1. Shunday insonlar borki, ular otni ham, filni ham qiyinchiliksiz ko’tara oladi, joyini o’zgartira oladi. Ular kimlar?
Javobini ko’rish / Yashirish
Shaxmatchilar
2. Bir kuni shofyor o’z mashinasining g’ildiraklaridan birini dami chiqib qolganini ko’rdi, lekin parvo qilmay uydan chiqib ketdi va qiyinchiliksiz yurib kechga tomon qaytib keldi. U buni qanday uddaladi?
Javobini ko’rish / Yashirish
Dami chiqqan g’ildirak zahiradagisi edi.
3. Bu shaxmat donasi sabab o’rta asrlarda arab shohlari bu o’yinni o’ynashni istashmagan.
Javobini ko’rish / Yashirish
Ot, sababi islom dinida hayvon tasviri mumkin emas.
4. Mashhur sehrgar xonaning o’rtasiga qo’l zo’rg’a sig’adigan shisha qo’yib uning ichiga kira olishini aytdi. U buni qanday uddalashi mumkin?
Javobini ko’rish / Yashirish
Shisha qo’yilsa ham, qo’yilmasa ham xonaga istalgan kishi kira oladi
5. 4 ta 2 dan har xil matematik amallardan 9 chiqarib bering.
Javobini ko’rish / Yashirish
22:2-2
6. Ot o’z bo’yniga bog’langan qo’ng’iroqning ovozini eshitmaslik uchun necha km/soat tezlikda chopishi kerak?
Javobini ko’rish / Yashirish
0 km/soat tezlikda
7. Bu narsa insonga 2 marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi.
Javobini ko’rish / Yashirish
Tish
8. Sherlok Xolms ko’chada sayr qilib yurgan edi. To’satdan u yerda jonsiz yotgan ayol tanasiga ko’zi tushdi. Aftidan qotillikka o’xshardi. U ayolning yoniga kelib, uning sumkasini ochdi va uning telefonini oldi. Telefonda uning turmush o’rtog’i raqamini topib, unga qo’ng’iroq qildi va shunday dedi:
– Tezda yetib keling. Sizning ayolingiz jonsiz topildi.
Bir necha daqiqadan keyin ayolning turmush o’rtog’i yetib kelib: “Azizam, senga nima bo’ldi, nega?”, – deya yig’lab yubordi. Shundan so’ng politsiya yetib kelgach, Sherlok barmog’i bilan ayolning turmush o’rtog’iga ko’rsatib: “Bu odamni hibsga oling, u o’z ayolining qotili”, – deb aytdi. Savol: Sherlok nega bunday qarorga keldi?
Javobini ko’rish / Yashirish
Sherlok Xolms erkakka qotillik sodir bo’lgan manzilni aytmagan edi.
9. Daraxtning shoxida qarg’a bor. Qarg’ani cho’chitmasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?
Javobini ko’rish / Yashirish
Qarg’aning o’zi uchib ketishini kutish kerak.
10. Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 8:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?
Javobini ko’rish / Yashirish
9:30 da to’liq olib bo’ladi. 1- 8:30, 2- 9:00, 3- 9:30
11. Itning bo’yniga 3 metr keladigan arqon bog’langan edi, lekin it to’g’ri yo’nalish bilan 5 metr yura oldi. U bunga qanday erishdi?
Javobini ko’rish / Yashirish
Arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan edi
11. Qaysi holatda 2 ga qarab, 10 deymiz?
Javobini ko’rish / Yashirish
Soat strelkasi 2 da turganda
12. Shifoxonadan to’rt muchchasi sog’ bo’lgan odamni qo’lda ko’tarib olib chiqishdi. U mutlaqo sog’lom bo’lsa, nega ko’tarib olib chiqishmoqda?
Javobini ko’rish / Yashirish
Bu odam yangi tug’ilgan chaqaloq edi.
13. Qaysi yegulikni pishirish vaqtida qancha tuz solsangiz ham sho’r bo’lib ketmaydi?
Javobini ko’rish / Yashirish
Qaynatilgan tuxum
14. Bir shifoxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshladi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada?
Javobini ko’rish / Yashirish
Chunki xavfsizlik kamari taqilganda YTH’da vafot etadiganlar soni kamaydi, ular jarohat tufayli kasalxonaga tusha boshladi. Oldin esa vafot etishi sababli kasalxonaga tushmasdilar.
15. Bir inson samolyotdan parashyutsiz sakrab, qattiq yerga hech bir jarohat olmasdan tushdi. Unga hech kim yordam bermadi. Buni qanday izohlash mumkin?
