www.ziyouz.com
kutubxonasi
43
— Xudo xayringizni bersin, taqsir,— dedi Avdiy,— men tayyorman. Shaxsan men uchun ibodat
ollo-taologa karatilgan turli o‘y-hayollarimning eng uyg‘un nuqtasidir. Xudo-Zamondosh haqidagi fikr
miyamga qattiq o‘rnashib qolganga o‘xshaydi.
— Sabrsizlik shayton ishi, chirog‘im,— bosiq dedi ota Koordinator yumshoq o‘rindiqdan turarkan.
U Xudo-Zamondosh, turli uyg‘un o‘y-hayollar haqidagi so‘zlarni ham qulog‘ining bir chekkasidan
o‘tkazib yubordi. Tajribakor ruhoniy arbob boshdanoq barini chigallashtirib o‘tirishni ma’qul
ko‘rmadi.— Ibodat qilaylik. Senga aytsam,— davom etdi u,— qancha ko‘p yashaganim sari Xudoning
marhamati bizga shunchalar cheksiz, rahm-shafqati shunchalar ulug‘ ekanligiga tobora ko‘proq imon
keltiryapman. Hammasini unutib ibodatga berilgan chog‘ingda buni yanada chuqurroq his qilasan va
o‘zingni arjumand sezasan. Yaratgan tangrimning bizga muhabbati haqiqatan ham cheksiz. Bizning
ibodatlarimiz uning oldida havoyi chuldirashlardan boshqa narsa emas. Lekin bu Xudo birlan
chambarchas birligimizning dalolatidir.
— Baayni haqiqatni aytdingiz, taqsir,— deb ko‘ydi Avdiy eshik oldida boshini egib turarkan.
Lekin u hali chindan ham g‘o‘r va sabr-qanoatsiz edi. Suhbat chog‘ida u odob yuzasidan sukut
saqlab o‘tirmadi va darhol gapning po‘skallasiga ko‘cha qoldi.
— Izn bersangiz, aytay. Bizning tushunchamizda Xudoning chek-chegarasi yo‘q. Lekin yer
yuzining odamlarida fikr bilishdan yana bilishga tomon o‘sib boradi. Bundan bir xulosa kelib chiqadi:
Xudo ham o‘sishi kerak. Siz nima deb o‘ylaysiz, taqsir?
Koordinator ota endi javobdan o‘zini olib qocholmadi.
— Qiziqqonlik qilyapsan, chirog‘im,— dedi u tomog‘ini ohista qirib yo‘talib, so‘ng ust-boshini
to‘g‘rilagan bo‘ldi.— Yoshlikda nimalar bo‘lmaydi. Lekin o‘shanda ham Xudo haqida bunday hayolga
borish kerak emas. Yaratgan egamni bilish azal-abad bandasining qo‘lidan kelmaydi. U bizning
ixtiyorimizdan tashqarida mavjud. Hatto materializm ham tan oladi: borliq ongimizdan tashqarida deb.
Inchunin, Xudo ham.
— Ma’zur tuting, taqsir. Lekin hamma narsani o‘z oti bilan atagan ma’qul. Bizning ongimizdan
tashqarida Xudo yo‘q.
— Sen shunga aminmisan?
— Ha. Shuning uchun ham aytyapman.
— Mayling. Lekin shu bilan birga nuqta qo‘ymaymiz. Aytaylik, ta’lim yuzasidan andak
munoqasha qilamiz. Bunga biz ibodatdan so‘ng qayturmiz. Kani, endi marhamat qil, meni ibodatga
boshla.
Ota Koordinator akademik cherkovda Avdiy bilan birga ibodat qilmoqchi bo‘lganligining o‘zi
mantiqan olib karaganda, yosh seminaristga ko‘rsatilgan katta iltifot edi. Shuning uchun haydalay deb
turgan talaba ushbu qulay vaziyatdan foydalanaman desa, ne ajab.
Ular uzun yo‘lakdan oldinda ota Koordinator, yon tomonda picha orqaroqda Avdiy Kallistratov
yurib borardilar. Ruhoniy otaning adl qomatiga, ishonch bilan qadam tashlashiga, to‘pig‘igacha erkin
to‘kilib turgan, unga o‘zgacha bir ulug‘vorlik bag‘ishlagan qora ridosiga qararkan, unda asrlar bo‘yi
yetilib kelgan nuroniy bir qudrat mujassamligini his qildi Avdiy. Bu kuch har bir inson faoliyatida din-
iymon aqidalarini himoya qilaroq, xammadan burun o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Hayotda haqiqat
yo‘llarini axtararkan, Avdiyga mana shu qarshi turgan kuch bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi.
Hozircha har qaysilari o‘zlaricha ishonadigan va imon keltiradigan U sari qadam teshlardilar. Har bir
insonga U nomi bilan dunyo va odam bolasining o‘rni haqidagi barcha uchun barobar fikrlarni
uqdirishlari lozim edi. Unysi ham, bunisi ham, U nomiga tavakkul qilardilar, zero, yolg‘iz O’zigina
hamma narsadan xabardor va hammaga barobar marha-matli. Ular yurib borardilar...
O’sha soat akademik cherkovda hech kim yo‘q edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u hayhotday
bo‘m-bo‘sh ko‘rindi. Umuman, uning boshqa cherkovlardan farqi ham yo‘q edi. Faqat qorong‘ilatibroq
qo‘yilgan mehrobning ichkarisidagi ko‘zlari bir nuqtaga hayolchan tikilgan Isoning qoramtir sochlar
o‘ramidagi yuzi haddan ziyoda oqarib ko‘rinardi. Unga bo‘zday yorug‘ tushirib qo‘yilgandi. Har
Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |