Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
55
— Yo‘g‘-ey, nima deyapsiz. 
Mototsiklchi xotin yana ikki tasmachasi likillab turgan qalpog‘ini kiydi, motorini o‘t oldirdi, 
qayrilib ketarkan, shamolhimoya ko‘zoynagidan Avdiyga qiya nazar tashladi va bilinar-bilinmas 
boshini qimirlatib qo‘ydi. Avdiy esa negaligini o‘zi ham bilmay unga qo‘lini silkitib qoldi. Keyin 
anchagacha uning hayoli shu arzimas, tasodifiy voqea bilan band bo‘ldi. Yo‘q, uning ko‘ngliga shubha 
oralagani yo‘q: endi hosil yig‘ishtirishga chiqay deb turganlarida bu xotinning kelib qolishida bir gap 
bormikin, ishqilib biron narsani sezmadimikin, deb o‘ylagani yo‘q, Avdiy butunlay boshqa narsa 
haqida o‘ylardi. Juvon orqasidan quyuq to‘zon ko‘tarib jo‘nab ketgandan so‘ng, Avdiy xuddi bir umrga 
eslab qolmoqchiday uni boshdan-oyoq yaqqol ko‘z o‘ngiga keltirdi. Uning o‘rtachagina, juda 
xushbichim, malohatli qaddi-bastini tasavvurida, jonlantirib, birdan dili ravshan tortdi va chehrasi 
ochildi. U shunday hamma narsasi o‘ziga yarashgan xotinlarni yoqtirardi. «Rost-da, hazili yo‘q,— dedi 
o‘ziga-o‘zi, xuddi allakim bilan bahslashayotganday.— Xotin degan shunday bo‘lishi kerak! Ha, 
shunday bo‘lishi kerak xotin degan». Uning benihoya nozik, nafis chehrasi, porlab turgan qora 
ko‘zlari, yuzini tekis o‘rab yelkalariga to‘lqinlanib sochilgan sarg‘ish sochlari Avdiyning ko‘z 
o‘ngidan ketmasdi. Buning ustiga ko‘zining qoramtirligi bilan sochining oq-sariqligi bir-birini ajib 
tarzda to‘ldirib, chehrasiga o‘zgacha joziba, latofat bag‘ishlardi. Avdiyga uning hamma narsasi: chap 
yonog‘idagi bilinar-bilinmas chandiq ham (bolalik chog‘larida yiqilganining alomatimikin), usti-boshi 
— jinsi, kurtka, ko‘nji qaytarilgan eski etikchasi ham, mototsiklni qandoq haydab ketishi ham (axir, 
Avdiyning o‘zi velosipeddan boshqa narsani minmagan edi-da) juda-juda yoqdi... Tag‘in u xo‘jayinni 
so‘rasa, es-hushini paqqos yo‘qotib qo‘yganligini aytmaysizmi: yo‘q, ko‘rmadim, yo‘q, ko‘rdim, 
yo‘q... xuddi yosh bolaning o‘zginasi, nega munchalik tili chuldirab kolmasa? 
U haqda o‘ylagan sari yana o‘ylagisi kelaverardi Avdiy Kallistratovning. Unday desa, eslaydigan 
tuzukroq narsaning o‘zi ham yo‘q — kutilmaganda juvon keldi, kutilmaganda juvon ketdi, ana, bor gap 
shu. Lekin kim bo‘ldi ekan-a o‘zi, qaerdan keldiykin? Biron yerdan kelayotgani aniq. Lekin bunaqangi 
ayol kimsasiz cho‘l-biyobonlarda nima qilib yuribdi?.. 
Petruxa mototsikl mingan g‘alati xotin kelib ketganini eshitib, bir oz esankiradi va to‘xtovsiz 
ming‘irlab, nima dedi, nimani so‘radi, Avdiy nima javob berdi, deb jonga tegdi. O’rtada bo‘lib o‘tgan 
gapni bir necha martalab qayta so‘zlab berishga to‘g‘ri keldi. 
— Bu yerda bir gap bor, bir gap bor,— shubhasi tarqamay boshini chayqardi Petruxa.— Attang, 
o‘zim bo‘lmabman-da, darrov u jononning kimligini bilib olardim. Shu deyman, Avdiy, sen aqlli, 
o‘qigan bolasan-ku, lekin men buni do‘ndirib qo‘ygan bo‘lardim. Hammasini o‘zidan so‘rab bilardim. 
Kimsiz, sizga nima kerak, derdim. Sen bo‘lsang, oshna, o‘zingni yo‘qotib qo‘yibsan. Ko‘rib turibman, 
hushing boshingdan uchgan. Aytgan edim-a senga... 
— Muncha xavotir olasan? — uni tinchlantirishga urindi Avdiy.— Nimasiga shuncha vahima 
kilaverasan? 
— E, qiziq ekansan-ku, izimizga iskovuchlar tushishi mumkin. O’sha xotinni ayg‘oqchi qilib 
yuborgan bo‘lsalar-chi, bor, hammasini ko‘rib kel, deb? 
— Qo‘ysangchi, bo‘lmag‘ur gaplarni! 
Dumingdan bosib, olib ketsinlar-chi, unda nima deb sayrarkinsan? Yo O’ziga nima deb javob 
qilarkinsan hali? U iskovuchlardan ham battar so‘roq qiladi: teringni shilib oladi. So‘kib yuborishdan 
ham toymaydi. So‘kish nimaligini bilasanmi o‘zing? 
— O’zingni bos, Pyotr. Boshga tushganni ko‘z ko‘radi. Buni oldinrok o‘ylash kerak edi. Ana, 
Lyonka, hali kichkina bola, kim uni bu ishga tortdi? Yoki o‘zingni olaylik. Nechaga kirding? 
Yigirmaga chiqib qolgandirsan, hoynahoy? Ahmoqsan, O’zi-O’zi deb bir qadam ortiqcha 
qo‘yolmaysan, miq etib og‘zingni ocholmaysan. Hali oxiri nima bo‘ladi? Undan ko‘ra shuni o‘yla. 
Lekin Avdiyning bu so‘zlari nishonga tegmadi. Petruxaning g‘azabi qaynadi. 
— Onangga ayt bu nasihatlaringni, Avdiy. Lyonkaga ham til tekkizma. Kashishlarni kitoblarini 
o‘qibsan, endi bularni esingdan chiqarib tashla. Esingdan chiqar. O’gitlaringdan bir tiyinlik foyda yo‘q. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish