Endemik buqoqning kelib chiqishi shart-sharoitlari va muhitga bog'liqligi.
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism
1. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining umumiy qonuniyatlari.
2. Ayrisimon (buqoq) bezi haqida tushuncha
3. Buqoq kasaligi belgilari va alomatlari. Buqoq (zob) rivojlanishi sabablari. Bolalardagi buqoq (zob) kasalligi
4. Buqoq kasalligini tashxislash. Organizmdagi yod darajasini mustaqil aniqlash uchun testlar. Buqoq kasalligini davolash usullari
5. Jarrohlik va radioaktiv yod. Buqoq (zob) ni oldini olish.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Ilovalar
Kirish.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bergan maʼlumotlarga koʻra, Yer yuzi boʻyicha 665 milliondan ortiq odam endemik boʻqoq va qalqonsimon bezning boshqa kasalliklaridan aziyat chekmoqda. 1,5 milliard inson esa yod tanqisligi xastaliklari rivojlanish xavfiga ega. Ushbu kasalliklar orasida buqoq keyingi yillarda dunyoning aksariyat mamlakatlari, shu qatorda Oʻzbekiston uchun ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
-Xoʻsh, ushbu xastalikning paydo boʻlishiga qanday omillar sabab boʻladi?
-Uning salomatlikka xavfi nimada?
-Buqoq qanday xastalik?
Biz ahamiyatimizni qaratmaydigan belgilar aslida hayot uchun xavflidir. Buqoq (Zob) qalqonsimon bezning kattalashishidir. Bu kasallik ko’pincha yod yetishmasligi kuzatiladigan mamlakatlarda keng tarqalgan, biroq, yod preparatlaridan ortiqcha foydalanish fonida yodning oshib ketishi natijasida ham rivojlanishi mumkin. Ayollarda ushbu kasallik erkaklarga qaraganda 5 marta ko’proq uchraydi. Paydo bo’lgan tugunlar qalqonsimon bez to’qimalarida shakllanadigan juda ko’p fibroz chandiqlardan iborat.
Qalqonsimon bez inson tanasida modda almashinuvini nazorat qilish markazi hisoblanadi. Uni ko’pincha sog’liq qo’riqchisi deb atashadi, chunki u biron qanday muammo yuz berishi bilan o’zini ham shunday tutadi: bezovtalanish, kayfiyatning yo’qligi, charchoq va uyquchanlik. Qalqonsimon bez bilan bog’liq muammolar ayollarda ko’proq uchrashi mumkin bo’lsada, erkaklarda ham bunday xastalik tez-tez qayd qilinadi.
Qalqonsimon bez bizning tanamizning eng muhim organlaridan biridir. Kichik hajmi va vazniga qaramasdan (taxminan 20 gramm), bu haqiqatan ham hayotiy energiya ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Qalqonsimon bez tiroksin, triyodotironin ishlab chiqaradi, bularsiz tanada energiyani ishlab chiqaraish amalga oshmaydi. Bu energiya insonning barcha tizimlari va organlarning ishiga qaratilgan.
Qalqonsimon bez shuningdek, yurak faoliyatini, miya faoliyatini, yurak mushaklarning tonusini ham boshqaradi. Yosh o’tishi bilan ayollarda gormonal o’zgarishlar yuz beradi — klimaks davridan oldin va keyin. Shuning uchun bunday davrda qalqonsimon bez juda sezuvchan bo’lib, immun tizimining zaiflashuvi, yuqumli kasalliklar, yod yetishmasligi yoki ortiqchaligi, stresslarga tezda javob qaytaradi. Sog’lom hujayralarga qarshi kurashadigan antitanalarning patologik faollashuvi natijasida yosh o’tgani sayin ayollar autoimmun kasalliklarga ko’proq moyil bo’lib qolishadi. Ushbu antitanalar qalqonsimon bez faoliyatini ham sustlashtiradi. Natijada zaiflik, xotiraning pasayishi, shishlar, tana vaznining ortishi, terining quruqlashishi, sochlarning mo’rtligi, mushak og’riqlari va spazmlar, ich qotishlari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |