www.ziyouz.com
kutubxonasi
52
Vagon g‘ildiraklarining tovushi birdan kuchaydi — vagondan vagonga o‘tgan yo‘lovchilar tambur
eshigini ochiq qoldirgan edilar. Petruxa tambur eshigini yopdi. G’illiraklarning taraqa-turug‘i bir oz
bosildi, nihoyat dedi:
— Unda menda yo‘q ekan-da. Senda Avdiy, u bormi, yo‘qmi?
— Bilmadim, Pyotr. Bo‘lsa edi deyman, koshkiydi...
— Senga u kerakmi?
— Ha, usiz ilojim yo‘q...
— Ana xolos,— norozi bo‘ldi Petruxa. Nimadir uning g‘ashiga tekkandi.— Xudo kerak bo‘lsa,
unda nima p... yeb biz bilan yuribsan?
Avdiy gapni chuqurlashtirishning vaqti ham, o‘rni ham emasligini sezdi.
— Lekin axir, pul ham kerak-ku,— dedi u murosa ohangida.
— E, gap bu yokda desang-chi. Yo Xudo, yo mulla jiring! Pulning ketidan quvibdilar-da!
— Shundayroqqa o‘xshaydi,— tan olishga majbur bo‘ldi Avdiy. Bu gapdan keyin Avdiy
Kallistratov ancha narsalarni o‘yladi.
Avvalo, yo‘l bo‘yi qorasini ko‘rsatmay chopar bolalarga ko‘z-quloq bo‘lib kelayotgan O’zi uncha-
munchaga ishonavermaydi. Aftidan, pixini yorgan va juda berahm bo‘lsa kerak. Agar qilayotgan
ishining biron yerida ishkallik sezsa, u o‘zini va o‘z ortida turganlarni xavf ostiga qo‘ymaslik uchun
har qanday yo‘l bilan o‘ch oladi. Hech narsadan qaytmaydi. Boshqacha bo‘lishi ham mumkinmas.
Buni o‘z oti bilan giyoh bilan savdo qilish deb qo‘yibdi. Avdiyning birinchi chiqargan xulosasi
shunday edi. Petruxa va boshqalar bilan yo‘ldagi gap-so‘zlardan ikkinchi aniqlagan narsasi shu
bo‘ldiki — chopar bolalarga so‘z bilan ta’sir o‘tkazsa bo‘larkan. Va’zxonning vazifasi ham shu: chin
dildan samimiy so‘z yuritish, hech qanday xavf-xatarga qaramay so‘z bilan fidokorlarcha tushuntirish;
axir, bir paytlar fidoyi din yoyuvchilar jonlarini Xudo yo‘liga tikib, yovvoyi Afrika qabilalari ichiga
Iso Ruhillo kalomini yetkazmagan edilarmi; zero, adashgan dillarni xalos etish — uning asl taqdirida
bor, hayotining tugal ma’nosi va mazmuni ham ehtimol, xuddi mana shundadir,— ha, u dillarni xalos
etadi.
Ular Jalpoq-Soz manziliga ertalab soat o‘n birlarda yetib keldilar. Bekat katta, undan yana boshqa
poezdlarga o‘tirilardi. Temir yo‘lning ikki izi tongda ko‘zga chalingan uzoq qorli tizma tog‘lar sari
ketardi. Shuning uchun bu yerda turli tomonlarga boradigan yo‘lovchilar serob. Chopar bolalarga bu
ham qulay. G’ala-g‘ovur bekatda bemalol ko‘zga tashlanmay yursa bo‘ladi. Hammasi xamirdan qil
sug‘urganday silliqqina o‘tdi. Tushlik payti barchalari vokzaldagi oshxonaga kishi bilmas, lekin
chaqqon yig‘ilib kelganlarida, Avdiy hayron qoldi. Avdiyni ham qo‘shib hisoblaganda, cho‘lga nasha
yig‘ish uchun boradiganlar o‘n ikki kishi edi (unga shunday tuyuldi). Chopar bolalar stollar atrofida
bitta-ikkitadan bo‘lib o‘tirishardi. Hamma bir-birovining ko‘z o‘ngida. Lekin, hech kim hech kimga
ochiq so‘z qotmaydi. Ular oddiy yo‘lovchilardan aslo farq qilmaydilar. Ko‘proq Lyonkaga o‘xshagan
o‘smirlar va Petruxaday bo‘yi cho‘zilib qolgan yigitchalar. Ayni yoz mavsumi. Kim qayoqqadir
ketyapti, kim qayoqdandir kelyapti. Odatdagiday osiyoliklar yevropaliklar bilan aralash-quralash...
Tartibni saqlash uchun bu yerga militsiya xodimlari dam-badam kirib chiqayotgan va bekatning o‘zida
ham har qadamda militsioner yurgan bo‘lishiga qaramay, choparlarning avzoyidan hech narsa
bilinmasdi. Ular tezgina ovqatlanib, o‘rinlarini boshqa navbat poylab turganlarga bo‘shatdilar.
Shundan so‘ng xuddi bir ishora bo‘lganday darhol har tomonga imi-jimida tarqaldilar. Har birining
o‘ziga yarasha yuki ham bor: non, konserva va boshqa turli-tuman zarur narsalar solingan to‘rxaltalar,
charm sumkalar, portfellar. Mana shunday qilib, nashavand choparlar joy-joylariga, Mo‘yinqum
atrofidagi yaydoq cho‘llar ichiga sochilib ketdilar.
Petruxa, Avdiy va Lyonka O’zi belgilab bergani va topshirig‘i bo‘yicha uchovlon yo‘lga tushdilar.
Avdiy O’zini bari bir ko‘rolmadi. Lekin butun ish O’zi tomonidan boshqarib turilganiga hech qanday
shak-shubha yo‘k edi. Ular eng olis joyga, «Uchquduq» sovxozining Mo‘yinqumga taqalgan
bo‘limigacha O’zi tomonidan ajratilgan va Petruxaga berib qo‘yilgan yigirma besh so‘mga yo‘lovchi
Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |