muhim rol o‘ynaydi. Shu sabаbli 
respublikаmizdа hаm tа’lim sohаsini rivojlаntirishgа kаttа e’tibor berilmoqdа Bu 
jarayon “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi hamda “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, 
mukammal ta’mirlash va jihozlash” jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash 
muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash” 
jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdor asosida olib 
borilmoqda. 
2017-yilda maorif xarajatlari 15977,7 mlrd.so‘m bo‘lib shundan 8886,6 
mlrd.so‘mi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hissasiga to‘g‘ri kelgan
32

Shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimidagi islohotlar uni moliyaviy 
ta’minlash mexanizmini ham takomillashtirish bilan uyg‘unlashgan holda amalga 
oshirilsagina kutilayotgan natijalarni beradi. Masalaga shu nuqtai-nazardan 
qaraganda, so‘nggi yillar mobaynida O‘zbekistonda ta’lim sohasiga davlat 
xarajatlari ulushi nafaqat MDH mamlakatlaridagidangina emas, balki ko‘pchilik 
rivojlangan davlatlarning ko‘rsatkichlaridan ham ancha yuqori va barqaror. Biroq, 
ta’limga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar Davlat byudjeti xarajatlarining deyarli 
uchdan bir qismini tashkil etayotganligiga qaramasdan, sohaning moddiy 
resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ayniqsa, o‘quv materiallari, darsliklar, 
joriy va kapital ta’mirlash chiqimlarini qoplash uchun yetmayapti. Iqtisodiyotni 
erkinlashtirish va unda davlat ulushini kamaytirishga qaratilgan islohotlar amalga 
oshirilayotgan bir paytda byudjet mablag‘larining cheklanganligi moliya sohasi 
oldiga ta’limga ajratilayotgan davlat mablag‘lari sarfini maqbullashtirish va 
32
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 2017-yilgi asosiy parametrlari ijrosi.www. mf. uz 


67 
ulardan foydalanishning samarali yo‘llarini qidirib topish kabi vazifalarni 
qo‘ymoqda.
Mana shunday islohotlardan biri markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya 
xizmatlarini tashkil etishga qaratilgan qarorning ishlab chiqilishidir. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-sonli “Ta’lim va 
tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy 
nazorati tizimini yanada takomillashtirish to`g‘risida”gi qaroriga asosan, ta’lim va 
tibbiyot muassasalarida byudjet jarayonining shaffofligini yanada oshirish va uning 
ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish, hisob va 
hisobot mexanizmini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning bo`ysunuvidagi 
muassasalarda byudjet intizomini mustahkamlash borasidagi mas’uliyatini 
oshirish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro e’tirof etilgan 
moliyaviy nazorat standartlarini joriy qilish yo`li bilan byudjet qonunchiligini 
buzish holatlarining oldini olish va profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy 
nazoratining rolini tubdan qayta ko`rib chiqish maqsadida O`zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi, Hisob palatasi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni 
saqlash vazirligi hamda Oliy va o`rta maxsus ta’limi vazirligi tomonidan kiritilgan 
takliflar ma’qullansin va 2017 yilning 1 sentyabridan boshlab: 
- bir vaqtda o`zlarining bo`ysunuvidagi quyi muassasalarda buxgalteriya 
xizmatlari tugatilib, xalq ta’limi tuman (shahar) bo`limlarida va tibbiyot 
birlashmalarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari; 
- O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, 
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 
O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda O`zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida — soni 3 shtat 
birligidan iborat ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari; 
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash 
vazirligi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida, viloyatlar xalq ta’limi, 
sog‘liqni saqlash, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalarida hamda 


68 
Toshkent shahar Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmalari va O`rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida soni 1-4 shtat birligidan iborat ichki 
audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tashkil etildi. 
Tashkil etilayotgan xizmatlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanib 
qo`yildi: 
a) markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining markazlashtirilgan 
tartibda quyi muassasalarning xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishini, ish 
haqining hisoblanishi va to`lanishini, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini, 
byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobining yuritilishini ta’minlash, 
shuningdek, ularning faoliyati profili bo`yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
realizatsiyasidan tushadigan daromadlar monitoringini yuritish; 
b) respublika darajasidagi hamda hududiy ichki audit va moliyaviy nazorat 
xizmatlarining byudjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi va talon-toroj 
qilinishi holatlarining quyidagi yo`llar bilan profilaktikasini ta’minlash va ularning 
oldini olish:
- bo`ysunuvidagi muassasalarda xarajatlar smetasini rejalashtirish va uning 
ijrosi, byudjet hisobining yuritilishi, tender (tanlov) savdolarining o`tkazilishi va 
shartnomalar tuzilishi ustidan monitoring qilish; 
- bo`ysunuvidagi muassasalar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya 
xizmatlari rahbarlariga byudjet hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish, asossiz 
debitor va kreditor qarzdorliklarga yo`l qo`ymaslik, byudjet intizomini 
mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan foydalanish, shu jumladan tovarlar, ish va 
xizmatlarni xarid qilish samaradorligini oshirish, shuningdek, markazlashtirilgan 
moliya-buxgalteriya xizmatlarining xodimlari tarkibini mustahkamlash masalalari 
bo`yicha tavsiyalar tayyorlash
- qonunni buzish holatlarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi 
sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to`g‘risida quyi muassasalarga 
bajarilishi majburiy bo`lgan taqdimnomalar kiritish. 


69 
Byudjet tashkilotlariga faoliyat turi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarlar 
(ishlar va xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan mablag‘lar hisobiga byudjetdan 
tashqari mablag‘lar hisobini yurituvchi buxgalterlar lavozimini joriy etishga ruxsat 
berildi. 
Shuningdek, respublika darajasidagi hamda hududiy ichki audit va 
moliyaviy nazorat xizmatlarining shtat birliklari O`zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalarida 
qisqartirilayotgan shtat birliklari hisobidan joriy etiladi; respublika darajasidagi 
hamda hududiy ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining xodimlari 
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tegishincha 
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy 
va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining O`rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasining birinchi rahbarlari buyruqlari bilan lavozimga 
tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; respublika darajasidagi ichki audit va 
moliyaviy nazorat xizmatlarining rahbarlari ijtimoiy-maishiy va tibbiy xizmat 
ko`rsatish shart-sharoitlari bo`yicha tegishli vazirlik va idoralar boshqarma 
boshliqlariga, hududiy ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining rahbarlari 
esa bo`lim boshliqlariga tenglashtirildi. 
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh 
boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy 
nazorati bosh boshqarmasi etib qayta tashkil qilindi va uning qo`shimcha vazifalari 
etib quyidagilar belgilandi: 
- byudjet tashkilotlarida byudjet mablag‘larini boshqarish va byudjet 
hisobini yuritish bo`yicha maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlar 
vositasida byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilish; 
- byudjet qonunchiligiga rioya etish bo`yicha byudjet tashkilotlari bilan 
tizimli asosda profilaktika ishlarini olib borish; 


70 
- byudjet tashkilotlarida aniqlanayotgan pul mablag‘lari va moddiy 
boyliklarni talon-toroj qilish, kamomadlarga yo`l qo`yish, xarajatlar smetasi va 
shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda ijro etish tartibini buzish va byudjet 
qonunchiligini boshqacha tarzda buzish holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni 
sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish; 
- masofaviy nazoratni keng ko`lamda qo`llash, zamonaviy axborot 
texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida tekshirish ob’ektlari va 
maqsadlarini aniqlash yo`li bilan kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir 
vaqtda byudjet tashkilotlarini tekshirish samaradorligini oshirish. 
Shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimidagi islohotlar uni moliyaviy 
ta’minlash mexanizmini ham takomillashtirish bilan uyg‘unlashgan holda amalga 
oshirilsagina kutilayotgan natijalarni beradi. Masalaga shu nuqtai-nazardan 
qaraganda, so‘nggi yillar mobaynida O‘zbekistonda ta’lim sohasiga davlat 
xarajatlari ulushi nafaqat MDH mamlakatlaridagidangina emas, balki ko‘pchilik 
rivojlangan davlatlarning ko‘rsatkichlaridan ham ancha yuqori va barqaror. Biroq, 
ta’limga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar Davlat byudjeti xarajatlarining deyarli 
uchdan bir qismini tashkil etayotganligiga qaramasdan, sohaning moddiy 
resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ayniqsa, o‘quv materiallari, darsliklar, 
joriy va kapital ta’mirlash chiqimlarini qoplash uchun etmayapti. Iqtisodiyotni 
erkinlashtirish va unda davlat ulushini kamaytirishga qaratilgan islohotlar amalga 
oshirilayotgan bir paytda budjet mablag‘larining cheklanganligi moliya sohasi 
oldiga ta’limga ajratilayotgan davlat mablag‘lari sarfini maqbullashtirish va 
ulardan foydalanishning samarali yo‘llarini qidirib topish kabi vazifalarni 
qo‘ymoqda. 
“Rivojlangan mamlakatlar,misol uchun AQSHda ham ta’lim xarajatlari 
darajasini bir me`yorda ushlab turish, maksimal darajada bandlikka erishish eng 
katta muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu muammoni hal etish uchun hech 
qanday umumiy qoida mavjud emas. Shu sababli, mamlakat markaziy banki 


