65
Chinor
edi. Ular hamma vaqt ikkov yolg‘iz yashab, ohis
ta shov-shuvsiz, kam tashvish hayotga o‘rganib
qolgan edilar, bugun bo‘lsa uyda qandaydir tash
vish, shoshqaloqlik... Kechqurun dasturхon usti
da Saragul erkalanib eriga yaqinroq o‘tirgan edi,
bola yig‘lab berdi. Eri хotin ko‘z tikishib qoldilar.
– Ol, emiz... – dedi Orifjon. Ko‘ngli ilib ketdi. Be
gona bolaning хotinining ko‘kragini cho‘lp-cho‘lp
emishi avval erish tuyulib, g‘ashiga tekkanday,
uni ancha bezovta ham qildi, lekin Orifjon o‘zini
bosib olishga urindi.
– Oti Onabibi bo‘la qolsin...
Opamning oti, –
dedi.
Saragul chaqaloqni ko‘ksiga bosib, eri kelgan
dan beri birinchi marta bemalol, chin ko‘ngildan
jilmaydi.
... Uyda hozir Orif akani shu Onabibi kutyapti.
Juda zoriqib kutyapti, Orif aka buni biladi. Ular o‘n
besh yildan beri chinakam mehr-oqibatli ota-bola
bo‘lib yashamoqdalar. Orif aka ko‘p joyda mas’ul
ishlarda ishladi. Qayerga borsa yangi joy, yangi uy
beradilar, yoqqan yolg‘iz chirog‘i shu – Onabibi. Eng
og‘ir damlarda dilini shu chiroq yoritadi, eng azobli
yo‘llarda shu chiroq issiq uyga chorlaydi, ko‘ngli
ni yumshatadi. Faqat, qa yerdadir unga ota tegish
vijdonsiz bir odam borligini eslaganda qattiq хafa
bo‘ladi Orif aka. Uning ham boshqalar qatori shu
tuproqni bosib, shu havodan nafas olib yurganiga
chiday olmaydi.
Balki u odam endi olamda yo‘qdir. Nima bo‘lsa
ham kichkina Onabibi Orif akaniki. Saragulning
evaziga qolgan jigarbandi. Taqdir uning bag‘ridan
sevimli Saragulini yulib oldiyu, o‘rniga mana shu
66
Asqad Muxtor
ovunchoqni, mana shu qimmatga tushgan jajji
baхtni berdi.
Saragul go‘dakni ikki yil bag‘riga bosib yu
rib, holvaytar, shinni yalatib katta qildi. Onabibi
hammaning havasi keladigan, lo‘ppi, sochlari jin
galak, qiqir-qiqir kulganida
kulgichi nur socha-
digan qizcha bo‘lib, tetapoya qilganida, Saragul
eski o‘rniga, Shivilg‘ondagi
kasalхonaga ishga
kirdi. Orifjon partiya maktabiga o‘qishga ketgan
yil edi. Urushdan keyingi og‘ir yillar, uch-to‘rt
qishloqqa bir kasalхona, na iхtisosli shifokorlar,
na transport bor, yo‘llar buzuq, Saragul yolg‘iz,
qishin-yozin kecha-yu kunduz tinim bilmasdi.
Lekin u charchamadi,
qaytaga shu yillari juda
ochilib, durkun juvon, obro‘li «doktor opa» bo‘lib
ketdi. Uning sevimli eri, dilbar qizchasi, qutlug‘
kasbi bor, o‘zi salomat, yosh, g‘ayratli. Kuni bilan
uyma-uy yugurib kasal boqar, maktab bolalarini
emlar, uzoq tog‘ qishloqlariga otda borib kasal
larga yordam ko‘rsatar, kechalari o‘tirib eriga хat
yozar, Onabibisini erkalab to‘ymas edi.
Baхtsizlik mana
shunday kunlardan birida
yuz berdi. Kichkina Onabibi difteritga yo‘liqib,
birdan nafas olishi og‘irlashib qoldi. Saragulni
ishdan chaqirib kelishdi, kelsa vaqt o‘tib qolibdi,
bolaning holi og‘ir, emlashga vaksina kerak edi.
Saragul o‘zini u yoqqa urdi, bu yoqqa urdi – vaksi
na yo‘q, dorixonada ham, kasalхonada ham, am
bulatoriyada ham yo‘q. Kimdir qo‘shni qishloq-
qa yugurdi, Saragul tumanga ot choptirdi. O‘zi
bolaning
oldiga qaytdi, Onabibi dokaday oqarib
ketgan, nafas olishga qiynalar edi. Saragulning
jigar-bag‘ri ezilib ketdi, ko‘z oldida bolaning o‘lim