Ichki sekretsiya bezlari kasalliklarida bemo’rlarni so’rab – surishtirish, anamnez yig’ish. Umumiy va mahalliy ko’zdan kechirish



Download 29,43 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi29,43 Kb.
#20439
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



65 Mavzu: Ichki sekretsiya bezlari kasalliklarida bemo’rlarni so’rab – surishtirish, anamnez yig’ish.

Umumiy va mahalliy ko’zdan kechirish.

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

65 Mavzu: Ichki sekretsiya bezlari kasalliklarida bemo’rlarni so’rab – surishtirish, anamnez yig’ish.



Umumiy va mahalliy ko’zdan kechirish.

1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, endokrinologiya bo’limi.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

Talabalarni endokrin sistemasi kasalliklari bor bemorlarni tekshiruv usullariga o’rgatish (ko’zdan kechirish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya). Talabalarni ichki bezlar sekretsiyasi kasalliklari asosiy simptomlari bilan tanishtirish.

Talaba bilishi kerak:

1) Ichki bezlar sekretsiyasi kasalliklarini simptomatikasini.

2) Ichki bezlar sekretsiyasi kasal bo’lgan bemorlarni so’rab-surishtirishni.
Talaba bilishi shart:
1)Ichki bezlar sekretsiyasi patologiyasili bemorlarni so’rab-surishtirish.

2)Amalliy ko’nikmalarni qadamma-qadam olib borish (palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya).

3)So’rab-surishtirish natijalarini tahlil qilish (shikoyatlar, kasallik tarixi, hayot tarixi, nasliy faktorlar) va bemorni umumiy ko’zdan kechirish.

4)Olingan natijalar asosida sindromal tashxis qo’yish.



4. Motivasiya.

Endokrin kasalliklar hamma yoshda uchraydi. Ayrimlari juda keng tarqalgan. To’g’ri o’tkazilgan so’rab-surishtirish, ko’zdan kechirish, palpatsiya, perkussiya va auskultatsiya tez va to’g’ri diagnoz qo’yishga yordam beradi.



5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

Qalqonsimon bez ( Glandula thyroidea )

AnatomiyasirToq organ bo'lib, bo'yin soxasida hiqildoqning qalqonsimon tog'ayi bilan kekirdakning yuqoridagi 3-4 tog'ay xalqalari oldida joylashgan. Taqasimon shaklda bez katta odamlarda 30-50g ga teng bo'lsa, yangi tug'ilgan bolalarda 1.8-2.5g bo'ladi. Bezning yuzasini qon tomirlar va nerv chigallari (adashgan nerv tolalari) qoplab turadi.

Fiziologiyasi: Morfo-funksional birligi bu- follikulalardir. Follikulalarning
asosiy vazifasi qondagi yodni kimyoviy va elektrik gradiyentga qarshi ajratib
olish va uni faol organik moddalarga aylantirishdan iborat. Unda tiroksin va
triyodtrionin gormonlari tiroglobulin oqsili bilan birikkan holda bo'ladi.
Follikulalar orasida parafollikulyar hujayralar bo'lib, unda tireokalsitonin
gormoni ishlab chiqariladi. ,

PatofiziologiyaskQalqonsimon bez faoliyati kuchayganda yoki susayganda

organizmda turli o'zgarishlar kelib chiqadi.

Gipertireoz ko'pincha qalqonsimon bezning adenomasi- o'smasi, tireoiditda,

adenogipofizning tireotrop adenomasi, undantashqari qalqonsimon bezning

gipofiz va gipotalamus bilan ishlab chiqaruvchi ektopik o'choqlar pay do

bo'lishi va gormonlarning tashqaridan ko'p miqdorda yuborilishi natijasida

yuzaga kelishi mumkin.

Diffuz toksik buqoq ( Grebs yoki Bazed kasalligi) qalqonsimon bezning

eng ko'p uchraydigan kasaliklaridan hisoblanadi. Bundan tashqari



miksedema, kretinizm, gipotireoz kabilar kiradi.

Patoanatomiyasi: Miksedema- voyaga yetgan odamning qalqonsimon bezi sust ishlaganda ro'y beradigan holat. Bemorning asosiy modda almashinuvi 30-40 % kamayib ketadi. Tana harorati pasayadi. Bradikardiya, gipotoniya kuzatiladi. Oqsillar almashinuvi buzilishi natijasida a'zo va to'qimalarning hijayralararo bo'shliqlarida albumin va mutsin miqdori ko'payib, bu yerdagi suyuqlikning onkotik bosimi oshadi. Natijada to'qimalarda suv yig'iladi, « shilimshiq shish » paydo bo'ladi. Nerv tizimi zararlangani uchun odamning fikr yuritishi va so'zlashishi qiyinlashadi, hech narsaga ishtiyoq bo'lmaydi. Endokrin bezlar, xususan jinsiy bezlar faoliyati buziladi.

6. Mashg’ulot mazmuni.

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Amalliy mashg’ulotni o’tkazish uchun talabalarni anatomiya va fiziologiya bo’yicha bilim darajasini tekshirish kerak. Buning uchun talabalarga ba`zi bir savollar beriladi.Masalan:


- diffuz-toksik buqoq nima;
- modda almashinuvi nima;
- qalqonsimon bez kattalashuvining nechta darajasi bor.
Amaliy mashg’ulotni o’tkazish uchun «qopdagi mushuk» interaktiv o’yini o’tkaziladi. Buning uchun mashg’ulot bo’yicha savollar tayyorlanib konvertga solinadi. Har bir talaba konvertdan bitta savol oladi va ikki minut davomida o’z javobini yozadi. So’ngra har bir javob muhokama qilinadi.

Qalqonsimon bez giperfunksiyasida yuz ko’rinishi.


Miksedemada yuz ko’rinishi.
Akromegaliyada qanday o’zgarishlar bo’ladi.

Addison kasalligida qanday o’zgarishlar bo’ladi.


Isenko-Kushing sindromida qanday o’zgarishlar bo’ladi.

Endokrin buzilishli bemorlarga qanday shikoyatlar xos.


Endokrin kasallikli bemorlardan anamnez yig’ishda nimalarga e`tibor berish kerak.
Qanday kasallikda qo’l kafti «akusher qo’li» shakliga kiradi.
Qandli diabetda terida qanday o’zgarishlar bo’ladi.
Qanday kasalliklarda kaxeksiya kuzatiladi.
Mashg’ulot davomida talabalarga shikoyatlarni, hayot tarixini, kasallik tarixini, nasliy faktorlarni o’ziga xosligi aytib beriladi.
Anamnez yig’ish ketma-ketligi o’ziga xosligiga alohida e`tibor beriladi. So’rab-surishtirish.

Shikoyatlar. Endokrin sistemasini barcha sistemalar funksiyasiga ta`siri kattaligi sababli shikoyatlar ko’p bo’ladi. Endokrin buzilishli bemorlar psixik qo’zg’aluvchanlikga, chuqur bo’lmagan bo’linuvchan uyqu, xotira pasayishiga, serjaxillikga, ko’p terlashga, yurak urib ketishiga, qaltirashga, qulok shang’illashiga, boshga qon quyilish sezgisiga, teri qichishiga, ko’p chanqashga, ozishga, shikoyat qiladi.


Bemor so’rab-surishtirilganda, endokrin kasalliklarga xos nerv-psixik ko’rinish aniqlanadi: ko’p terlash, harakatlar tezligi, tez gapirish, apatiya, holsizlik (qalqonsimon bez funksiyasi buzilishlarida), aqliy rivojlanish orqada qolishi (infantilizm va kretinizm).

Anamnez. Kasallik kelib chiqishiga sabab bo’luvchi faktorlarni topish katta ahamiyatga ega. Tireotoksik buqoq kelib chiqishida kuchli hayajon, qo’rquv,psixik travmalar katta rol o’ynaydi. Ko’p hollarda endokrin kasalliklar voyaga yetish davrida, tug’riqdan keyin va klimaks vaqtida yuzaga keladi. Endokrin kasalliklar kelib chiqishida nasliy faktor ham katta rol o’ynaydi. Masalan, qandli diabet. Ba`zi hollarda, endokrin kasallik kelib chiqishiga boshqa kasalliklar sabab bo’lishi mumkin. Masalan, buyrak usti bezi tuberkulyozi, ularning yetishmovchiligiga sabab bo’ladi (Addison kasalligi).


Endokrin kasalliklarda bemorlarni ko’zdan kechirish katta ahamiyatga ega. Ba`zi hollarda bemorga bir nazar tashlaganda tashxiz qo’yish mumkin (umumiy ko’rinishi, yoki ayrim xarakterli belgilarga qarab). Bu quyidagi kasalliklarga tegishli: tireotoksik buqoq, miksedema, akromegaliya, gigantizm, nanizm, gipofizar kaxeksiya, Isenko-Kushing sindromi, Addison kasalligi, yog’ almashuvini buzilishi va h.k.
Endokrin sistemasi kasalliklarida, ayniqsa qalqonsimon bez va gipofiz zararlanganda bemorlarni yuzida o’zgarishlar bo’ladi. Qalqonsimon bez giperfunksiyasida katta ochilgan, olaygan, kam pirillovchi, yiltiroq ko’zlar qo’rquv ifodasini beradi. Qalqonsimon bez funksiyasi pasayganda (miksidema) keng, dumaloq, ajinsiz yuz befarqlik va aqliy zaiflik ifodasini beradi. Gipofiz giperfunksiyasida yuzaga keladigan akromegalik yuz qosh usti rivojlanib ketishi, burun, lab, til va jag’ni katta bo’lib ketishi bilan ajralib turadi. Gipofiz gipofunksiyasi semizlik, erkaklarda ayolsimon ifoda bilan ajraladi.
Bo’yinning oldingi qismi ko’zdan kechirilganda qalqonsimon bez kattalashishi haqida tushunchaga ega bo’lishi mumkin. Gipofiz oldingi qismi funksiyasi oshishi sababli akromegalik gigantizm yuzaga keladi (195 sm.dan yuqori). Bu shuningdek jinsiy bezlar funksiyasi pasayishi sababli ham yuzaga keladi (evnuh sifat gigantizm). Karliksimon bo’y (135sm. dan kam) gipofiz oldingi qismi funksiyasi pasayishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunda tana yosh bolalar proporsiyasili bo’ladi, jinsiy organlar yaxshi rivojlanmaydi, ikkilamchi jinsiy belgilar bo’lmaydi.
Miksedemaga yuz terisini sarg’ish rangli bo’lishi xos. Isenko-Kushing sindromiga yuz giperemiyasi xos (gipofiz oldingi qism giperfunksiyasi). Addison kasalligiga shilliq qavatlar va terini bronza rangida bo’lishi xos. Qalqonsimon bez funksiyasi pasayishiga quriq kepaklanuvchi teri xos. Gipoteriozda teri quruq va sovuq bo’ladi. Giperteriozda teri illiq va nam bo’ladi. akromegaliyada teri qalin bo’ladi. Qandli diabetda teri kurik bo’ladi, ba`zan furunkulyoz kuzatiladi. Qovoqlarda xolesterin yig’ilishi ko’riladi.
Endokrin kasalliklarida sochlar katta diagnostik ahamiyatga ega. Erkaklarda ayolsimon soch o’sishi evnuhoidizm uchun xos. Akromegaliyaga soch kam o’sishi xos. Miksedema uchun qosh, kiprik, mo’ylov, soqol va soch to’kilishi xos. Teriogen semirishga yog’larni tana bo’ylab tekis tarqalishi xos. Gipofizar va jinsiy semizlikga yog’larni tos suyagi atrofiga yig’ilishi xos. Isenko-Kushing sindromiga yog’larni yuz sohasiga yig’ilishi xos. Keskin ozish,qandli diabet va teriotoksik buqoqga xos. Simmons kasalligining asosiy simptomlaridan biri kaxeksiyadir (gipofizar kaxeksiya).
Qalqonsimon bez oldi bezi gormoni qonda yetarli bo’lmaganda, bemorlarda tonik qo’zg’alishlar kuzatiladi (qonda kalsiy miqdorini kamayishi sababli). Tonik qo’z’galishlar asosan bukuvchi muskullarda kuzatiladi va qo’l «akusher qo’li» formasiga kiradi. Yuz muskullari qo’zg’alishlarida bemor kulayotgandek ko’rinadi.

6.2.Analitik qism.

Mashg’ulotni ikkinchi qismida analitik-tahlil o’tkazish kerak. Shu maqsadda testlar va situatsion masalalardan foydalaniladi. So’ngra talabalarga ko’rgazma materiallar tarqatiladi (UZI natijalari, qon bioximik analizlari, qon, siydik va najaz umumiy analizlari).


Testlar.
1. Diffuz-toksik buqoqli bemorlarda yurakda bo’ladigan o’zgarishlar
A) Sinoaurikulyar blokada
B) Sinus aritmiyasi
V) Atrioventrikulyar blokada
G) Hilpillovchi aritmiya
D) Qorinchalar ichi blokadasi
2. Diffuz-toksik buqoqli bemorlarda yurak cho’qqisida auskultasiyada eshitiladi.
A) 1-chi ton past va sistolik shovqin
B) Qarsillovchi 1-chi ton va sistolik shovqin
V) Bedana ritmi
G) Flint shovqini
D) Qarsillovchi 1-chi ton va diastolik shovqin
3. Tana massasi kamaygan, taxikardiya 100-120-ta bir minutda. Asosiy almashuv+30% -+60% oshgan. Bu:
A) Tireotoksik kriz
B) Bazedov kasalligini birinchi darajasi
V) Bazedov kasalligini uchinchi darajasi
G) Qalqonsimon bez gipofunksiyasi
D) Bazedov kasalligini ikkinchi darajasi ,
4. Adisson kasalligi quyidagilarga bog’liq
A) Suyak iligidagi o’zgarishlariga
B) Buyrak usti bezi funksiyasi oshishiga
V) Qalqonsimon bez funksiyasi oshishiga
G) Qalqonsimon bez funksiyasi pasayishiga
D) Buyrak usti bezi funksiyasi pasayishiga
Masalalar


  1. Bemor ko’zdan kechirilganda qalqonsimon bez yutinganda ko’zga ko’rinmoqda.

  2. Qalqonsimon bez kattalashish darajasini aniqlang.

2. Mutanosiblikni toping:


1. Gipoterioz 2. Tireotoksikoz
A) Ish qobiliyatini pasayishi
B) Uyquchanlik
V) Qo’l barmoqlarini titrashi
G) Sababsiz hayajon
D) Umumiy holsizlik
E) Musbat Grefe simptomi
3. Mutanosiblikni toping: 1. Gipoterioz 2. Tireotoksikoz
A) Qonda xolesterin miqdorini oshishi
B) Quruq, sovuq va dag’al teri
V)Ozish
G) Yuz kerikishi
D) Ko’z yorig’ini torayishi
E) Ishtaha balandligi
6.3 Amaliy qism.

Bu qism amaliy ko’nikmalar o’zlashtirishga bag’ishlangan. Mashg’ulotni bu qismida talabalar domlalar nazoratida bemorlarni kurasiya qilishadi.


Buning uchun qandli diabet va tireotoksikozli ikkita-uchta bemor tayyorlanadi. Kurasiya vaqtida talabalar e`tibori bemorlar shikoyatlariga jalb qilinadi. Ko’ruv vaqtida talabalar mustaqil ravishda bemorlar anamnezini yig’ishlari kerak. Ko’zdan kechirish jarayonida aniqlangan patologik simptomlarga e`tibor berishlari kerak. Qalqonsimon bez palpasiyasini o’tkaza bilishlari kerak. So’ngra bemorning ahvoli to’g’risida gruppa ichida muhokama o’tkaziladi.

Amaliy mashg’ulot yakunlarini o’tkazilayotganda talabalarning bilimlari bilan birga ularning leksiya va amaliyot daftarlari borligiga va talabaning bemor kurasiyasidagi qatnashuvi hisobga olinadi.



7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»

Talaba biladi:

Ichki bezlar kasalliklari simptomatikasini. Ichki bezlar kasalliklari bor bemorlarni to’g’ri so’rab surishtirishni biladi. Amaliy ko’nikmalarni qadamma qadam olib borishni biladi

(palpasiya,perkussiya,auskultasiya). So’rab surishtirish natijalarini to’g’ri analiz qila biladi (shikoyatlari, kasallik tarixi, hayot tarixi, irsiy faktorlar). Olingan ma`lumotlar natijalari asosida to’g’ri sindromal tashxis qo’yishni biladi.


2.

71-85

Yaxshi «4»

Talaba biladi:

Ichki bezlar kasalliklari simptomatikasini. Ichki bezlar kasalliklari bor bemorlarni bemalol so’rab surishtirishni bilmaydi. Amaliy ko’nikmalarni qadamma qadam olib borishni biladi (palpasiya,perkussiya,auskultasiya). So’rab surishtirish natijalarini bemalol to’g’ri analiz qila olmaydi (shikoyatlari, kasallik tarixi, hayot tarixi, irsiy faktorlar). Olingan ma`lumotlar natijalari asosida bemalol to’g’ri sindromal tashxis qo’yishni bilmaydi.




3.

55-70

Qoniqarli «3»

Talaba biladi:

Ichki bezlar kasalliklari simptomatikasini. Ichki bezlar kasalliklari bor bemorlarni bemalol so’rab surishtirishni bilmaydi



4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»

Hech narsa bilmaydi.



9. Joriy nazoratni baxolash mezoni




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.







10 min

10. Tekshiruv savollari.

1. Koxer simptomi nima?

2. Gipoterioz nima?

3. Tireotoksikozda nerv sistemasi zararlanishi sindromi?

4. Ekzoftalm nima?

5. Gipoterioz etiologik faktorlari

6. Gipoteriozda asosiy shikoyatlar

7. Qalqonsimon bezning kattalashuvini nechta darajasi farqlanadi?

8. Giperterioz nima?

9. Giperterioz etiologik faktorlari.

10. Giperteriozda asosiy shikoyatlar.

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



Qo’shimcha:

1."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.




Download 29,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish