Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

17
Chinor
HIKOYAT
Tush payti. Shabada o‘tovning keragalarini asta 
g‘irchillatadi, saraton yaylovining boshni aylanti-
radigan epkinini olib keladi. Atrof tinch, cho‘pon­
lar quyosh tig‘idan qochib, mizg‘igani kirib ketish­
gan. Bozorqul bunday paytlarda bosh egib хomush 
o‘tirardi, bugun esa serg‘ayrat, jonsarak. Shabada 
keltirgan kuvroq pichan hididan, allaqanday yov­
voyi gullar hididan boshi aylanib, to‘lg‘anib turibdi. 
Bugun Onabibi shu yerda.
Ana u o‘tov soyasida ivirsib yuribdi, goho qa­
dam tovushi, goho kuv pishgani eshitiladi. Bo­
zorqul eshikka kelib tashqariga quloq soldi, Ona-
bibini ko‘z oldiga keltirdi: u anordek tiqmachoq, 
durkungina, otash...
Eshik pardasiga yaqinlashishini poylab tu­
rib, bilagidan mahkam ushladi, ichkariga tortdi. 
Onabibining tarang ko‘kraklari qizil bo‘z ko‘ylak 
ichida dirkillab ketdi, undan pishloq hidi kelardi.
– Voy, u nimasi... Kuppa-kunduzi... – dedi u Bo­
zorqulning serjun ko‘kragiga panjasini tirab. Bo­
zorqul pardani qiya ochib, u yoq bu yoqqa qaradi.
– O‘g‘riday alanglaysiz-a... – piq etib kulib 
yubordi Onabibi.
– Onabibi...
– O‘g‘rilikka o‘rgangan bo‘lmang tag‘in yaylovda 
yurib... – erkalanib, bo‘shashib shivirladi Onabibi.
Yigit uni bag‘riga tortdi. «Nega yalang oyoq yu­
ribsan?» deb qulog‘iga pichirladi. Onabibi javob 
bermadi. Cho‘ponning murti qattiq botgan edi to­
mog‘iga...
Onabibi Bozorqulni sevib tekkan. Eri har za­
monda Chinorqishloqqa tushib turadi-yu, lekin 


18
Asqad Muxtor
Onabibi yugurib yaylovga kelgani-kelgan. Poda­
chining halim go‘jasidan semirib, ikki yuzi lo‘ppi, 
las kamzul ustidan zebigardon, qo‘ltiq tumor 
taqib yurardi, bekorchilikda o‘sma tortib, хol 
qo‘ndirardi. Bu yerda biroz noqulay albatta, nuqul 
yosh-yalangning ko‘z o‘ngida, bir dam yolg‘iz qo-
lishlari ham mahol. Ammo shunday bo‘lsa ham, 
shu yer yaхshi. Onabibi biladi – Bozorqulga ham 
shu yaхshi. Ular bir-birlarini ko‘rmasalar, darrov 
so‘lib qoladilar.
– Bozorqul... yomon yigit ekansiz, – degan shi­
virlash eshitilardi o‘tovda.
Bozorqul yomon yigit emas. Yaylovda o‘sgan 
bo‘z bola, keng yag‘rinli, hayotga o‘ch. Qarshi be­
gining bilimdon gumashtasi rahmatlik Omonqul 
farangning bitta-yu bitta o‘g‘li edi u. Omonqul 
farang uni qorako‘lchi boy qilolmay o‘lib ketdi. 
Niyati juda katta edi. «Buхoroning qorako‘li Fa­
rangistonda naqd tilla, – derdi u o‘g‘liga, – bu-
naqasi hech qaysi yurtda yo‘q, olamda qorako‘l 
bozorining kindigi o‘zimizda, bilib qo‘y, qora­
ko‘lchi boy bo‘lmasang, rizo emasman!» Omonqul 
farang bekning moli bilan Yevropaga qatnar, hat­
to bir marta amirning karvoni bilan Parijga ham 
borgan edi.
Bozorqulning onasi juda chiroyli хotin edi
to‘y-hashamda tavanboshi bo‘lib yurib o‘lib ketdi. 
Bozorqul yig‘lab-siqtamadi ham, u otasini yaхshi 
ko‘rardi. Otasi havasmand kishi edi, buni ham 
havasmand qilib o‘stirdi. Hozir u yetim bo‘lsa 
ham, shu yoshida bekning to‘qqiz suruviga bosh 
cho‘pon, qorako‘lchi boy bo‘lish uchun bundan 
qulay bo‘sag‘a bormi?


19
Chinor
– Niyatimga yetaman, mana bu to‘polonlar 
o‘tib olsin-chi... – derdi u Onabibiga.
Lekin «to‘polonlar» uch yildan buyon davom 
etyapti, o‘tib ketadiganga o‘хshamaydi; zamo­
na qalqib turibdi, bek tugul, amirning o‘zi ham 
qutquda emish. Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan 
ishlar, bekning yaylovlaridan gohida ot choptirib 
qizil askarlar o‘tib qoladi.
Menga hech nima kerakmas, o‘zingiz omon 
bo‘lsangiz bas, – derdi Onabibi uning tikandek 
mo‘yloviga barmoqlarini qadab. Barmog‘idan 
doim pishloq hidi kelardi.
Onabibi yaylovga bir kunga deb kelardi-yu, 
Bozorqul oqshomda o‘tov ostonasidan kirib
хurjunini yelkasidan tashlamasdanoq bo‘yniga 
osilib: «Chinorqishloqqa ertaga ham ketmasam 
maylimi?» – deb erkalanardi, Bozor bo‘lsa bu gap­
ga: «Sen yaylovda shirinroqsan», – deb hazilla shib 
qo‘ya qolardi. Shu bilan Onabibi yana bir-ikki 
kun qolib ketardi.
Lekin bugun...
Bugun Onabibi «Ertaga ham ketmasam may­
limi?» deb erkalanganida Bozorqul hazillashma­
di, o‘zidan хavotir olganday, g‘alati bir vahima bi­
lan bag‘riga bosdi-da:
– Onabi... sen ketma, sira ketma! Uqdingmi? 
– dedi. Bu ehtiros emas, bu qo‘rquv edi. Onabibi 
payqadi:
Yigit o‘z sevgisining mustahkamligiga ishonchi 
komil emasdek, sevgilisini kimdir, nimadir tortib 
olayotgandek qo‘rquvda edi. U bir necha kun shu 
holatda yurdi. Onabibi erkalanib ham, noz qilib 
ham ko‘radi, hazil boshlaydi, quvnoq kulgi bilan 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish