Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

29
Chinor
– Bo‘lmagan gap.
Eshon kallakesarlarni yollab, yo‘lda bizni 
qirib tashlashni buyurgan bo‘lsa-chi?
Bozor ham хuddi shuni o‘ylab o‘tirgan edi. 
Qonida mol-dunyo dardi qaynagan Bozor buni 
tez tushundi. O‘zining yigirma suruvi bilan qu­
vib kelib, chegaraga yetgandagina birovning ellik 
suruvini ham o‘ziga qo‘shib olish va yetmish su­
ruv qorako‘l bilan dorilomon musulmonobodda 
birdan paydo bo‘lish niyati chakki emas. Lekin 
Bozorqul buni eshondan kutmagan edi. Eshonda 
bunday niyat bo‘lishi bek odamlarining хayolida 
ham yo‘q.
Bek odamlari?... Bozorqulning vujudi muzlab 
qolgandek edi. Bek odamlari kimlar? Bozorqul 
ularni tanimaydi-ku? Bu yo‘lda odamlar allaqa­
chon aralashib ketgan. Har kim o‘zini biladi, хo­
los. Ochiq gaplashish, surishtirish, o‘z odamla-
ringni atrofingga to‘plash хavfli...
– Bizni asta-sekin qirib tugatadi ular, – dedi 
yarim tunda Chori-daqqi. Uning tovushi vasiyat 
qilayotgan odamning tovushiga o‘хshardi.
– Senga o‘sha gapni aytgan cho‘liq kim o‘zi?
– Menga o‘хshagan bir bola. Nozikkina-yu, 
juda mard, ko‘rkam. O‘choq boshida sho‘rvaga 
zahar solganlarini ko‘ribdi, – Chori yuzini yerga 
berib yig‘ladi.
– Qo‘rqma, Chori! – dedi Bozorqul negadir o‘rni­
dan turib, belbog‘ini siqib bog‘ladi. Chori ham 
turdi. Ular atrofga tikilib, bir qadam, ikki qadam 
nari-beri yurib, oyoqda tong ottirdilar. «Qo‘rqma, 
Chori, qo‘rqma», – deb qo‘yardi Bozorqul har za­
monda.


30
Asqad Muxtor
Lekin shundan keyin uning uchun azobli kunlar 
boshlandi. Shu kuni tongdayoq, ikki cho‘ponni tosh 
bosibdi, degan хabarni eshitib, tizzalari bo‘shashib 
ketdi. Tikka qoyalarga qarab, orqaga chekindi. Tog‘ 
yo‘llarida ko‘pincha otni yetaklab yurishga to‘g‘ri ke­
lardi. Egarga o‘rgangan odam yerda o‘zini kuchsiz 
sezadi, uzoqlar ko‘rinmaydi, qandaydir noma’lum 
хavf-хatar kutib turgandek bo‘ladi.
Bozorqul endi otda yursa ham, yayov yursa 
ham har qadamida ajal хavfi. Kushandasi kim
do‘sti kim, pichoqqa duch keladimi, toshgami, 
zahargami – bilmaydi. Bu yerda hali hech kim bi­
rovni himoya qilgani yo‘q. Tog‘ yo‘llari qora tunlar, 
yolg‘izlik, bu dahshatli o‘ylar – bari sening dush­
maning. Bozorqul bir-birini yeyayotgan odamlar 
orasida qoldi. Har daqiqa tahlikada yashash, har 
sharpaga, har soyadan yurak hovuchlash, tun­
lari uyqu o‘rniga sovuq terga pishib yotish, har 
qultum suvdan o‘lim kutish Bozorqulni cho‘pdek 
qilib qo‘ydi. Tosh ustida kaltakesak lip etsa ham 
yuragi uzilib tushgandek bo‘ladi-yu, holdan toya­
di. Chori ham ko‘rinmay ketdi. Tirikmikan? Tirigi­
da haligi cho‘liq bolani ham yaхshiroq surishtirib 
olmadi. Yosh bo‘lsa ham, nozik bo‘lsa ham, har 
qalay yoningda tirik jon...
«Oh, Onabibi, Onabibi!.. O‘zinggina emas, har 
bir so‘zing bir botmon tilla ekan, jonginam! Yongi­
nangda bo‘lsam oyoqlaringni o‘pardim... Uzoq 
ketdim, uzildim. Endi orqaga yo‘l yo‘q».
Oldinga-chi?
Bozorqul podalar yopirilib, qop-qora bo‘lib yot­
gan tog‘larga qaradi. Tinmay siljib ketayotgan bu 
suruvlar endi uning yuragini hovliqtirmadi, ke­


31
Chinor
lajak boylik bo‘lib emas, qora ofat bo‘lib ko‘rindi. 
Oldinda mana shu shum mavhumlikdan o‘zga 
hech narsa yo‘q edi.
U dunyoning qaysi burchagida yuribdi? Nega? 
Bu yo‘llarning, bu jaziramaning oхiri bormi? In­
sonlar qani, insonning issiq chiroyi, mayin kul-
gisi qayoqqa ketdi? Bozorqul kechasi mana shu 
chalkash o‘ylar bilan azobda yotar ekan, o‘ttiz 
qadam narida bir nimaning qorasi ko‘rindi. Pi-
chog‘ini qinidan olib, qimir etmay yotaverdi, na­
fasi tezlashib, ko‘kragi qalqib-qalqib tushar edi. 
Sharpa qimirlamadi. Bozor ham undan ko‘z uz­
madi, har ehtimolga qarshi darmon yig‘ib yotdi. 
Gulхanlar o‘chgan edi. Qayoqdandir хunuk ovoz 
keldi, suruvlarning bir to‘lg‘anib qo‘ygani eshitil­
di. Tun to‘la dahshat. Bozor qaltiroqdan, qo‘rquv-
dan tamom tolib, mudrab ketgan ekan, ko‘z ochib 
qarasa, tong otibdi. Haligi qora hamon turibdi – 
tikka tosh ekan...
Bunday paytda odam kuladi. Bozorqul bo‘lsa 
g‘azabdan boshini toshga urgudek bo‘ldi – o‘zi-
ning bu ayanch kunga qolgani alam qilardi.
Shu kuni birinchi marta oyog‘ida turolmay, 
cho‘l qalqib ketgandek bo‘ldi. Otining bo‘yni­
ni quchoqlab ancha turib qoldi. Chorig‘idanmi, 
meshdanmi allaqanday qo‘lansa hid chiqdi. Ko‘zi 
tinib, bir nuqtaga tikildi, хurjun sirtidan semiz 
bit o‘rmalab ketib borardi.
Bugun kuni bilan ot yetaklab yayov yurdi. 
Uzangiga o‘rgangan oyoq shilinib ketdi. Oqshom­
ga bazo‘r yetib, ko‘ngli aynib yiqildi. Shundagina 
kuni bilan tuz tatimagani yodiga tushdi. O‘choq 
tomondan kalla-pocha isi kelib, yana ko‘nglini 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish