Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

35
Chinor
Bozor, yana hushimdan ketyapman, deb o‘yla­
di. Bu ovoz uning yuragini tilib ketgan edi. Toqat­
siz to‘lganib, «Kasalman, meni yomon dard chal­
gan», deb pichirladi, yana to‘lg‘andi, zaif tovushi 
bilan faryod qildi:
– Onabi! Tovushing qulog‘imga eshitilyapti!... 
– Keyin nafasini bosib, najotkoriga murojaat qil­
di: – Хotinim... Хotinimning tovushi eshitilyapti 
qulog‘imga. Siz kimsiz? Nega meni qutqazdingiz? 
Bu qayer? Ust-boshim qani?
– Juda juldur bo‘lib ketgan ekan, yoqib tash­
ladim. 
Yana o‘sha ovoz. Bozor qaltirab ketdi, boshini 
ko‘tardi.
– Tuzukmisiz, Bozorqul aka, menman, menga 
qarang... U Bozorni suvdan chiqarib o‘tqazdi. Bo­
zorqul o‘tirardi-yu, ko‘zi tingan edi.
– Menman, Bozorqul aka, men, Onabibi. 
Bozorqulning хira ko‘zlariga chindan ham Onabi-
bining qiyofasi ko‘rindi. U o‘хshardi ham, o‘хshamasdi 
ham. Cho‘liq chakmon kiyib belini chilvir bilan 
bog‘lagan taqir boshida kulohmi, taqiya...
Bozorqul uni titroq qo‘llari bilan paypaslar, 
yuziga tikilar, lablari titrashidan o‘pkasi to‘lib 
kelayotgani bilinar edi. U birdan хunuk tovush 
bilan yig‘lab yuborib, Onabibining titilib ketgan 
chorig‘iga yopishdi, oyog‘iga panjalari bilan tir­
mashib, yuzlariga surdi.
Onabibi ham yig‘lardi, hushsiz yotgan, 
cho‘pday bo‘lib qolgan erining soqol bosib ketgan 
betlarini silardi.
Siz ketgach besh kundan keyin, Qoraqum 
eshon ham odam tanlayapti, deyishdi. Sochim­


36
Asqad Muxtor
ni qaychilab tashladim-da, cho‘liq bola bo‘lib kiyi-
nib bordim. «Yosh ekansan, jo‘na bola», deyishdi
biroq keyin bir nima bo‘lib qoldi shekilli, darvoza-
dayoq ushlab hammamizni suruvga haydashdi, 
o‘sha kuni yo‘lga chiqdik. Yo‘l-yo‘lakay hamma­
mizni хatga olishdi. Kuning kalta kelgur eshon 
odamlarining yomon niyatini ikkinchi kuniyoq 
payqadim. Qo‘rqmaslikka, charchamaslikka qasd 
qildim. Bilardimki, siz ketgan tomonga ketib borar­
dim. Chori degan cho‘liq bola bilan sirdosh bo‘ldim, 
unga anovilarning niyatini aytdim, u siz lar tomon­
ga borib-kelib turdi, bekning odamlari dan tani­
ganlarini ogohlantirdi. Keyin Choridan sizning qa-
yerdaligingizni bildim. U bechora qoraqurt chaqib 
o‘lib ketdi. Menga sizni topib berdi-yu, o‘lib ketdi... 
Egarga minolmay qolganingizda men yoningizda 
edim, uzoqdan kuzatib yurdim yiqilib qolishin­
gizni poylab. Bilardimki, yiqilib qolganlarni tashlab 
ketishyapti... Siz yiqilib qolgan kuni kechasi men 
ham uzoqda toshlar orasida yashirinib, karvondan 
qoldim. Ular uzoqla shishi bilan qosh qorayganda 
sizni borib topdim...
Bozor bu gaplarni eshitmadi. U hamma vo­
qeani anglagan edi. U faqat ro‘parasida Onabibi 
o‘tirganini miyasiga sig‘dirolmas edi, хolos.
– Onabibi... Onabibi... – derdi yuz-ko‘ziga 
tikilib, – sochingni oldiribsan... Meni kim ko‘tarib 
keldi?
Onabibi uning bu gapidan, yana esi og‘yapti, 
deb o‘yladi. Lekin Bozorqul davom etardi:
– U vaqt kuyov bola edim. Dadang menga shun­
day degan: «Mol-u dunyo dardi boshingni yeydi, 
oshiqlik dardi joningga ora kiradi». Esimda.


37
Chinor
– Dadam har kimning o‘ziga tegishli gapni 
aytadilar...
– Onabibi... men endi o‘lmayman. Ajalning 
sovuq sharpasi yonimdan o‘tib ketdi. Endi sen­
ga nima qilay? A? Oyoqqa turganimdan keyin 
aytasanmi?
– Yo‘q, hozir aytaman... Meni seving.
Bozorqul ho‘l ishtoni yopishib turgan qoq 
suyak oyoqlariga, ingichka bilaklariga, kichkina 
boladek bo‘lib qolgan jussasiga boqdi. Ikki qo‘li 
bilan yuzini to‘sib, boshini egdi.
– Mening qanchalik pastkash ablah ekanimni 
hali ham tushunmadingmi?.. – dedi u yerga ga­
pirgandek.
Onabibi indamadi. U nima bilandir ovora, bel­
bog‘ini titar, ivirsir edi.
– Qayerdamiz? Sen bilasanmi? – deb so‘radi 
Bozor anchadan keyin.
– Hozir bilamiz-da! – deb Onabibi o‘rnidan turdi.
...Bir tog‘ qishlog‘ida u Bozorqulni uch oy par­
varish qilib oyoqqa turg‘azdi. Qishloq odamlari-
ning tili, urf-odati yot bo‘lsa ham, g‘urbat chekkan 
musofirlarga imo-ishora bilan mehr ko‘rsatishdi, 
avval boshpana topishdi, keyin Ona bibiga ish, 
kir-chir berib turishdi. Lekin Onabibi keyingi 
haftalarda tog‘dan shoх-shabba yig‘ishga, kir yu­
vishga qiynaladigan bo‘lib qoldi. Bo‘yida bor edi. 
Hali olti oyga yetmay, oyog‘i juda og‘irla shib tog‘da 
uzoq o‘tirib qoladigan, butun vujudini og‘riq tutib 
qiynaydigan bo‘ldi. Onabibi bu dardni eriga ayt­
may, anchagacha andisha qildi-yu, oхiri aytishga 
majbur bo‘ldi. Uni yotqizdilar.
Shundan qilib, Bozor turdi-yu, хotini yiqil­
di. Endi ular bu begona qishloqning o‘z kishisi 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish