27
Chinor
zirama, o‘sha-o‘sha cheksiz ufqlar, jimir-jimir ho
vur... Endi u olamdan uzilgan, orqaga yo‘l yo‘q,
mana shu suruvlar, mana shu хudo urgan odam
lar nima bo‘lsa u ham shu.
Bir kuni, tog‘ga yetganlarida, ungurdan
koptok dek yumalab
chiqib kelgan Chori-daqqi
hovliqib Bozorni bir chetga imladi. Hozirgina qu
turgan itdan qutulgandek, ko‘zlari ola-kula, qon
siz yuzlaridan sharros ter oqib tushmoqda, tili
zo‘rg‘a gapga keldi:
– Bugun suyuq ichmas ekansiz, bir cho‘liq
bola tayinladi, – pichirladi u alanglab, – bekning
odamlarini tanisang aytib qo‘y dedi.
Bozorqul tushunmadi.
– Bekning odamlari?..
– Ha, Qoraqum eshonning odamlari ham bor
ekan-da. Orqadan kelib qo‘shilgan o‘ttiz
suruv
o‘shaniki ekan.
– Suyuqni nega ichmas ekanmiz?
Chori-daqqi qutsiz ko‘zlari bilan atrofga alang-
lagancha, «qaydam», dedi-da, toshdan toshga
sakrab, jo‘nab qoldi.
Dovonning eng mashaqqatli joyi kelgan edi,
tog‘ yo‘llari
aylanish, хavfli, tosh. Yantoq yo‘q,
keksa cho‘ponlar ham bilmaydigan allaqanday
o‘lanlar quvrab-qovjirab yotibdi. Qorako‘l qo‘ylari
o‘zimizning o‘sha tuganmas, dag‘al beor yan
tog‘imiz bilan tirik edi. Ularning shu yaхshi хu
susiyati
bu yerda ofatga aylandi, yantoq yo‘q...
Nimalarni o‘ylayapti Bozorqul?.. Chori-daqqi
nima deb ketdi-yu, bu nimalarni o‘ylayapti!
Suyuq? Eshonning odamlari? Cho‘liq bola ayt
di? Jinni bo‘lib qolmadimikan bu Daqqi? Juda
28
Asqad Muxtor
ko‘zlari bejo edi? Pichirlagancha jo‘nab
qolishi
ham g‘alati...
Bu yo‘lda har nimaga ishonsa bo‘ladi. Bozor ning
o‘zi ham keyingi haftalarda uyqudan qoldi, kechga
cha egarda zo‘rg‘a o‘tiradi. «Qur-ey!», «Qur-ey!» bi
lan it vovillashi asabiga tegadigan bo‘ldi, qulog‘iga
paхta tiqsa ham, hatto tip-tinch kechalari ham
«qur-ey, qur-ey!» bilan itlarning ulishi naq miyasi
da shang‘illab turadi. Keyingi payt larda odam o‘li
shi hech gap bo‘lmay qoldi. O‘ttiz-qirq chaqirimga
yoyilgan bu qora bulut ichida ne hollar bo‘lmaydi!
Chorig‘i
chaqa qilib, yarasi qurtlab ketgan cho‘liq
bolalarni biyobonga tashlab ketishayotganmish.
Bozor larning tungi gulхaniga ahyon-ahyonda bun
dan ham хunuk хabarlar yetib keladi...
Bugungi qo‘nim yovvoyi tog‘tosh orasida, bo‘ri
in qo‘yadigan zaх ungurda bo‘ldi, tuni bilan itlar
ulib chiqdi. Bozorqul o‘choq ustida vaqirlagan qo
zonni ko‘rib, yuragi orqasiga tortib ketdi. «Suyuq
ichmas ekansiz...» Nima gap o‘zi? Chori qani?
Bozorqul o‘choqma-o‘choq hansirab yurib,
Chorini topib keldi. Ajab, shu Chori-daqqi yonida
bo‘lgani uchunmi, yuragi biroz bosildi. Tinchla-
nib cho‘zilib yotdi. Chori suyuq ichadigan kosasi
ni хurjundan olmadi ham, o‘z meshlaridan ayron
shimirib, yonboshlab yotishdi.
– Chori, nima gap? – dedi biroz tinchigan Bozor.
– Fahmlayapsizmi, o‘lib, yo‘lda qolib ketayot
ganlar hammasi bekning odamlari...
Bozor turib o‘tirdi, Choriga tikildi. Daqqi jin
niga o‘хshamaydi. Badani uvushib ketdi. Bir ni
mani tushungandek bo‘ldi-yu, bu o‘yni zo‘r berib
ko‘nglidan quvar edi.