71 
monetar siyosat yuritishda iqtisodiyot to‘qnash kelgan asosiy kamchiliklar va 
muammolarga, moliya bozori tuzilishiga hamda shu mamlakat iqtisodiyotiga 
e`tibor qaratishi lozim. Bunda qayta moliyalash stavkasi asosiy rol o‘ynaydi. 
So‘nggi yillarda esa bir nechta rivojlanayotgan mamlakatlar global iqtisodiyotga 
qo‘shilish maqsadida turli islohotlar olib bordi.”
33
Budjetdan mablag‘lar bir o‘quvchi hisobiga ajratilganda ijtimoiy adolat 
tamoyillariga rioya qilinadi: ta’lim muassasasida o‘qiydigan har bir o‘quvchi 
uchun mamlakat miqyosida bir xil mablag‘ belgilanadi. Bu usulning kamchiligi 
shundaki, unda o‘quv muassasasining moddiy-texnik holati, xarajat turlari 
bo‘yicha hududiy farqlanish hisobga olinmaydi. Shu tufayli deyarli barcha 
mamlakatlarda o‘ziga xos bo‘lgan ushbu farqlarni hisobga oladigan hamda 
ko‘pchilik uchun tushunarli bo‘lgan moliyalashtirish formulalari hamda to‘g‘rilash 
koeffisientlari ishlatiladi.
Sohadan uzoq bo‘lganlarning aksariyati bir o‘quvchi hisobiga ajratiladigan 
mablag‘ni bir o‘quvchini sifatli o‘qitish uchun davlat tomonidan ajratilishi shart 
bo‘lgan pul miqdori sifatida tushunadilar. E’tirof etish kerakki, moliyalashtirish 
formulalari umumta’lim maktablarining haqiqiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 
ular faoliyatiga ajratilishi zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdorini aniqlash vazifasini 
bajara olmaydi. Bu formulalar byudjetda mavjud va yil davomida ajratilishi 
mumkin bo‘lgan mablag‘larni umumta’lim maktablari bo‘yicha bir xilda va 
samarali taqsimlash bilangina chegaralanadi.
Shu tufayli hozirgi davrda bir o‘quvchiga xarajatlar me’yorini belgilash 
yo‘li bilan moliyalashtirish usuli, asosan budjetlararo mablag‘lar taqsimotida 
ishlatilib, ta’lim muassasalarini moliyalashtirishda keng qo‘llanilmayapti.
Ta’kidlash lozimki, moliyalashtirish mablag‘larini bir o‘quvchi hisobiga 
belgilash rivojlangan davlatlarning barchasida va maorif tizimini isloh qilayotgan 
33
Stanley Fischer: Monetary policy in the United States and in developing countries
.
Speech by Mr Stanley Fischer, 
Vice Chair of the Board of Governors of the Federal Reserve System, at the Crockett Governors’ Roundtable 2015 
for African Central Bankers, University of Oxford, Oxford, United Kingdom, 30 June 2015

6-page. 


72 
mamlakatlarda qo‘llaniladi. Bu usul xarajatlarni amalga oshirish davomida 
moslashuvchan bo‘lishni va ta’lim sifatini oshirish yo‘li bilan o‘quvchilar soni 
ko‘paytirilishini rag‘batlantiradi. Chunki o‘quvchilar sonining ortishigina ushbu 
muassasa uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdorini orttirishga asos bo‘ladi. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish