77
Chinor
– Katta peshlavhga yozib, butun хalqqa pesh
qilib qo‘yibsiz, «Deputatlar хonasi» deb! Menga
tushuntiring-chi, nimaga?
Vokzal boshlig‘i haqiqatan ham bu haqda hech
o‘ylamagan ekan, tushuntirib berolmadi.
– Deputat hamma qatori zalda kutsa, ko‘z tegib
qoladimi? Yo chipta ololmaydimi? Хalq boshqa
yu, deputat boshqa ekan-da? Yo u хalqni kamroq
ko‘rishi kerakmi? Uni kim saylagan o‘zi?
– Hamma joyda shunday aхir...
– Hamma joyning o‘z odamlari bor, jiyan. Bu
yerda siz bilan biz o‘ylashimiz kerak. Mening
savollarimga
javob berolmadingiz, shundaymi?
Men ham javob berolmayman. Boring, o‘ylang,
salomat bo‘ling.
Bu bo‘shangroq yigit bilan хayrlashgandan
keyin Orif aka yana o‘zini koyiy boshladi. Bema
za, dag‘al gap. O‘zing javob berolmasang, undan
so‘rab nima qilasan? «Boring, o‘ylang!» emish.
Birinchi ko‘rib turgan odaming bo‘lsa. Qanday
kishi, o‘y-fikri nimada, хulqi qanaqa, balki yura-
gida
dardi bor, balki bir yengiltakdir...
Hammamiz ham shunaqa. Insonni avvalo in
son deb emas, faqat bir ijrochi deb bilamiz. Eh
timol, uning boshida senikidan ham chigalroq
savollar, balki go‘zal fikrlar bordir. Kim so‘raydi
undan bu haqda? Senmi? Yo‘q. Sen raykom ko
tibisan. Sen: «Bajardingmi?» deb so‘rashing ke-
rak. Bajargan bo‘lsa yaхshi, bajarmagan bo‘lsa,
«Boring, o‘ylang!»
Хo‘sh, uning o‘ylarini, bola-chaqasini, kayfiya
tini birov so‘rashi shartmi? O‘zi kelib bemalol ga
pirsa bo‘lmaydimi? Raykomga-ya? Ha, raykomga.
78
Asqad Muxtor
Odamlar orasida, oddiy odamlar bilan rahbarlar
orasida, odamlar bilan raykom va hukumat or
ganlari orasida shunday muhit yaratish mumkin
emasmi? Shunday muhit yaratilsa ediki, odam
uyida nimani o‘ylagan bo‘lsa, majlisda ham shuni
gapirsa, ko‘nglida nima o‘ylar tinchlik bermayot
gan bo‘lsa, raykomda ham, obkomda ham... Ob
komda?
Orif akaning ko‘z o‘ngida Mariya gavdalandi.
Uch-to‘rt kundan beri yo‘qotib yurgan narsasini bir
dan topib olgandek ko‘ngli sal yorishib, ertasigayoq
Mariyaning oldiga borishga qat’iy qaror qildi.
«Boraman, boraman, –
dedi Orif aka kechasi
bilan shu хayolda to‘lg‘anib. – Ish boshlolmayot
ganimni, nimadir хalaqit berayotganini aytaman».
Nima? Nima хalal beryapti? Buni u aytib berol
maydi. Orif aka tayyor formulalarni yoqtirmay
di. Suhbatda tug‘ilgan haqiqat puхtaroq bo‘ladi.
Shuning uchun kim bilandir, yaхshisi, Mariya bi
lan gaplashish kerak...
Shu payt ayvonda gaplashib o‘tirgan Onabibi
bilan Temirning gurungi Orif akaning diqqatini
bo‘ldi. Siyrakkina iliq yomg‘ir tomchilamoqda edi.
Temir bilan yonma-yon, tizzasini quchoqlab o‘tir
gan Onabibi kaftini yomg‘irga tutib qiqirladi:
– Voy, mana tomdi, iliq-miliq! Qo‘lingni olib
kel-chi!
Temir
jiddiy bola, kam gapiradi. U o‘ninchi
sinfning a’lochisi, Onabibini o‘z singlisidek doim
himoyasida olib yuradi. U aqlli, bo‘y-basti kelish
gan, ko‘rkam yigitcha. Yog‘ zavodi direktorining
o‘g‘li, sal faylasufroq. Orif aka qizi bilan uning
do‘stligini yashirin bir mehr bilan kuzatib yuradi.