Javobini ko’rish / Yashirish
U sakragan samolyot hali havoga ko’tarilmagan edi.
16. Choyga shaker solib qaysi qo’l bilan aralashtirgan ma’qul?
Javobini ko’rish / Yashirish
Qo’l bilan emas, choyqoshiq bilan aralashtirgan ma’qul.
17. Nima oq bo’lganda toza xisoblanadi, yashil bo’lganda tozalash kerak?
Javobini ko’rish / Yashirish
Maktab doskasi
18. Jorj Vashington, Sherlok Xolms, Vilyam Shekspir, Lyudvig Van Betxoven, Napoleon Bonapart, Aleksandr Pushkin – ushbu ro’yxatda kim “ortiqcha”?
Javobini ko’rish / Yashirish
Sherlok Xolms. Chunki, qolganlaridan farqli ravishda u to’qima shaxsdir.
19. Oqila qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan “ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi” deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
Javobini ko’rish / Yashirish
Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi
20. Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun?
Javobini ko’rish / Yashirish
Shu holda qo’shinlari o’z qurol-aslahalarini osonlikcha tashlab qochishmagan.
21. Saudiya Arabistoni mamlakatida nechta daryo o’rin olgan?
Javobini ko’rish / Yashirish
Ushbu mamlakatda 1 ta ham daryo mavjud emas.
22. Balandligi 10 metr keladigan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?
Javobini ko’rish / Yashirish
Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash kerak.
23. Shoh vaziriga menga nok olma anor keltir – deb buyurdi. Zukko vazir bitta meva keltirdi. Bu qaysi meva edi?
Javobini ko’rish / Yashirish
Anor. Chunki shoh nokni olma, anor keltir degan edi.
24. Xonaning qaysi joyiga qalam qo’yilsa, uning ustidan sakrab o’tib bo’lmaydi?
Javobini ko’rish / Yashirish
Burchakka
25. Qaysi oyda 28 kun bor?
Javobini ko’rish / Yashirish
Barcha 12 oyda 28 kun bor.
26. U sizniki, lekin undan sizdan ko’ra boshqalar ko’proq foydalanishadi.
Javobini ko’rish / Yashirish
So’z o’yini.
O’qituvchi sinf taxtasiga biror so’z yozadi va shu so’z tarkibidagi harflardan so’zlar hosil qilishni taklif etadi. Ko’proq so’z yasagan o’quvchi rag’batlantiriladi. Masalan “O’zbekiston” so’zi yozilganda undagi harflardan foydalanib o’z, bek, o’zbek, non, son, iz, is, bo’z, tob va hokazo so’zlarni yaratish mumkin.
Bo’g’in o’y’ini.
O’qituvchi sinf taxtasiga bir bo’g’in yozadi. O’quvchilar so’z boyliklaridan foydalangan holda shu bo’g’in bilan boshlanuvchi so’zlardan yozadilar. Masalan, lo- lobar, lochin, lola, loyiha, lotin, ki- kitob, kiyim, kino, kilo, kirim…
O’rnini almashtir o’yini.
O’qituvchi so’z tarkibidagi harflar o’rni o’zgargan gaplar yozilgan kartochkalardan tayyorlaydi. O’yinda ishtirok etish uchun tayyorlagan kartochkalar soniga qarab o’quvchilarni taklif etadi. Qaysi o’quvchi harflarni o’z o’rniga qo’yib gap shakliga tezroq keltirsa g’oliblikni qo’lga kiritadi. Birinchi kartochka: nbuug baonrsa eshb ahbo idlo. To’g’irlanganda: Bugun Sanobar besh baho oldi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari harflarni emas, bo’g’inlarni o’zgartirib kartochka tuzishlari mumkin. Yuqoridagi kartochkani bo’g’ini o’zgartirilib quyidagicha yozilishi mumkin: gunbu nosabar besh hoba diol.
Imkonshou o’yini.
O’qituvchi bir necha qiziqarli savollarni tayyorlab keladi. O’yinga qiziqishni yanada oshirish uchun ruchka, o’chirg’ich, faylpapka bloknot, kitob kabi kichik sovg’alar o’ynalishi kerak. O’yinda ishtirok etishni istagan o’quvchi tayyorlangan savolga javob beradi. Javob to’g’ri bo’lsa, o’qituvchi unga kichikroq qiymatdagi sovg’a taklif etadi, agar ishtirokchi sovg’ani olmay keyingi bosqichda ham o’ynashni xohlasa yana savol beriladi. O’quvchi bu gal ham topsa biroz kattaroq qiymatdagi sovg’a taklif etiladi. Sovg’a olinsa o’yin tugaydi. O’yinni 4 bosqichli qilib olinishi mumkin. Savollarni o’z faningizdan va mantiqiy masalalardan tayyorlashingiz mumkin.
Xotira mashqi o’yini.
O’yin sharti oddiy. O’qituvchi o’zini sinamoqchi bo’lgan o’quvchiga 10 ta so’zni ikki marta o’qib beradi. Ishtirokchi qanchalik ko’p so’zni eslab qolgan bo’lsa, rag’batlantiriladi. O’yinni faqat og’zaki tarzda o’qib beriladigan so’zlardan emas, tayyorlab kelingan bir necha narsalarning suratini ko’rsatib ham o’ynash mumkin.
“Pir etdi” harakatli o’yini.
O’yin jarayonida barcha o’quvchilar tik turgan holda bo’ladilar. O’qituvchi uchadigan jism yoki qushlar nomini aytganda o’quvchilar “Pirr etdi, pirr etdi” deb qo’llarini ko’taradilar. O’qituvchi uchadigan jism yoki qush nomini emas boshqacha so’z aytganda “Ketdi, ketdi” deb o’tirib turadilar. Bu o’yin diqqatni to’plashda va charchoqni chiqarishda qo’l keladi.
Topqirlik o’yini.
Bir necha o’quvchilar doskaga chiqadilar. Birinchi o’quvchi so’z aytadi, ikkinchi o’quvchi shu so’zning tugagan harfi bilan boshlanuvchi so’z aytadi. O’yin shu tariqa davom etadi. Qaysi o’quvchi topa olmasa o’yinni tark etadi. O’yin bir kishi qolguncha davom etadi. O’quvchilar yoshiga qarab aytiladigan so’zlar toifasini chegaralash ham mumkin. Ya’ni faqat ot so’z turkumiga oid so’zlar, faqat sifat turkumiga oid so’zlar. Masalan, faqat ot so’z turkumiga oid so’zlarni aytiladigan bo’lsa: anor, randa, ariq, qoplon, Narvon, nur, rom, mushuk, kuchuk, kino, olma… Sifat turkumiga oid so’zlar: aqlli, issiq, qora, ajoyib, buyuk, komil, lanj, janjalkash, shuhratparast, tinchliksevar, rahmdil, lobar, razil…
Kun va tun o’yini.
O’qituvchi sinf taxtasiga bir necha so’zlarni yozadi. O’quvchilarga so’zlarni o’qib olishni, keyin esa ko’zlarini yumib turishni taklif etadi. O’quvchilar ko’zlarini yumganda o’qituvchi sinf taxtasiga yozilgan so’zlarning birini harfini o’zgartirib yozadi va ko’zlarini ochib qaysi so’z o’zgarganligini so’raydi. Masalan, yod, bob, dars, shox, avtobus, afzal, sur’at, asr. Ushbu so’zlardan birini quyidagicha o’zgartirish mumkin: Yot, bop, darz, shoh, aftobus, abzal, surat, asir. O’zgaruvchi so’zlar qancha bir-biriga o’xshash bo’lsa, o’quvchilarni shunchalik ziyraklikka undaydi.
Egizaklar o’yini.
Ushbu o’yinda o’quvchilar ikki guruhga bo’lingan holda o’ynaydilar. Birinchi guruh tarkibida yonma-yon keladigan qo’sh undoshlarga misollar topadi, ikkinchi guruh esa turli undoshlar ketma-ket keladigan qator undoshlarga so’zlar topadi. Bunda qator kelayotgan undosh bir bo’g’in tarkibida bo’lishi kerakligi tushuntiriladi. Birinchi guruh bir-biriga aynan o’xshaydigan egizaklarga, ikkinchi guruh esa ko’rinishi har xil bo’lgan egizaklarga misol topayotgani bilan qiyoslash mumkin. Qo’sh undoshlarga misollar: arra, karra, darra, alla, palla, malla, salla, tilla, mitti, ukki, qattiq, issiq, ayyor, tayyor… Qator undoshlarga misollar: traktor, krem, stakan, stol, go’sht, musht, do’st, daraxt, barg, pand, qirq, kompyuter, qadr, qasr, ko’rk…
Tovushlar ko’prigi o’yini.
Ushbu o’yin ham o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi va fikrlashga majbur qiladi. O’qituvchi sinf taxtasiga avvaldan tayyorlab kelgan tovushlarni o’rtada joy qoldirgan holda ikki tarafga yozadi. Tushunarli bo’lish uchun birinchi qatorni o’zi to’ldirib beradi. O’quvchilar o’rtadagi bo’shliqni to’ldirishganda bu tovushlar birinchi so’zning tugashi va ikkinchi so’zning boshlanishiga ko’prik bo’ladi. Namunalar:
M A K – T A B – R I K
D U Sh – M A N – T I Q
T A N – B A L – D O Q
K A L – T A K – L I F
Q A Y – T I M – S O L
P O D – Sh O H – I D A
Uch tovushdan iborat ko’prikni qurish qiyinchilik tug’diradiganga o’xshasa, ikki tovushlik, bir tovushlik ko’prikdan iborat so’zlar tayyorlasangiz bo’ladi.
Tilsim o’yini.
o’qituvchi o’z bilimiga ishongan bir necha o’quvchilarni taklif etadi. Ular bir qator bo’lib o’qituvchi tomonga qarab turib olishadi. Ularga tezkor va javobi oddiy savollar beriladi. Qaysi o’quvchi birinchi va aniq javob bersa bir qadam yuradi. Qaysi o’quvchi to’rt qadam yurib o’qituvchiga yaqinlashguncha o’yin davom etadi va shu bilimdonni g’olib deb e’lon qilinadi.
Mavzu nomi o’yini
Ushbu o’yin o’quvchilarning matematik bilimlarini sinovdan o’tkazishda va o’tilgan mavzuni yanada eslab qolishda asqotadi. Doskaga o’yinda ishtirok etish uchun o’quvchilar taklif etiladi. Ular qator bo’lib turib olishadi. Birinchi o’quvchi “Bir”, ikkinchisi “Ikki” deydi, uchinchi o’quvchi esa mavzu nomini aytadi. To’rtinchi o’quvchi “To’rt”, beshinchisi “Besh” oltinchi o’quvchi esa mavzu nomini aytadi. Ya’ni har uchinchi o’quvchi mavzu nomini aytishi kerak. Raqamlar aylanishda davom etadi. Adashgan o’quvchi o’yinni tark etadi va yakunda qolgan bir o’quvchi g’oliblikni nishonlaydi.
Boshqa usullar.
Albatta, darslarni jonlantirish, lirik chekinish qilish maqsadida faqat boshqotirmali topshiriqlar emas, boshqa usullardan ham foydalanish mumkin. Vatan, ota-ona, do’stlik va boshqa mavzularda she’rlar so’rash, adiblarning,aktyor va davlat arboblarining suratini ko’rsatib kim ekanini topishga undash, kartochkalarga tayyorlab “Tez aytish”lar uyushtirish, ayrim o’quvchilar chizgan eng chiroyli rasmlarni ko’rsatish, o’quvchilar qo’l mehnati bilan yasagan buyumlarni namoyish qilishga imkon berish dam olish daqiqalarini maqsadli o’tkazishga xizmat qiladi.
Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
FacebookTwitterTelegramOdnoklassnikiShare
1 dam olish daqiqalari qiziqarli dars
Sizni yana ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
Til haqida she’rlar to’plami
Bayram va tadbirlar uchun til haqidagi juda ajoyib she’rlar to’plami tayyorlandi.
O’quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish to’g’risida ma’lumot
O’quvchiga O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv reja asosida ta’lim-tarbiya beriladi.
Xo’jalik ishlari bo’yicha director o’rinbosarining vazifalari va majburiyatlari
Maktab direktorining xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.
Ustoz haqida she’rlar
Ustoz, o’qituvchi, murabbiy, muallimlar haqida she’rlar izlayapsizmi? Bayram tadbirlarda aytish va tabriklar uchun ajoyib
«O’qituvchilar kuni» dunyo mamlakatlarida qaysi kunlari nishonlanadi?
1994 yildan beri dunyoning 100 dan ortiq davlatida 5 oktyabr Butunjahon «O’qituvchilar kuni» sifatida
Fikrlar: 1
Mardon 01.03.2019 в 09:21
Metodlar yaxshi, saytning dizayniga ham gap yo’q
Javob berish
Fikr bildirish
Начало формы
Ism sharif *
E-mail *
Sayt
Fikr yozish maydoni
Keyingi marta fikr bildirishim uchun bu brauzerda mening ismim, email va saytim manzili saqlansin.
Конец формы
Do'stlaringiz bilan baham: |