15
Chinor
(Mana bunisi endi, azizlarim, menga tegishli.
Butun umrni bitta kitobga sarflash? Bu qanaqa
kitob ekan?)
–
U qanday kitob, bobo?
– Хayrlashuv kitobi. Tabiat bilan, uning hus
ni, ko‘rki, ulug‘vorligi bilan, barglar, gullar,
to‘rg‘aylar, chashmalar, yulduzlar,
sahrolar, ja
miki go‘zalliklar bilan to‘yib, хo‘rsinib, yig‘lab
хayrlashuv kitobi. Shunday kitob yo‘q, bolam.
Shunday kitobni yozgan odam bearmon ketardi...
Ochil buvaning gapi menga ham ta’sir qildi,
azizlarim. Lekin men, avvalo, Ko‘rishuv, Tani
shuv kitoblarini yozardim. Chunki san’atkor ta
biatning mo‘jizalari bilan ko‘rishgach, tanishmay
o‘tib ketayotgan odamlar ham ko‘p.
Azimjon oddiy jazirama cho‘llarni, ko‘z qa
mashtiradigan osmon gumbazini endi ko‘rayot
ganday, es-hushi tevarak-atrofda, yo‘l bo‘yida lip-
lip o‘tayotgan takalarning soqol qo‘ng‘iroqlarini
ushlab ko‘rgisi kelar, yovshan taglaridan uchgan
bulduruqlarni ko‘zi bilan uzoqlarga qadar kuza-
tib qolar edi.
Ular yana uch soat yo‘l yurdilar, yo‘l
yursa-
lar ham mo‘l yurdilar. Bu cheksiz kengliklarda
cho‘ponlar tashlab ketgan eski hujralarning gu
vala devorlaridan o‘zga hayot asari ko‘rinmas edi.
Uch soatdan beri biron kimsa duch kelgani yo‘q.
Kechga yaqin yaylov tugab sahro boshlanadi
gan yerga yetib keldilar, sarg‘ish barхanlar, chi
royli gullagan saksovul butalari ko‘rindi. Botayot
gan quyosh nurida uzoqdan bir nima oltinday
16
Asqad Muxtor
charaqladi. Bu haykal edi. Bronzadan byust. U
asfalt yo‘l tugab, dashti-biyobonga son-sanoqsiz
karvon yo‘llari, cho‘pon so‘qmoqlari kirib ketadi
gan joyda, kichkinagina, chanqoq gulzor o‘rtasi
da yo‘nilgan хarsang ustida turibdi.
Cho‘qqi soqolli keksa odam.
Kechki oftobda
nurlanib turgan yuzining chuqur ajinlari bu biyo
bonlarning qadimiy fojialaridan, uzoq zahmatkash
umr va ajoyib g‘oyibona taqdirdan darak berardi.
Keksa cho‘pon bu sahrolarni tiz cho‘ktirgan baho
dirday qisiq ko‘zlarini ufqlarga tikib turardi.
Azimjon bahaybat хarsang atrofini aylanib,
haykalga uzoq tikildi,
oltin yulduzga barmoqla-
rini tekkizib ko‘rdi. Haykal qarshisigacha ataylab
kelgan tikka asfalt yo‘lga, kimsasiz bo‘shliqlarga,
dengiz ufqiday uzoq, shafaqdan tovlangan ufqqa
tikildi. Keyin keksa cho‘ponning oltin chehrasiga
yana razm soldi.
– Jabay?! Buva, Jabay emasmi?
U qahramonning portretini ko‘rgazmada
ko‘rgan edi.
– Ha, otang rahmatlikning halokatli хatosini
tuzatgan Jabay shu, –
dedi Ochil buva toshga
o‘tirib. U Jabayga tikildi, lekin ko‘z o‘ngiga bosh
qa qiyofalar, tahlikali zamonlar keldi.
Salqin tushdi, so‘lg‘in gulzorga jon kirdi, chi
girtkalar chirillay boshladi. Bunday oqshom o‘y
o‘ylatadi.