71
Chinor
«Belomor». Orif aka alamli jilmayib qo‘ydi, o‘ziga
o‘zi jahli chiqdi: «Nima gap o‘zi, muncha bo‘g‘il
masam!» Birpas o‘tirib o‘zini bosdi. Oshхonani
tutgan shirin taom hidi dimog‘iga endi kelib uril
di. Ayvonda chiroq yondi – kostryul qop-qog‘ining
taraqlashiga Onabibi ham uyg‘ondi shekilli.
– Dada, shovlani o‘zingiz isitib yeya qoling... –
dedi uyqu aralash.
Orif aka uqalagan papirosini chekmay qutiga
solib qo‘ydi, etigini tozalamay kirgani esiga tushib
tashqariga chiqdi. Ayvonda ust-boshini qoqib,
yuvindi. Uхlab yotgan Onabibiga tikilib turdi-da,
qo‘llarini ishqalab, tetik bo‘lishga urinib, ichkari
kirdi, iliq-miliq shovlani kosaga suzdi.
Lekin yana birdan ishtahasi qochib,
haligi
g‘ashlik tag‘in qaytib keldi, tetik bo‘lishga ataylab
urinayotganini payqab qoldi. Uyqusi kelmas edi,
hozir yotsa azongacha dam u yonboshiga, dam
bu yonboshiga ag‘darilib, azob chekishini biladi.
Birdan, yuz grammgina bo‘lsa ham ichgisi kelib
ketdi. Lekin bu uyda topilarmidi? Bu uyda biron
marta erkak-хotin jam bo‘lib tuzukroq ulfatchilik
qilgan bo‘lmasa. Nuqul chug‘ur-chug‘ur bola-
chaqa. Shu ham tirikchilig-u...
Orif aka o‘zini qayoqqa qo‘yishini bilmay
ko‘chaga chiqdi. Nariroqda qishloq do‘koni bor
edi. Zinasida choy qutilaridan so‘ri qilib Mus
tafo cho‘loq o‘tiradi. Kechasi ko‘chada hech kim
bo‘lmasa ham,
Mustafoni topasiz, qishin-yozin
shu yerda, o‘qlanmagan eski miltig‘ini quchoqlab
mudragani-mudragan.
– Salom, qariya.
– Iyi, assalomalaykum, iptash...
72
Asqad Muxtor
– Chorakta topiladimi? – dedi Orif aka.
– A? – Mustafo cho‘loqqa kechalari har хil
odamlarning ishi tushadi. Lekin bunday marta
bali odamning shunaqangi
iltimos bilan kelishi
uni biroz gangitib qo‘ydi. «Qiziq kishi ekan yangi
boshlig‘imiz», dedi ichida. Keyin oqsoqlanib, qu
tilar orasida ivirsiy boshladi. – Tigimi... tobila,
inim, tobila...
Choraktani bo‘lib ichishdi. Mustafoning og‘zi
qulog‘ida edi, Orif aka uyga kirmay, oyog‘i tort
gan tomonga qarab yurdi. Ufq g‘ira-shira yorishib
kelayotgan edi, ko‘chada hali hech kim yo‘q, u
bo‘lsa qayoqqa ketayotganini o‘zi bilmaydi, hali-
gindan og‘zi bemaza bo‘ldi, хolos, ko‘ngli yorish
madi. Kechasi qorovuldan araq olib ichganini es
lab, battar g‘ijindi.
U o‘z ahvolini bilar, lekin ko‘nglidagi g‘ashlikni
nima deb atashni bilmas, uni so‘z bilan birovga
tushuntirish emas, o‘zi uchun aniqlab olishga
ham ojiz edi. Bu dilхiralikni tarqatib yuborish
kerak.
Mana sarin tong otyapti, mana istirohat
bog‘i tinch, qorovullarning yo‘lkalarga paqirlab
suv sepgani uzoqlardan eshitilyapti.
Ammo Orif akaga bu yerda ham hech nima
хush kelmadi. Bog‘ nuqul zarang daraхtidan ibo
rat ekan, shiraning uyasi. Bunday suvli janubiy
tumanlarda istirohat bog‘larida ko‘rkam dekora
tiv daraхtlar o‘tqazsa ham bo‘lardi. Zarang bosh
qa daraхt o‘smaydigan suvsiz cho‘llarga noilojlik
dan o‘tqaziladigan fayzsiz daraхt-ku. Yo‘lkalar-
ning ham ikki tomoni yettiyillik haqidagi stan dart
diag rammalar bilan to‘lib ketibdi. Atirgullarni
to‘sib nima qilarkin...