Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

II 
 
Tongga yaqin cho‘lga salqin tushdi. Yer yuchida neki qimirlagan jon-zot bor, bari yengil nafas 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
6
oldi. O’tib borayotgan dim, taffot tun bilan sho‘r bosgan tala-tuzni o‘rtab, oftobning oppoq alangasida 
yondirib yuboradigan kunduz o‘rtasidagi eng rohatijon payt shu edi. Yerga ko‘k surmarang shu’lalarini 
sochib, Mo‘yinqum uzra sariq to‘lin oy chiqdi. Qaeridan qaramang, bu yerning boshi ham, oxiri ham 
ko‘rinmasdi. Chor atrof olis-olislargacha qorayib borar va seryulduz osmon bilan qo‘shilib ketar edi. 
Tungi o‘lik sukunatga jon kirdi, ilondan bo‘lak barcha jonivorlar tong pallasidan bahra olish uchun 
g‘imirlab qoldi. Changal-changal bo‘lib o‘sgan jilg‘in butalari taglarida polaponlari chiyillab qushlar 
uyg‘ondi. Tipratikanlar yer iskab yugurgiladi. Tuni bo‘yi tinmay chirillagan chirildoqlar yana 
boshqatdan xurujga kirdi. Uyqudan uyg‘ongan sug‘urlar inlaridan boshlarini chiqarib, har tomonga 
alang-jalang boqishib, saksovul tagiga to‘kilgan urug‘larni tersakmikin, termasakmikin, deganday 
uyqusirab turishardi. Kattakon yapaloqqush beshta bo‘z uchirmasi bilan birga o‘zaro chaqchaqlashib, 
chaqirishib, bir-birlaridan ayrilmay dam uchib, dam qo‘nishar edi. Boshqa turli-tuman jonivorlaru 
mahluqlar oqarib kelayotgan cho‘l tongida biri olib biri qo‘yib ularga jo‘r bo‘lishardi... 
Ko‘kko‘z Akbara bilan Toshchaynarning boshlari qovushgan birinchi yoz kunlari edi. Ular endi 
o‘zlarini katta ovlarda chopib charchamas zo‘rabor bo‘ri ekanliklarini ko‘rsatishgan va Mo‘yinqum 
bo‘rilari orasida taniqli edilar. Ikkovining baxtiga — cho‘l jonivorlari orasida ham baxtli hamda 
baxtsizlari bo‘lsa kerakkim — tabiat Akbaraga ham, Toshchaynarga ham cho‘l jondorlariga o‘ta zarur 
bo‘lgan muhim sifatlarni mo‘l-ko‘l bergan, ikkovi ham juda sezgir, ovni oldindan yaxshi his qilishar va 
ko‘zlashar, kuchlari tanalariga sig‘mas, chopag‘on va bosag‘on, shiddatkor edilar. Hammasi kelajakda 
bu ikki bo‘rining ovi baroridan kelishidan, ularga tiriklikning barcha azoblari-yu rohatlari ham to‘la 
yor bo‘lishidan, qismatlarida neki yozilgan bo‘lsa, baridan qochib qutulolmasliklaridan darak berardi. 
Hozircha Mo‘yinqum cho‘llarida yolg‘iz hukmron bo‘lishga ularga hech qanday kuch to‘sqinlik 
qilolmasdi. Hali odamlar bu cho‘llarga ko‘pda qadam bosmagan va bo‘rilar ham ular bilan sira 
to‘qnashmagan edilar. Tabiatning ularga ato etgan yana bir in’omi shunda ediki, boshqa barcha 
jonivorlar kabi bu yirtqichlar ham ertaga nima bo‘ladi, deb tashvishlanmay, qo‘rqmay, qaltiramay kun 
kechirardilar. Odil tabiat azaldan mahluqlarni tiriklikning bu qarg‘ish tekkan tashvishidan xalos etgan 
ekan. Garchi tabiatning xuddi mana shu in’omida jamiyki Mo‘yinqum jonivorlari boshiga qora kun, 
xunbiyron qirg‘in solgan bir kuch ham yashirin edi. Lekin jonivorlarning hech biri buni fahmlamasdi. 
Bosh-keti yo‘q Mo‘yinqum qanchalar cheksiz va hududsiz bo‘lib ko‘rinmasin, Osiyo qit’asining 
xaritasidan nimsirg‘ish tusga bo‘yalgan barmoq izicha bir joy ekanligini anglamasdilar. Yildan yilga 
boqiladigan mol ko‘payyapti, yangi quduqlar qazishib, o‘tloq joylar izlashib, Mo‘yinqumni to‘rt 
tomondan qisib kelishyapti. Kanallar qazilyapti, yo‘llar o‘tyapti. Mo‘yinqum atroflarida dunyoda eng 
yirik gaz quvuri yotqizilib texnika bilan qattiq qurollangan odamlar mashina, motorlarga o‘tirib, 
yonlariga suv g‘amlab olib, radioaloqa yordamida har qanday dashtu sahro ichiga, shu jumladan, 
Mo‘yinqumga shitob bilan kirib boryapti. Lekin, bular kelajakda nasllar faxrlanib yurishiga arziydigan 
kashfiyotlar qiladigan fidokor olimlar emas, har kimning qo‘lidan ham kelaveradigan ishni bajaradigan 
oddiy kishilar. Chek-intihosi ko‘rinmagan, hech qanday balo-qazo yo‘lay olmaydigandek tuyulgan 
Mo‘yinqum sahrosini mana shu jo‘ngina odamlar to‘rt tarafdan qisib kela boshlashdi. Biroq inson 
hayotining juda ham odmi va jo‘n ko‘ringan ishlarida yaxshilik bilan yomonlik qo‘shilib ketganligini 
Mo‘yinqum jonivorlari qaerdan bilsinlar. Bu yerda hamma narsa odamlarning o‘zlariga bog‘liq edi — 
ular inson jamoatchiligi uchun odatiy bo‘lib qolgan bu narsalarni nimalarga yo‘naltirar ekanlar: 
yaxshilikkami yo yomonlikka, tuzishgami yo buzishga — buni sahro mahluqlari qayoqdan bilsinlar. 
Odamlar aql-idrok bilan ish yurita boshlagan zamonlardan beri o‘zlarini o‘zlari bilishga urinib 
kelayotganliklari, o‘z chigal ishlaridan sira qutulib ketolmayotganliklari va azal-azaldan nima uchun 
yomonlik doim yaxshilik ustidan g‘olib chiqadi degan muammoni, boshlarini qotirib kelayotgan 
jumboqni yecholmayotganliklarini zabonsiz maxluqlar qaerdan bilsinlar... 
Odam bolasining mana shu kabi ishlari, yo‘l-yo‘riqlari Mo‘yinqum jonivorlariga mutlaqo qorong‘u 
edi. Binobarin, bu narsalar ularning sezimlari, tajribalari va umuman, tabiatlarida yo‘q edi. Xullasi 
kalom, hozirgi kunlargachayin Osiyoning shu buyuk yarim cho‘l, yarim sahro jaziramalarida daraxt 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish