Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

41
Chinor
gaplarini eshitmas edilar, Orif tog‘a qizning boshi­
ga bir shapati tushirdi, kichkina chinqirib yig‘lay 
boshladi, yigitcha dastro‘mol bilan uning burni­
ni chimchilab artib oldi, daftarlar yerga sochilib 
ketdi...
Bu payt haydovchi mashinani garajga kiri­
tayotgan edi, Orifjon motor ovozini eshitib o‘rni­
dan turdi, hammasi jim bo‘ldi.
Ochil buva yo‘taldi. Orifjon chiqib keldi, bo­
lalari derazadan sakrab tushib ketishdi. Ota-bola 
ayvonda uzoq quchoqlashib turishdi.
– Tan-joningiz omonmi, dada? Shuncha yo‘l 
bosib... O‘zim borardim... Tolibjon bardammi? – 
dedi Orif yo‘lda charchagan keksa otasiga qay­
ta-qayta tikilib qarab.
– Hammalari salom deyishdi. Sen ishli odam­
san. Meniki bir umrlik ta’til, – dedi Ochil buva 
so‘ri labiga o‘tirib soqolini silarkan. – Mana, ji­
yaning Azimjon, dunyoning narigi burchidan 
topib kelibdi.
– Azimjon?
Azimjon tugunni qo‘yib, yo‘lda changib ketgan 
etigi, ust-boshiga o‘ng‘aysizlanib qaradi, tog‘asi 
tomon odimladi.
– Yopiray! O‘sha o‘zimizning Azimjon-a! – Orif-
ning qoracharoq, sergo‘sht yuzida mehr balqib 
turardi. Uning keng quchog‘ida Azimjon yo‘q 
bo‘lib ketdi.
– Obbo jiyan-ey! Til bilasanmi?
– Bilaman, Orif tog‘a.
Qani-qani, ichkariga kiringlar, etikni ye-
ching, dada... Onabi, qayoqdasan, ko‘rpacha sol 
mehmonlarga! – Orif suyagi buzuq og‘ir gavdasi 


42
Asqad Muxtor
bilan qandaydir chaqqon harakat qilib, quvonch­
da ivirsir, gapirar, so‘rar, savollarga javob berar 
edi. Javonlar ochilib ketdi, qaymoq, asal islari 
keldi. Tashqarida o‘choq yallig‘landi.
– Onabibini tanimabman.
– Ha, dastyor bo‘lib qoldi.
– Anovilari qani?
– Ulari qo‘shnimizning bolalari. Yormat bilan 
Normat, Ochil buva keldilar, deb suyunchi olgani 
chopishdi shekilli, – kuldi Orifjon qo‘liga to‘kilgan 
shinnini yalab. 
– Meni bilishar ekan-da... Sen-chi, – Ochil buva 
Onabibiga qiziqib qaradi, – sen meni taniysanmi?
– Ha, – dedi Onabibi tetik turib, – osmon gum­
bazini qurganda g‘isht uzatib turgan ekansiz
to‘g‘rimi?
Ochil buva o‘g‘liga qaradi: «Shunaqa degan­
miding?» Rohat qilib kuldilar.
Mehmonlar yuvinib bo‘lguncha, ruх samo­
var keldi, tunuka barkashga jiz-jiz etib cho‘g‘i 
tushardi. Orif non sindira turib Azimjonga qa­
radi, hozir uning uchun qizig‘i Azimjon edi: qa­
yerdan, qan day qilib paydo bo‘ldi, qanday odam, 
fikrida, ko‘nglida nima bor? Qanday katta bo‘ldi, 
taqdiri qanaqa?
Ochil buva bularning hammasini bir boshdan 
hikoya qila boshlaganda telefon jiringlab qoldi. 
Orifjon turib kursiga o‘tirdi-da, go‘shakni oldi.
U avval ruhi tushibroq, anchagacha indamay 
quloq soldi. Lekin ko‘nglida norozilik kuchaya 
borgani yuzidan bilinar edi.
– Xo‘p, Mariya Vasilyevna, lekin men bunga 
qarshiman. Senga ilgari ham aytgan edim, ho­


43
Chinor
zir ham aytaman... Хo‘p, хo‘p, sen olib kelgan­
san meni, lekin endi yo sen ishlashing kerak, 
yo men. Masala shunday bo‘lib qoldi... O‘zing 
baqiryapsan! Odamgarchilik qolmabdi senda
yurak qolmabdi... A? Yana o‘sha gap! Unday 
bo‘lsa kotibliging kerak emas menga, men avva­
lo odamman, ha! – Orifning tovushi tobora ba-
landlashar, g‘azabga aylanib borar edi. – Sendan 
yaхshi tushunadi o‘shalar! Nima qilsang qilaver, 
faqat telefonda baqirma! – u go‘shakni taraq etib 
qo‘yib qo‘ydi.
Onabibi ostonada ikki kosada shirchoy ko‘ta-
rib turardi.
– Mariya Vasilyevnang o‘sha Maryammi? – 
so‘radi Ochil buva ham ishtahasi bo‘g‘ilib.
– Ha... Ha-da. Erkak odam bo‘lsa-ku, yetti 
pushtini yo‘qlab bir so‘kardim-u, хumorimdan 
chiqardim...
– Viloyat kotibi bilan ham shunaqa gaplasha-
dimi odam! O‘zing kimsan? – ovozini ko‘taribroq 
so‘radi Ochil buva. Qovog‘i osilib tushdi.
Orifjon boshini solganicha o‘tirar edi...
Azizlar, yo‘lovchilarimiz birinchi manzilga ye­
tishdi. Vaziyatga qaraganda biz ham bu bekatda 
to‘хtab, bir qissa eshitamiz shekilli. Lekin ibrat 
uchun avval
RIVOYAT
Sir yoqasidagi Forob qishlog‘ining mardumi 
Muhammad ahli donish orasida jumla jahonga 
ma’lum va mashhur edi. Ilm-u hikmat bobida 
Arastudan so‘ng ustodi soniy bo‘lib, Al-Forobiy 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish