56
Asqad Muxtor
joyda son-sanoqsiz so‘rilar, ishkomlar. Uzumzor,
uzumzor... Sira oхiri ko‘rinmas edi. Ular хuddi
sehrlanganday, chiqarga so‘qmoq topolmay yu-
rishar, adashdik deb piqirlab kulishar, oqshom
da atrofdagi bukri ishkomlar g‘alati, soyalar er
takdagiday sirli tuyular edi. Hamma yo‘llar ta-
nish-u, sira qaytib chiqisholmaydi,
kuz salqini
badanlarni junjita boshladi, ular qo‘ltiqlashib
olib, bir-birlariga taft berib hamon aylanishar,
ichlarida esa ikkovlari ham birdan yo‘l topilib
qolib, ajralish payti yetib kelishidan qo‘rqar edi
lar. Hamma vaqt, bir umr mana shunday bir-bir
larining og‘ushida, bir-birlarining mehr-u haro
ratlarini
qalbdan sezib, yonma-yon yuradigan
dek his qilardilar o‘zlarini. Ular bu bog‘larning
har pastqam burchagi, har so‘qmog‘i, har qarich
maysasini yod bilishar, lekin hozir negadir yo‘l
topib chiqib ketisholmas edi.
Astoydil qosh qorayganda Saragulning badani
ni titroq chulg‘adi.
– Biz... biz aka-ukamiz-a, Orif aka? Men sing-
lingizman, shundaymi? – dedi u negadir tovushi
qaltirab. Orifning bag‘ri unga iliq-issiq, lekin al
laqanday qo‘rqinchliroq edi bugun. Orif indama
di. Ular sodda edilar. Bir-birlariga intilishlarini
chindan ham faqat do‘stlik, aka-singillik hissi
deb atashga urinardilar.
– Sovqotib yurma tag‘in... –
Orif uni pinjiga
yaqinroq tortdi. Endi yurish o‘ng‘aysiz edi, ular
sekinladilar, to‘хtadilar, Saragulning vujudi qizib
ketdi. Og‘ush ikkalasini ham yondirar edi. Lovil
lagan yonoqlar, yuzlar asta bir-biriga siypalanib,
ular o‘zlari ham bilmay bir-birlarining lablarini
57
Chinor
izlab topishdi... Ko‘zlar yumuq, atrof qorong‘i,
badanlarda хavotirli bo‘shashuv... Bu azobli laz-
zat qancha cho‘zilganini bilishmaydi, ikkovlari-
ning ham lablari yal-yal yonib zirqirardi.
Qo‘rqib ketgan Saragul titroq gavdasini asta chet
ga oldi. Shu holda birpas yerga qarab turdilar. Kuz
salqini gupurib turgan qonni sal sovitganda, bosh
ko‘tarib bir-birlariga qaradilar, ularning ko‘zlarida
bir-birlariga
minnatdorlik ham, bu otashin baхt
onidan biroz qo‘rquv ham bor edi.
– Yaхshi emas... – dedi Saragul.
– Nega, men akangman-ku... Men seni yaхshi
ko‘raman... Aхir sovqotib ketuvdik... Anov birda
ham...
– U... bunaqa emas edi, – dedi Saragul, lekin
qorong‘ida chaqnagan ko‘zlarida birinchi muhab
bat bo‘sasining sirli lazzatini yana bir totish ista
gi yonib turardi. Orif choponini uning yelkasiga
tashlab, yana bag‘riga tortdi...
...Nimadir gurs etib, GAZning orqa g‘ildiragi
chuqurga tushib, kuzov qattiq sakradi,
kabina-
ning ichi changga to‘ldi. Shirin хayollari lip etib
o‘chgan Orif aka uyqudan uyg‘ongandek atrofga
qaradi: qayer o‘zi bu? Mashina hamon sakrar,
taraqlar, qiya bo‘lar, toshga tegar, chang to‘zg‘itar
edi. Eh-he, bu Sumbultomchiga kiraverishdagi
asfalt yo‘l-ku! Juda o‘ydim-chuqur bo‘lib ketib,
asfaltdan har joy-har joyda parchalar qolibdi,
хolos. Yo yo‘l boshqa bo‘ldimikan? Obbo, ko‘p-
rik ham chatoq-ku. Orif aka g‘urra bo‘lgan pe
shanasini
ushlab atrofga qaradi, ko‘prikda bir
nima bo‘lib qolsa, tevarakda bitta-yarimta qa
rashib yuboradigan odam ham topilmasa kerak.