Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
57
— Vertolyot, vertolyot! — bolalarcha xursand bo‘lib qichqira boshladi Lyonka turgan joyida 
irg‘ishlab. 
Lekin Petruxa o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. 
— Yerga yot, ahmoq! — deb qichqirdi u shaloq so‘kingancha. Hammalari yerga biqinib yotishdi. 
O’tlar orasida yashirinishdi. 
Vertolyot bir oz nariroqdan uchib o‘tdi. Uchuvchilar ularni payqamagan bo‘lsalar kerak. Petruxa 
anchagacha o‘ziga kelolmadi. U Lyonkani so‘kkani so‘kkan edi. Vertolyot atay bizni qidirib kelgan, 
derdi nuqul. 
— Nima,— der edi ming‘irlab — tepadan hammasi ko‘rinib turadi, hatto sichqon ham ko‘rinadi. 
Biz ahmoqlar esa yuz chaqirim naridan ko‘rinamiz. Tepadan ko‘zi tushishi bilan kerakli joyga xabar 
qiladi. Militsiya mashinada kelsa, qochadigan joy yo‘q. Qo‘lingni ko‘tar! O’lding! 
Ammo sal o‘tmay hammasi unutildi. Ishlash kerak edi. Xuddi shu kuni hech aqlga sig‘magan 
hodisa ro‘y berdi. Avdiy bo‘rilar galasiga duch keldi. Voqea bunday bo‘ldi. 
Dam olishga o‘tirdilar. Ovqatlanib oldilar. Shunda Petruxa dedi: 
— Menga qara, Avdiy. O’zimizning odam bo‘lib qolding. Bizga kirishib ketding. Senga bir narsa 
aytib qo‘yay. Senga o‘xshagan yangilar uchun bir odatimiz bor. Agar birinchi marta ishga tushayotgan 
bo‘lsang, O’ziga hadyami, tortiqmi, bir narsa qilishing kerak. 
— Yana qanaqa tortiq? — qo‘llarini hayron bo‘lgancha yozib so‘radi Avdiy. 
— E, to‘xta. Muncha qo‘rqmasang. Senga birov magazinga borib kel deyaptimi? Magazinning o‘zi 
yo‘q bu yerda. Men nima demoqchiman. Sen gugurt qutichaday bo‘lsa ham, shirachni yig‘. Nashapoya 
ichida birpas chopib yursang, vassalom. Nima qilish kerakligini aytaman. O’sha shirachni O’zi bilan 
ko‘rishganda qo‘liga tutqizasan. Do‘stligimiz uchun deysan. Aqlli odamsan-ku, bilasan nima deyishni. 
Hammasiga O’zi bosh, sen uning qo‘l ostidagi odam. Ishonchini qozonishing kerak... 
Avdiy o‘yga toldi: nima qipti, chakki emas. Nashaning asilini — shirachni o‘ziga tuhfa qilsang, 
yo‘ling ochiladi, tanishib ham olasan. Nihoyat, O’zini ko‘rishga muyassar bo‘lasan. Bu juda ham zarur 
edi! Hammani titrab-qaqshatib o‘z hukmida tutib turgan O’zi bilan uchrashish! «Hokimlik, hokimlik, 
ikkita odam yig‘ilgan joyda albatta biri xokim bo‘ladi!» — achchiq kulib qo‘ydi Avdiy Kallistratov. 
— Bo‘pti,— dedi u,— keragicha yig‘ib so‘ng O’ziga beraman. Qachon berish kerak? Bekatga 
borgandami? 
— Anig‘ini bilmayman,— tan oldi Petruxa.— Balki ertaga berarsan. 
— Ertaga? 
— Shunday. Vaqt bo‘ldi. Ketamiz. Yetadi. Ertaga yigirma birinchi. Ertaga soat to‘rtgacha albatta 
aytilgan joyda bo‘lishimiz kerak. Yo‘lga tushamiz. 
— Qaerda? 
— Qaerda bo‘lardi,— bilag‘onlikdan kerilib dedi Petruxa.— Boraylik. O’shanda bilasan. Uch yuz 
o‘ttizinchi kilometrda. 
Avdiy boshqa so‘rab o‘tirmadi — uch yuz o‘ttizinchi kilometr Chu temir yo‘lidagi joy ekanligini 
tushundi. Hammadan, O’zi bilan uchrashuv ertaga o‘sha yerda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun vaqtni 
boy bermay tezroq shirach yig‘ish kerak emasmi? 
Bu ishning o‘zi qiyin emas ekanu, lekin odamni juda charchatib yuborarkan. Ishning usuli ham 
yovvoyilarcha. Qip-yalang‘och bo‘lib nashapoya ichida chopib yurish kerak. Shunda badanga nasha 
gullarining changlari yopishadi. Keyin ularni asta uqalab olinadi. O’sha kuni Avdiy Kallistratov toza 
halak bo‘lib yugurdi. Umrida bunday chopmagandi! Nashaning shira changi ko‘zga bazo‘r chalinadi. 
Rangini bilib bo‘lmaydi. Lekin, juda yopishqoq shirachday bo‘ladi. U badanga o‘rnashib yopishib 
qoladi. Ammo, uni sidirib olish osonmas. Ko‘p urinib ozginagina shirach yig‘ish mumkin. Lekin O’zi 
bilan ko‘rishmasa bo‘lmaydi. Bu mamlakatga jar soladigan, og‘ir dard-kasallikdan ogoh etadigan, 
bong uradigan gazeta maqolasi uchun g‘oyatda zarur. Avdiy buni juda yaxshi his qiladi va shuning 
uchun javzoning so‘xta qilib yuboradigan oftobiga qaramay u yoqdan-bu yoqqa chopgani chopgan. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish