12-MAVZU. BYUDJET JARAYONI REJA:
12.1.
|
O„zbekiston Respublikasida byudjet jarayonini tashkil etish asoslari va
byudjet jarayoni bosqichlari
|
12.2.
|
Davlat byudjeti loyihasini tuzish
|
12.3.
|
Byudjet loyihasini ko„rib chiqish va qabul qilish
|
12.4.
|
Byudjetni ijro etish va nazorat qilish
|
12.5.
|
Byudjetning ijrosi to„g„risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash
|
12.6.
|
Xorijiy davlatlarda byudjet jarayoni
|
Tayanch so„z va iboralar:byudjet jarayoni;davlat byudjeti loyihasini tuzish; byudjetni rejalashtirish; byudjet loyihasini byudjet buyurtmasi ; byudjet so„rovi ; ko„rib chiqish va qabul qilish; byudjetni ijro etish va nazorat qilish; byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi ; byudjetning ijrosi to„g„risidagi hisobotni tayyorlash
O„zbekiston Respublikasida byudjet jarayonini tashkil etish asoslari va byudjet jarayoni bosqichlari
Ma‘lumki, 2000-yil 14-dekabrda qabul qilinib, 2013-yilga qadar amalda bo‗lgan ―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni mamlakatimizda byudjet jarayonini tartibga solib turuvchi asosiy qonuniy-huquqiy hujjat sifatida xizmat qilib keldi. Keyingi yillar davomida byudjet tizimida amalga oshirilgan islohotlar doirasida byudjet amaliyotida bir qator o‗zgarishlar sodir bo‗ldi va ular byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.
Natijada amaldagi ―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi hamda 2004-yil 26 avgustda qabul qilinib? 2006-yildan boshlab amal qilib kelgan ―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi to‗g‗risida‘gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda 2013-yil 26- dekabrda O‗RQ-360-son O‗zbekiston Respublikasi qonuni bilan qabul qilingan Byudjet Kodeksida o‗z aksini topdi.
2014-yildan boshlab O‗zbekiston Respublikasida amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, byudjet mablag‗laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishga qaratilgan. Ushbu Kodeks O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‗ jalb qilish va byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Byudjet jarayoni tushunchasining mazmuniga to‗xtaladigan bo‗lsak,
Byudjet jarayoni – byudjet loyihasini tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash bilan