4 - mavzu. Iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi.
Reja
1.Iste’molchi ortiqchaligi
2 Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
3.Bozor samaradorligi
Tayanch so`z va iboralar: Farovon iqtisodiyot, to`lashga tayyorlik, iste'molchilar
ortiqchaligi, xarajat ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligi, samaradorlik, tenglik
1.Iste’molchi ortiqchaligi
Biz farovon iqtisodiyotni bozor jarayonida ishtirok etayotgan xaridorlar foyda-larini o`rganishni boshlaymiz.
To`lov qobiliyati
Tasavvur qiling siz Elvis Presleyning birinchi albomi egasisiz va siz uni ishlat-maysiz. Siz Elvis Presleyning muxlisi emassiz, shu sababli uni sotishga qaror qildingiz. Buning yagona yo`li kimoshdi savdosi o`tkazish.
Bu kimoshdi savdosida to`rt nafar Elvis Presleyning muxlislari ishtirok etishmoqda: Jon, Paul, George, va Ringo. Ularning har biri albomga egalik qilishni istashadi, lekin har birida buning uchun to`lashga tayyor pul miqdori chegaralangan. 1-rasm to`rt xari-dorlarning to`lashi mumkin bo`lgan maksimal narxlar ularning to`lov uchun tayyorligi deyiladi va bu xaridorning mahsulotni qancha baholashini anglatadi. Har bir xaridor al-bomni o`zining to`lov uchun tayyorligidan arzonroq narxda sotib olishni istaydi va to`-lov uchun tayyorligidan qimmatroq narxda albomni sotib olishni rad etadi. Narx to`lash uchun o`z tayyorligiga teng bo`lsa, xaridor sotib olishga befarq bo`lishi mumkin.
Agar narx uning albomga qo`ygan bahosi bilan aynan bir xil bo`lsa, u uni sotib olish yoki pulini tejab qolishdan xursand bo`lishi mumkin.
Siz albomingizni sotish uchun past narxda uni taklif qilasiz, misol uchun 10 $ . Chunki barcha to`rt xaridorlaringiz to`lashga tayyor, narx esa tez ko`tariladi. Kimoshdi savdosi Jon 80 $ (yoki bir oz ko`proq) taklif qilgan vaqtda to`xtaydi. Bu nuqtada, Paul, Jorj va Ringo boshqa hech qanday taklif qilishni istashmaydi, chunki ular 80$ dan ko`proq taklif qilishni istashmaydi. Jon sizga 80$ to`laydi va albomni oladi. Shuni ta’kidlash kerakki, albom yuqori qadrlaydigan xaridorga ketdi.
Jon Elvis Presleynining albomini sotib olishdan nima foyda oldi? Bu o`rinda Jon uni haqiqiy savdo orqali topdi: u albom uchun 100$ to`lashga tayyor, lekin u buning uchun atigi 80$ to`ladi. Jon 20$ iste'molchi ortiqchaligiga ega bo`ldi. Iste'molchi ortiq-chaligi bu xaridorning to`lashga tayyorligidan aslida buning uchun to`lagan miqdorini ayirishdan qolgan miqdorga aytiladi.
Iste'molchi ortiqchaligi xaridorlaring bozor jarayonida olgan foydasiga qarab o`l-chanadi. Bu misolda, Jon kimoshdi savdosida ishtiroki natijasida 20 $ foyda oldi, chun-ki u 100$ ga baholangan tovar uchun atigi 80 $ to`ladi. Pol, Jorj va Ringolar iste'molchi ortiqchaligiga ega bo`lishmadi, chunki kimoshdi savdoda ishtirok etib albomga egalik qilmasdan va hech narsa to`lamasdan ketishdi.
Endi biroz boshqacha misolni ko`rib chiqamiz. Siz ikkita bir xil Elvis Presleyning albomini sotmoqchisiz deylik. Yana kimoshdi savdosida to`rt xaridor mavjud. Hammasi oddiy, biz albomlarnining ikkalasini bir xil narxda va turli xaridorlarga sotishni reja-lashtirganmiz. Bu jarayon ikkita xaridor qolgunicha davom etadi. Kimoshdi savdosi Jon va Paul 70 $ (yoki bir oz yuqori) taklif qilgan vaqtda to`xtaydi. Jon va Paul, ikkovlari albomni bu narxda sotib olishga rozi va Jorj va Ringo bundan yuqori narx taklif qilmoq-chi emas. Jon va Paulning har biri iste'molchi ortiqchaligiga ega bo`lishdi, uni to`lashga tayyorligi ayiruv to`langan narxiga teng. Jonning iste'molchi ortiqchaligi 30 $ bo`ladi, Paulniki esa 10 $.
Jonning iste'molchi ortiqchaligi avvalgisiga nisbatan yuqoridir u o`sha albomni ola-di, lekin buning uchun kam haq to`laydi. umumiy iste'molchi ortiqchaligi 40 $.
Do'stlaringiz bilan baham: |