www.ziyouz.com
kutubxonasi
2
tinmay, orqangdan qolmay, izma-iz ta’qib qilib kelaveradi, vertolyot parraklarining kasirg‘asi,
avtomatdan do‘lday yog‘ilgan o‘qlarning chiyillashi yuragingni azob va qo‘rqinch bilan to‘ldiradi,
yorug‘ dunyoda vertolyotdan omonlik yo‘q, qochib qutuladigan, sho‘rlik boshingni pana qiladigan
teshik-tuynuk ham yo‘q — shunday paytda yer ham yorilmaydi, quvib kelayotganlardan joningni
qutqarib, yerga kirib ketaman desang.
Tog‘larda yo‘rig‘ boshqa. Bu yerda doim qochib qutulish mumkin. To xavf-xatar o‘tib ketguncha
pisib yotadigan bir joy albatta, topiladi. Bu yerlarda vertolyot qo‘rqinchli emas, vertolyotlarning o‘zi
qo‘rqadi tog‘lardan. Biroq qo‘rqqanga qo‘shaloq ko‘rinadi, degan gap bor. Buning ustiga bir marta
yuragingni oldirgansan. Vertolyot yaqinlashib kelarkan, Akbara qattiq g‘ingshiy boshladi, boshini
ichiga tortib, g‘ujanak bo‘lib oldi, lekin baribir dosh berolmadi, ojiz, ayanchli, g‘ayrishuuriy bir
qo‘rquvga tushib, birdan bor ovozini qo‘yib uvlab yubordi: tishlarini alam-achchiq ustida g‘ijirlatib,
shu yerning o‘zidayoq qattol olishuvga chog‘lanib, qorni bilan g‘or og‘zi tomon sudraldi, go‘yo
nazarida shunday qilsa, temir yalmog‘iz Uzun Chotdan qochib ketadiganday, tog‘u toshlar
tinchiydiganday, zilzilalar to‘xtaydiganday edi.
Akbara qo‘rqib uvlab, g‘ingshiyvergandan keyin g‘or ichiga uning jufti Toshchaynar boshini suqdi.
Akbara og‘iroyoqli bo‘lib qolgandan beri Toshchaynar ko‘p vaqtini inida emas, o‘ngirdan uzoq ketmay
qalin va tinch qorag‘at butazorlar orasida o‘tkazardi. Tishlari xanjarday o‘tkir bu bo‘ri har qanday
narsani g‘ajib tashlashga tayyor bo‘lgani uchun shu atrofdagi cho‘ponlar unga Toshchaynar deb nom
bergan edilar. Toshchaynar juftining yoniga sudralib keldi-da, uni balo-qazolardan himoya qilganday
gavdasi bilan to‘sib, taskin berganday irilladi. Akbara uning pinjiga mahkamroq tiqildi, adolatsiz
osmondanmi yo boshqa birovdanmi yoxud sho‘rpeshona qismatidanmi nola-faryod qilganday
g‘ingshidi. Vertolyot Ola Mo‘nguning oq qorli, ko‘k muzli dovonidan oshib o‘tib, bulutlar ortida
ko‘zdan g‘oyib bo‘lgandan keyin ham Akbara yana anchagancha o‘ziga kelolmay, qalt-qalt titrab turdi.
Koinotni bosgan sukut kabi tog‘larga birdan jimjitlik cho‘kdi. Akbara kutilmaganda ichidan
nimadir qimirlayotgan, turtinayotganligini anik his qildi. Bir kuni Akbara, unda ovga endi-endi
chiqayotgan paytlari edi, bir sakrab kattakon quyonni bosib olganligini esladi. O’shanda quyonning
qornida qandaydir ko‘zga ko‘rinmas mahluqchalar qimirlaganligini sezganday bo‘lgan va bu narsa
yosh urg‘ochi bo‘rini esayron qilib, qiziqtirib qo‘ygan, quloqlarini dikkaytirgancha, o‘ljasiga angrayib
tikilib qolgan edi. Bunga shunchalar tong qolib qiziqib ketgan ediki, xuddi mushuk chala o‘lik
sichqonni o‘ynaganday, u ham o‘sha o‘zi ko‘rinmay qimirlayotgan mahluqlar bilan o‘ynashmoqchi
edi. Mana endi o‘z qornida ham kutilmaganda tiriklik homilasini his kilib turibdi. Esonchilik bo‘lsa, bir
yarim-ikki haftadan so‘ng dunyoga keladiganlar o‘zlaridan xabar berayotgan edilar. Lekin, hozircha,
hali tug‘ilmagan qip-qizil objish bolalar ona qursog‘idan ajralmagan, u bilan bir jon, bir vujud bo‘lib
turishar, shuning uchun onani ko‘rqitib yuborgan, tahlika va talvasaga solgan boyagi hollarni ular ham
qorinda yotgan ko‘yi sezgan, boshdan kechirgan edilar. Ular tashqi olam borligini, unda yovuz muhit
mavjudligini shu tariqa ilk marotaba tuygan edilar. Onaning qiynalganligini sezib, ular qursoqda
harakatga keldilar. Ular ham qo‘rqib ketdilar, qo‘rqinch ularga ona qoni bilan o‘tdi.
Vujudi ichra yana bir vujud bitganini sezgan Akbara tinchini yo‘qotdi. Yuragi gursillab ura
boshladi. Ko‘kragi ostida voyaga yetayotgan bolalarini xavfu xatarlardan asrash va qo‘rish ishtiyoqida
g‘ayrat-shijoatga mindi. U hozir hech narsadan tap tortmas edi. Tabiat ato etgan naslni asrash sezimi
kuchga kirgan edi. Shunda u mehr butun vujudiga issiq qonday yugurganligini his qildi, endi dunyoga
keladigan bolalarini erkalagisi, bag‘riga olib isitgisi, ularni to‘ydirib-to‘ydirib emizgisi keldi. Bu
onalikning eng birinchi baxtiyorligi edi. U qornida ikki qator to‘lib, qizarib, bo‘rsillab turgan
emchaklaridan sut toshib, povillab kelishini o‘ylab orziqib ketdi, azbaroyi maza qilganidan ingrab
yubordi va ko‘zlarini yumib oldi. U ini imkon bergancha jismini yozib, ohista-ohista erkalanib kerishdi
va shundan so‘ng ko‘ngli birato‘la joyiga tushib, yana o‘zining ko‘k yolli Toshchaynariga yaqinroq
surildi. Toshchaynar yollari qalin o‘sgan haybatli va chayir bo‘ri edi. Shuncha o‘jar va do‘laygan
ekaniga qaramay, u ham juftining yuragida nimalar kechayotganligini sezdi. Nazarida juftining
Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |