Mavzu: Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg`armalari daromadlari va xarajatlari Reja: Kirish Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg`armalari haqida tushuncha va ularning guruhlanishi.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg`armalari daromadlari va xarajatlari.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg`armalari bo`yicha g`azna ijrosini tashkil etish.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
Kirish Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlash-tirishsharoitida byudjet mablag’lari bilan bir qatorda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobi va nazoratiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Byudjet ijrosi jarayonida Davlat byudjeti mablag’lari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari shakillanishi hamda sarflanishini uzluksiz hisobga olish, ularni hujjatlashtirish va axborotlarni tizimli shakllantirish uchun byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi tashkil etilmoqda.
Byudjet tashkilotlarida hisobotva nazoratini takomillashtirish uning aniqligi va ishonchliligini oshirish yo’lida islohotlar olib borish o’zining ijobiy natijasini berishi aniq. Bunday islohotlar natijasida byudjet mablag’lari, byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari kelib tushishi ularning maqsadli va imtiyozli ravishda sarflanishi, byudjet tizimidagi mablag’lar bilan bog’liq o’g’irliklar, kamomadlar va zararlarning oldini olish imkonini yaratadi. Nazorat sohasining takomillashtirilishida mablag’larning maqsadli sarflanishi yuzasidan tizimli asos yaratilishi nazoratning aniq va kamchiliklardan holi bo’lishiga yordam beradi.
Byudjet mablag’larini tejash va samarali foydalanish borasida prezidentimiz Sh.Mirziyoyev nutqlarida quyidagilar ta’kidlab o’tilgan, “Byudjet tizimini isloh qilish sohasida mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari yanada kengaytirildi. Endi har bir hudud rahbari berilgan imkoniyatlardan foydalanib, mas’uliyatni to’la o’z zimmasiga olishi, o’z aravasini o’zi tortishi kerak. Yaqin kelajakda barcha davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini sotish uchun Internet tarmog’ida yagona maydon tashkil etish lozim. Bu byudjet xarajatlarini qisqartirish, davlat mulkini samaraliboshqarish va katta moliyaviy mablag’larni iqtisod qilish imkonini beradi. 2018 yilda soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-tadbirlardan voz kechamiz. Chunki islohotlar davrida davlat tizimining uzluksiz faoliyat ko’rsatishi uchun byudjet barqarorligi suv bilan havodek zarur”.1 Ayrim byudjet tashkilotlarini davlat byudjetidan moliyalashtirish hozirgi kungacha yuqori ko’rsatkichlarda ekani ijobiy holat emas. Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni faoliyat turiga hos va mos holda shakllantirishga keng yo’l ochib berish, byudjet tashkilotlarini o’zini-o’zi moliyalashtirish imkoniyatini yaratib, byudjet mablag’lari tejalishiga olib keladi.