1-rasm Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’larining shakllanish manbalari3
Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo'yicha to'lanmagan nafaqalar, muddati o'tkazib yuborilgan kreditorlik qarz mavjud bo'lsa, Rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari tejab qolingan byudjet mablag'lari doirasida ushbu qarzlarni to'lashga (ishlar, xizmatlar tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo'yicha jami xarajatlar o‘mi qoplangandan so'ng) sarflanadi.
Agar kreditorlik qarzi byudjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha yetarli miqdorda mablag' bilan ta’minlanmaganligi munosabati bilan paydo bo'lgan taqdirda, kreditorlik qarzining Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasi hisobiga to'langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida byudjetdan qoplanadi. Agar kreditorlik qarzi byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga ilovada nazarda tutilgan tegishli xarajatlar to'lanmaganligi va (yoki) xarajatlaming har qaysi guruhi bo'yicha belgilangan limitlarmng oshib ketganligi munosabati bilan paydo bo'lgan bo'lsa, to'Iiq hajmda byudjetdan mablag' bilanta’minlangan taqdirda, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasi mab-lag'lari (ishlar, xizmatlar, tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo'yicha jami xarajatlar o'rni to'ldirilgandan so'ng), avvalo, xarajatlaming to'lanmagan qismi va belgilangan limitlarning ortib ketgan miqdori doirasida kreditorlik qarzlarini uzishga yo'naltiriladi. Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo'yicha to'-lanmagan nafaqalar va kreditorlik qarzi mavjud bo'lmasa yoxud ushbu qarzlar belgilangan doirada va shartlarda to'langan taqdirda, byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasining qolgan mablag'lari (homiylik yordami, beg'araz yordam miqdori bundan mustasno):
- tushgan barcha mablag‘larning kamida 75 foizi tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlaming o ‘mini to‘ldirishga va moddiy-texnika bazani mustahkamlashga;
-tushgan barcha mablag‘laming, ko‘pi bilan, 25 foizi byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari 1-jadvalda ko’rsatilgan nisbatlarda quyidagi yo’nalishlarda sarflanadi:
-xodimlami moddiy rag‘batlantirishga;4
- moddiy-texnika bazasini mustahkainlash, muassasani modemizatsiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, kreditorlik qarzlarini to’lashga.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotiga ko‘rsatilgan homiylik (begbaraz) yordamidan olingan mablag‘laming barcha summasi, agar homiy bilan maxsus o‘zgacha hoi kelishilmagan bo‘lsa, to‘lig‘icha moddiy- texnika bazani mustahkamlashga sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |