Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
46
maxluqlarni ham ikkita teskari tomonga — yaxshilik va yomonlikka ajratib yubormasligi mumkin edi-
ku. Nega O’zi bizni bunchalar shak-shubhalar, illatlarga giriftor qilib qo‘ydi? Nega odamlar bunchalar 
makkor? Xudoning o‘ziga murojaat qilganlarida ham, makkorlikdan o‘zlarini tiyib turolmaydilar. 
Xudoga buning nima keragi bor? Siz Din-iymon ta’limi mutlaq kuchga ega bo‘lishini istaysiz. Olam va 
odam ruhining mohiyati bir marta birvarakay, abadiyatga ochilgan deb hisoblaysiz. Lekin axir, bu 
mantiqka to‘g‘ri kelmaydi-ku. Nahotki biz xristianlikning ikki ming yili davomida o‘sha almisoqdan 
qolgan ahkomlariga bir og‘iz ham o‘z yangi so‘zimizni qo‘sholmasak? Siz haqiqatga bir o‘zingiz 
hokimlik qilmoqchi bo‘lasiz. Lekin bu oz deganda o‘z-o‘zini laqillatishdir. Zero, haqiqatni bir marta va 
birvarakay bilib yetgan ta’limotning, hatto ilohiy ta’limotning bo‘lishi mumkin emas. Mabodo, 
shunday bo‘la qolsa, u o‘lik ta’limotdir. 
U jim bo‘ldi. O’rtaga tushgan sukunatda deraza ortidan shahar cherkovining jom sadolari eshitildi. 
Jom sadosi Avdiyga xuddi insonni Xudoga bog‘lab turgan Muloqot timsoli kabi g‘oyatda yaqin va 
shunchalar tanish edi. Shunda Avdiy xuddi ushbu sadolar kabi cheksizlik aro suzib, ko‘zdan 
yiroqlashib, yo‘q bo‘lib ketgisi keldi... 
— Sen juda ham haddingdan oshyapsan, bo‘tam,— deb to‘ng‘illadi ota Koordinator, endi uning 
tovushi sovuq va begona edi.— Sen bilan diniy mavzularda tortishib o‘tirishning hojati yo‘q edi, zero, 
bilimlaring ifrot, g‘o‘r va hatto shubhali. Seni bani basharning g‘addor dushmani iblis vasvasaga solib 
qo‘ymadimikin? Lekin so‘zimning oxirida senga bir narsani aytib qo‘yay: bunday fikrlar bilan sen 
hech qachon ro‘shnolik ko‘rmaysan. Zotan, asos-e’tiborli ta’limotlarni shubha ostiga oladiganlarni 
dinga aloqasi yo‘qlar ham aslo yoqtirmaydilar. Axir, har qanday mafkura o‘zini haqiqatning eng 
so‘nggi egasi deb biladi. Sen albatta, hali bu narsalar bilan to‘qnashasan. Bir qarashda unchalik 
bilinmasa-da, lekin dunyoviy hayot g‘oyatda shafqatsiz. Sen hali yengil o‘ylashning jadiga qolasan. 
O’shanda mening gaplarimni eslaysan. Lekin bas, seminariyadan ketasan, hozirlik ko‘r, cherkov 
sendan yuz o‘giradi. Xudo uyini ortiq tark et! 
— Mening cherkovim doim o‘zimda,— bo‘sh kelmasdi Avdiy Kallistratov.— Mening cherkovim 
— men o‘zim. Men ibodatgohlarni tan olmayman. Ruhoniylarni ham ularning hozirgi saviyasiga ko‘ra 
tan olishni istamayman. 
— Nima ham derdik, bo‘tam, Xudoning o‘zi rahm qilsin. Lekin bilib qo‘y: dunyo senga o‘z 
aytganini qildiradi. U yerda o‘z kuningni o‘zing ko‘rishingga to‘g‘ri keladi. Necha-necha millionlab 
senga o‘xshaganlarning bellari sinib yotibdi bir kunimni ko‘raman deb... 
Keyinchalik Avdiy yanib aytilgan bu so‘zlarni bir emas bir necha martalab esladi. Lekin unga 
hayotining eng oliy ma’nosi har doim hali oldinda — nurli ufqlarda ko‘rinar, yo‘lidagi barcha 
chigalliklar, turmush savdolari vaqtinchaday tuyular, odamlar axiyri, bir kunmas bir kun ortidan 
ergashishlariga ishonardi. Hayotning asl ma’nosi ham axir shunda emasmi? 
O’sha kunlari nashavand choparlar bilan cho‘llar qo‘yniga kirib borarkan, poezd darichasidan keta-
ketguncha bo‘m-bo‘sh huvillagan taqir makonlarga ertalabdan kechgacha tikilib, o‘ziga o‘zi derdi: 
«Mana, nihoyat, inon-ixtiyoring o‘zingda, redaktsiyaning topshirig‘ini hisobga olmaganda, seni 
bog‘lab, qo‘lingni ushlab turgan hech narsa yo‘q, nimani xohlasang, shuni qilasan. Xo‘sh, nima? Ne 
topyapsan bu sarsonlik-sargardonlikda? Asl, rostmana hayotning o‘zi mana shu. Sen u bilan yuzma-
yuz turibsan. Yuz yil ilgari qanday bo‘lsa, hozir ham shunday. Odamlar qaylardandir qaylargadir 
boradilar, sen esa shu yo‘lovchilarning biri, nashavand choparlar ham yo‘lovchi, lekin ashaddiy 
yo‘lovchi — ular eng dahshatli illatlardan birining ustiga tuxum qo‘yib kun ko‘radilar. O’sha 
sizlovuqday tutun, o‘sha kayfu mastonalik arzimagan narsaga o‘xshaydi, lekin odamni odamlikdan 
chiqaradi, mosuvo qiladi. Ammo ularning o‘zlari o‘zlarini qurbon qilib turgan choqlarida sen qanday 
qilib ularni himoya qilasan? Bilasanmi, bular qaerdan kelib chiqyapti? Sabablari qaerda? Indamaysan. 
Qaysi tomondan yondashish, qaysi tomondan tushuntirish, nima qilishni bilmaysanmi? Seminariya 
bag‘ridan hayot to‘lqinlari ichiga nima uchun otilib chiqding? Uni andakkina bo‘lsin, yaxshi tomonga 
o‘zgartirmoqchi emasmiding? Seminariyadagi sinfdoshlaring seni idealist deb chaqirishardi. Balki, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish