1. Ma 'lum bir tip jamiyati a 'zolari ongida tayyor, umumiy va majburiy, shakl va ma’no birligidan iborat,
yaxlitlangan, borliqdagi harakat, narsa-predmet, belgi, miqdor kabilami bildiruvchi tushunchalar va
munosabatlami ifodalaydigan, nutqda so'zlarni va grammatik morfemalami biriktiradigan lisoniy birlik.
2. Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor,
harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko'rinishi. Boshqacha aytganda, semema
leksemaning ichki jihati.
3. Leksemalar o’rtasidagi semantik munosabat deganda, leksemalarning o’zaro antonimlik, sinonimlik va boshqa
turlardagi munosabatlari nazarda tutiladi. Ideografik semalari teng, bir yoki bir necha jihati o‘zaro farqli
leksemalar (leksosememalar) leksik sinonimlar (leksosinonimlar) deyiladi (yunoncha synonimos - birgalikda
nomlash). Masalan, yalqov-, dangasa- leksemalari hozirgi adabiy o‘zbek tilida ayni bir ideografik semalar
yig‘imiga ega, ayni bir leksik ma'noni ( mehnat qilishni yoqtirmaydigan) anglatadi va ayrim belgi-xususiyati
bilan farqlanib turadi, shunga ko‘ra bu leksemalar o‘zaro sinonim deyiladi. Ideografik semalaridan odatda bir
semasi zid, qolgan semalari aynan ikki leksema (leksosemema) biri ikkinchisiga nisbatan antonim deyiladi
(yunoncha anti - zid, qarshi; onyma - ism). Bunday ma'no munosabati oppozitiv munosabat ham deyiladi
(lot. oppositivo - zid qo‘yish). Masalan, oz- – ko‘p-, tez- – sekin-, jonli- – jonsiz- leksemalari orasida bo‘lgani
kabi. Antonimlik ikki til birligi orasidagi ma'no munosabati bo‘lib, ikkisi birgalikda antonimik juftlikni
tashkil qiladi.
4. Hozirgi leksik ma'nolar bosh ma'no va hosila ma'no, to‘g‘ri ma'no va ko‘chma ma'no, nominativ ma'no va
figural ma'no deb bir necha nuqtayi nazardan tasnif qilinadi. Bu tasniflar biri ikkinchisini istisno qilmaydi,
balki ayni bir hodisaga har xil yondashishni aks ettiradi. Leksik ma'noning yuqoridagicha turlari ko‘pma'noli
leksemalar asosida belgilanadi. Leksik ma'nolar avvalo bosh ma'no va hosila ma'no deb farq qilinadi. Boshqa
bir leksik ma'noning yuzaga kelishi uchun asos bo‘lgan ma'no bosh ma'no deyiladi. Bosh ma'noning taraqqiyoti
bilan yuzaga kelgan leksik ma'no hosila ma'no deyiladi. Bir leksemaning leksik ma'nolari tizimidagi birlamchi
leksik ma'no to‘ng‘ich bosh ma'no deyiladi. O‘zidan keyingi ma'noning taraqqiy etib chiqishi uchun asos
bo‘lgan hosila ma'no nisbiy bosh ma'no deyiladi. Masalan, ochiq- leksemasining bosh ma'nosi - berklanmagan
(yopiq- leksemasining antonimi): ochiq eshik-, kitobni ochiq qoldir- kabi. Quyidagi ma'nolar shu bosh
ma'nodan taraqqiy etib chiqqan hosila ma'nolar: 2) ochiq gapir- (tushunarli qilib, aniq, yashirmay), 3) ochiq
odam- (xushmuomala), 4) ochiq bo‘g‘in- (ovoz tovush bilan tugaydigan). Toza- leksemasining bosh ma'nosi -
ozoda, ifloslanmagan, kirlanmagan: toza sinf-, toza hovli- kabi. Sof, hech narsa aralashmagan ma'nosi shu
bosh ma'nodan o‘sib chiqqan: toza muruch-, toza spirt- kabi. Yuqorida ta'kidlangan hosila ma'no boshqa bir
leksik ma'no uchun - yaxshi, yuqori nav ma'nosi uchun asos bo‘lgan: toza choy-, toza mato-, toza charm- kabi.
Birinchi hosila ma'no bosh ma'nodan, ikkinchi hosila ma'no esa birinchi hosila ma'nodan o‘sib chiqqan.
Shunga ko‘ra birinchi hosila ma'noni nisbiy bosh ma'no deb atash mumkin. Toza- leksemasi hech qoldirmay
ma'nosini ham anglatadi: toza ter- kabi. Bu leksemaga bog‘liq yana bir ma'no bor - o‘ta darajada, rosa. Lekin
bu ma'no (kuchaytirish ma'nosi) yuqorida ta'kidlangan leksik ma'nolardan keskin farq qiladi. Bu ma'no
tabiatan grammatik ma'no bo‘lib, uni shu leksemaning leksik ma'nolariga bog‘lash ham qiyin: toza charcha-,
toza kuttir- kabi.
Javohir Nurmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |