Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
44
ikkovlari — Xudoning sho‘boni ham, hali hur fikrlashdan mahrum bo‘lmagan talaba ham cho‘nqayib 
tavofga turdilar, nigohlarini O’ziga tikdilar, butun o‘y-hayollari bilan O’ziga berildilar. Ular yolg‘iz 
O’ziga roz aytish umidida edilar. Zero, O’zi yer yuzining istagan nuqtasida, kunning istagan vaqtida 
istagancha odamlar bilan, hattoki butun insoniyat bilan bir vaqtda muloqot qila olardi. Mana shunda 
ham zohir edi O’zining intihosizligi. 
Bu safar ham har qachongiday bo‘ldi: ibodat o‘yinini ado etarkan, ularning har biri tashvish-
anduhlarini O’ziga bayon qilmoqni, O’ziga imon-e’tiqoddan kelib chiqadigan xatti-harakatlarini 
oqlamoqni istardi. Ularning har birlari koinotda shu qadar kichkina bir nuqtani shu qadar kichik 
muddatga ishg‘ol qilib turarkan, o‘zlarini tasavvurdagi shu koinot bilan muvofiqlashtirishga urinar
cho‘qinar, yorug‘ olamga mehmon bo‘lganligi uchun Yaratganga shukrona aytar, hamma kunlardan 
ham keyin keladigan oxir kun eshikka tashrif buyurganda, tilda va dilda O’zining nomi bilan jon 
olishini iltijo qilardilar... 
Keyin ular yana o‘sha xonaga o‘z vazifalarini ado etgani qaytdilar. Yuzma-yuz o‘tirib, ochiqdan-
ochiq so‘ylashib oldilar. 
Shunday qilib, chirog‘im, senga pand-nasihat aytmoqchi emasman,— deb so‘zini boshladi ota 
Koordinator Avdiy Kallistratovning ro‘parasidagi yumshoq charm o‘rindiqqa qulayroq joylashib 
olarkan. Avdiy stulda o‘tirib, seminariyaning odmi kiyimlari ostidan yog‘ochdai turtib chikqan oriq 
tizzalariga qo‘llarini tiragancha tavoze bilan uni eshitishga hozirlandi. 
Avdiy masalani uzil-kesil qiladigan gapni kutgandi. Lekin xazratning nigohida na qahr va na 
boshqa bir g‘araz uqmay bir oz ajablandi. Aksincha ota Koordinator tashqaridan bag‘oyat xotirjam
vazmin ko‘rinardi. 
— Qulog‘im sizda, taqsir,— dedi itoat bilan talaba. 
-- Gap shunday. Men sening tanobingni tortib qo‘ygani. kelganim yo‘q. Senga o‘git aytib ham 
o‘tirmayman. Bular jo‘n narsalar va senga munosib emas. Seni yengiltak deyolmayman. Lekin 
o‘ylamay-netmay qizishib aytayotgan gaplaring odamning g‘ashini keltirmay iloji yo‘q. Fahmlagan 
bo‘lsang kerakkim, sen bilan o‘zimni teng qo‘yib gaplashyapman. Ochig‘ini aytsam, sen ancha-
muncha aqllisan... Sirli joyi yo‘k, cherkov o‘z ta’limotiga qarshi borishingdan manfaatdor emas. 
Aksincha, Xudo yo‘lida butkul va sira og‘ishmay ko‘shish ko‘rsatishingni istaydi. Men ham buni 
yashirib o‘tirmayman. Sening marhum padaringni yaxshi bilardim. U bilan doim fikrimiz bir joydan 
chiqardi. Shuning uchun qulog‘ingni otalarcha cho‘zib qo‘yishim mumkin edi. Otang chin xristian, 
ezgu odam edi. Buning ustiga ancha bilimdon, ma’rifatli ham edi. Nasib etgan ekan, mana sen bilan 
idora odamlarining rasmiy tili bilan aytganda, dyakon, ko‘p yillar cherkovda xizmat qilgan marhum 
dyakon Innokentiy Kallistratovning solih farzandi bilan ham ko‘rishdim. Nima bo‘lyapti o‘zi? Yashirib 
o‘tirmayman, boshda sen haqingda ko‘p yaxshi gaplarni eshitgandim. Lekin bu yerda hozir odamni 
ancha tashvishga solib qo‘ygan masala ustida keldim. Sen hali oddiy talabasan. Lekin halitdan 
Xudoning ta’limotini taftish qilishga tushibsan. Og‘zingdan chiqayotgan befarishta gaplarga quloq 
solsam, yoshligingga borib, chakki qadam tashlayotganga o‘xshaysan. Bir narsaga ishongim keladi. 
Gap shundaki, anchayin sabablarga ko‘ra odam yoshlikda o‘ziga qattiq bino ko‘yadi. Turli-tuman 
odamlar fe’l-atvori, ta’lim-tarbiyasiga ko‘ra bu turlicha namoyon bo‘ladi. Turmushning tegirmonidan 
butun chiqqan, yoshi bir yerga borib qolgan odam hayot shomida Xudoga ishonchini yo‘qotgani yoki 
ilohiy istiloh va tushunchalarni o‘zboshimchalik bilan talqin qilganligini hech eshitganmisan? Yo‘q, 
bunaqa voqea ro‘y bersa ham, ahyon-ahyon tasodif bilan ro‘y beradi. Odamning yoshi ulg‘aygan sari 
ilohiyotning mohiyatini shuncha chuqur anglaydi. Axir, barcha Yevropa faylasuflari, xususan, alg‘ov-
dalg‘ov inqilob davri arafasida dinga qarshi dahriylarcha keskin hujum boshlagan (bu hujum uch yuz 
yildan beri tinmay davom etib kelyapti) anavi frantsuz entsiklopedist allomalari ham juda yosh edilar, 
shunday emasmi? 
— Rost aytasiz, taqsir, yosh edilar,— tasdiqladi Avdiy. 
— Ana ko‘rdingmi? Bu yoshlikka, nima desamikin, ekstremizm xos ekanligini ko‘rsatmaydimi? 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish